Respublikasi oliy va o‘rta


Download 1.87 Mb.
bet152/450
Sana25.10.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1721562
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   450
Bog'liq
П IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik PdfToWord

Tarmoq ichidagi raqobat – ishlab chiqarish va sotishning qulayroq sharoitiga ega bo‘lish, yuqori foyda olish uchun bir tarmoq korxonalari o‘rtasida boruvchi kurash.
Tarmoqlararo raqobat – turli tarmoqlar o‘rtasida eng yuqori foyda normasi olish uchun olib boriladigan kurash.
G‘irrom raqobat – raqobatlashuvning noan’anaviy, jamiyat tomonidan e’tirof etilmagan, ijtimoiy ahloq qoidalari doirasidan chetga chiquvchi, noiqtisodiy (ya’ni, jismoniy kuch ishlatish, majburlash, raqiblarning obro‘siga putur yetkazish va h.k.) usullaridan foydalanish.
Halol raqobat – jamiyat tomonidan tan olingan iqtisodiy usullarni qo‘llash, o‘zining maqsad va manfaatlariga erishishda umumjamiyat manfaatlariga zid keluvchi holatlarni qo‘llamaslik kabi qoidalarga asoslangan raqobat kurashi.
Narx vositasida raqobatlashuv – ishlab chiqaruvchilarning o‘z tovarlari narxini boshqa ishlab chiqaruvchilarning shunday mahsulotlari narxiga nisbatan pasaytirishi asosidagi kurash.
Narxsiz raqobatlashuv – asosiy omili tovarlarning narxi emas, balki uning sifati, servis xizmat ko‘rsatish, ishlab chiqaruvchi firmaning obro‘-e’tibori hisoblangan kurash.
Monopoliya – monopol yuqori narxlarni o‘rnatish hamda monopol yuqori foyda olish maqsadida tarmoqlar, bozorlar va yaxlit makroiqtisodiyot ustidan hukmronlikni amalga oshiruvchi yirik korxonalar (firma, korporatsiyalar)ning birlashmalari.
Ishlab chiqarishning to‘planishi – ishlab chiqarish vositalari, ishchi kuchi hamda mahsulot ishlab chiqarish hajmining yirik korxonalarda to‘planishi.
Kapitalning to‘planishi – qo‘shimcha qiymatning bir qismini jamg‘arish (kapitallashtirish) natijasida kapital hajmining oshishi.
Kapitalning markazlashuvi – bir kapital tomonidan boshqa birining qo‘shib olinishi yoki bir qancha mustaqil kapitallarning aksiyadorlik jamiyati va boshqa shakllarda ixtiyoriy birlashishi orqali kapital hajmining o‘sishi.
Sof monopoliya – tarmoqdagi yagona ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchining narx va ishlab chiqarish hajmini belgilashdagi va binobarin, foyda olishdagi yakkahukmronlik holati.

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   450




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling