Respublikasi oliy va o‘rta


Download 1.87 Mb.
bet160/450
Sana25.10.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1721562
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   450
Bog'liq
П IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik PdfToWord

Raqobatning turli ko‘rinishlari sharoitida narxning shakllanishi

Narxning shakllanishiga bozorning holati bevosita ta’sir ko‘rsatadi, chunki narxning shakllanishida bozordagi talab va taklif nisbati asosiy omillardan biri hisoblanadi. Talab va taklif miqdoriga ta’sir ko‘rsata olish imkoniyatiga ko‘ra, bozordagi raqobatning turli ko‘rinishlari farqlanadi. Mukammal raqobat sharoitida ishlab chiqaruvchi (yoki sotuvchi) hamda iste’molchi (yoki xaridor)larning soni juda ko‘p bo‘lib, ularning ishlab chiqarish hajmini o‘zgartirish orqali narx shakllanishiga ta’siri umuman sezilmaydi. Nomukammal raqobat sharoitida esa ishlab chiqaruvchilar (sotuvchilar) yoki iste’molchilar (xaridorlar)dan birining soni cheklangan bo‘lishi ularning bozordagi ishlab chiqarish hajmiga va, pirovardida, bozordagi narxning shakllanishiga sun’iy ta’sir ko‘rsatish imkonini beradi. Bunday raqobatning turli darajalarida narxlarning shakllanish xususiyatlari bir-biridan farq qiladi. Shu sababli, biz quyida mukammal raqobat, sof monopoliya, oligopoliya va monopsoniya sharoitida narxlarning shakllanish xususiyatlarini ko‘rib chiqamiz.


Mukammal raqobat sharoitida narxning shakllanishi. Erkin raqobat kurashi sharoitida narxning tashkil topish xususiyatlarini tadqiq etgan dastlabki iqtisodchilardan biri A.Marshall hisoblanadi. Uning fikricha, tovarning oldi-sotdi jarayoniga qadar ikki xil, ya’ni sotuvchi va xaridor narxlari mavjud bo‘ladi. Nazariy jihatdan har ikki narxning yuqori va quyi darajalari mavjud. Sotuvchi o‘z tovari narxining imkon qadar yuqori bo‘lishidan manfaatdor, chunki bunday narx uning foydasi hajmini oshiradi. Biroq, erkin raqobat sharoitida narxni boshqalardan yuqori darajada belgilashga intilish mazkur sotuvchining bozordan siqib chiqarilishiga olib kelishi mumkin. Sotuvchi narxining eng past darajasi shu tovarni ishlab chiqarish uchun ketgan xarajatlarni qoplashi kerak. Xaridor tovarni eng past narxda sotib olishdan manfaatdor, biroq erkin raqobatli bozor sharoitida uning ham tovar sotib ololmay qolish xavfi mavjud bo‘ladi. Xaridor narxining yuqori darajasi esa, Marshall ta’biricha, so‘nggi qo‘shilgan miqdor nafliligiga teng bo‘lishi kerak.
Sotuvchi va xaridor o‘rtasidagi qulay narxga erishish borasidagi kurash har ikki narxning mosligi ta’minlangunga, ya’ni bozor narxi paydo bo‘lgunga qadar davom etadi. Shunday qilib, sotuvchining narxi tomonidan ishlab chiqarish xarajatlari, xaridor narxi tomonidan esa so‘nggi qo‘shilgan miqdor nafliligi maydonga tushib, ularning nisbati asosida bozor narxi paydo bo‘ladi. Bu holatni Marshall shunday ifodalaydi: «…«ishlab chiqarish xarajatlari» prinsipi hamda
«so‘nggi qo‘shilgan naflilik» prinsipi, shubhasiz, yagona talab va taklif umumiy qonunining tarkibiy qismi hisoblanib, ulardan har birini qaychining bitta kesuvchi tomoniga qiyoslash mumkin»8. Shu o‘rinda, 4-bobda bildirilgan fikr-mulohazalarni yana bir bor esga olish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Ya’ni, mukammal raqobatli bozor sharoitida narxning shakllanishida talab va taklifning ta’sirida A.Marshall ta’kidlaganidek, so‘nggi qo‘shilgan naflilik va ishlab chiqarish xarajatlari emas, balki ijtimoiy zaruriy naflilik va ijtimoiy zaruriy mehnat sarflari yotadi.
Talab va taklifning muvozanati mukammal raqobat bozoridagi narxning shakllanishiga muvofiq keladi (9.3-rasm).



Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   450




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling