Respublikasi oliy va o‘rta


Narxlarni erkinlashtirishning


Download 1.87 Mb.
bet166/450
Sana25.10.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1721562
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   450
Bog'liq
П IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik PdfToWord

Narxlarni erkinlashtirishning keyingi bosqichida (1993 yil) kelishilgan ulgurji narxlarni davlat tomonidan tortibga solish to‘xtatildi. Qat’iy belgilangan va davlat tomonidan tartibga solib turiladigan narxlarda sotiladigan tovarlar va ko‘rsatiladigan xizmatlarning soni ancha qisqardi.
Narxlarni erkinlashtirishning navbatdagi bosqichida (1994 yil oktabr- noyabr) xalq iste’mol mollari asosiy turlarining narxlari erkin qo‘yib yuborildi, transport va kommunal xizmatlarning tariflari oshirildi. Shunday qilib, respublikada iqtisodiyotni isloh qilishning birinchi bosqichi narxlarni bosqichma- bosqich (uch bosqichda) to‘liq erkinlashtirish bilan tugadi.
Narxlarni erkinlashtirish aholini ishonchli iqtisodiy va ijtimoiy himoyalash tadbirlari bilan birga olib borildi. Davlat tomonidan turli kompensatsiyalar maqsadidagi jamg‘armalar tuzildi, ish haqi, pensiya va stipendiyalarning eng kam miqdori muntazam suratda oshirib borildi, bolalar uchun nafaqalar joriy etildi. Aholining muhtoj qismiga yordam ko‘rsatildi, imtiyozli soliq stavkalari joriy etildi. Aynan samarali va oqilona narx siyosati vositasida mamlakatimizda birlamchi ehtiyojga ega bo‘lgan tovarlarni ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Bu esa, birinchidan, aholining mazkur tovarlarga bo‘lgan ehtiyojlarini milliy ishlab chiqarish tomonidan to‘la va sifatli ta’minlash imkonini berdi. Ikkinchidan esa, oziq-ovqat va boshqa strategik ahamiyatga ega bo‘lgan tovarlarning o‘zimizda yetarli hajmda ishlab chiqarish imkoniyatining qo‘lga kiritilishi, respublikamizning boshqa mamlakatlardan qaramligini bartaraf etib, iqtisodiy xavfsizlikni ta’minladi. Bu borada prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning quyidagi so‘zlarini keltirib o‘tish o‘rinlidir: «Iste’mol bozorida oziq-ovqat mahsulotlari narxi barqarorligini ta’minlashning yagona yo‘li – meva-sabzavot, chorvachilik va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari etishtirish hajmini ko‘paytirish hamda “daladan do‘kongacha” bo‘lgan uzluksiz zanjirni yaratishdir»10.
Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligi hamda barqarorligini oshirishda narxning ahamiyati oshib bormoqda. Jumladan, O‘zbekistonda qat’iy tejamkorlik tizimini rag‘batlantirish orqali korxonalarning raqobatbardoshligini oshirish ko‘p jihatdan mahsulotlar tannarxini pasaytirishga bog‘liqdir.
2017 yilda O‘zbekistonda:11

  • inflyatsiya darajasini aniqlashda tovar va xizmatlarning iste’mol narxlari (tariflari) o‘zgarishini kuzatish metodikasini takomillashtirish;

  • moliya bozorlarini va tijorat banklarining investitsiyaviy imkoniyatlarini barqarorlashtirishga qaratilgan Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkalarini belgilash tizimini takomillashtirish;

  • naqd pulsiz ko‘rinishda tovar va xizmatlar sotishda sun’iy yuqori narxlar o‘rnatganlik uchun javobgarlikni oshirish orqali ichki bozorda narxning shakllanish tartibini boshqarishda bozor mexanizmlarini joriy qilish;

  • mahsulotlar, ishlar va xizmatlarga narxlarni deklaratsiya qilish tartibini bosqichma-bosqich qisqartirish hamda keyinchalik 2020 yilda uni bekor qilish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 23 oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo‘ljallangan strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF–5853-son Farmoni ijrosini ta’minlash, jumladan, qishloq xo‘jaligida erkin raqobatni ta’minlaydigan bozor tamoyillarini joriy etish, paxta va g‘alla etishtirishda davlat buyurtmasini bekor qilish, ishlab chiqarish iqtisodiy samaradorligini va mahsulot ishlab chiqaruvchilar manfaatdorligini oshirish, investitsiyalarni keng jalb qilish hisobiga qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020 yil 9 martdagi «Paxtachilik sohasida bozor tamoyillarini keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori hamda 2020 yil 9 martdagi
«G‘alla etishtirish, xarid qilish va sotishga bozor tamoyillarini keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorlarni imzoladi.
Mazkur qarorlar O‘zbekistonda paxta va g‘alla etishtirishda davlat buyurtmasi va davlat xarid narxlarini belgilash amaliyotini to‘liq bekor qilishni ko‘zda tutadi.
«Paxtachilik sohasida bozor tamoyillarini keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorga asosan, 2020 yil hosilidan boshlab paxta xom ashyosini etishtirishda davlat buyurtmasi bekor qilinadi.1
Shuningdek, 2020 yildan boshlab:

  • paxta xom ashyosining xarid narxini belgilash amaliyotidan voz kechiladi;

  • paxta xom ashyosi etishtiruvchilarga rayonlashtirilgan navlarni erkin tanlash huquqi beriladi;

  • sertifikatlangan urug‘lik yetkazib berish tizimi saqlab qolinadi.

Jahon bozori narxlari tahlilidan kelib chiqib, har yili 1 dekabrga qadar kelgusi yil hosili uchun kutilayotgan narxlar e’lon qilinishi hamda bozorlardagi narxlar o‘zgarishidan kelib chiqib, har chorakda ushbu narxga tuzatishlar kiritish amaliyoti joriy etiladi.
Qarorga muvofiq, paxta tolasi Respublika tovar xom ashyo birjasida boshlang‘ich birja narxida erkin sotiladi, bunda birjada boshlang‘ich narx shakllanishida 10 foiz chegirma qo‘yish bekor qilinadi.
«G‘alla etishtirish, xarid qilish va sotishga bozor tamoyillarini keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorga asosan, 2020 yil hosilidan boshlab davlat buyurtmasi asosida boshoqli don etishtirish amaliyoti bosqichma-bosqich bekor qilinadi.2
Qarorga muvofiq, 2021 yil hosilidan boshlab:

  • davlat tomonidan g‘allaga xarid narxini belgilash amaliyotidan to‘liq voz kechiladi;

  • davlat xaridi to‘liq bekor qilinadi hamda etishtiriladigan g‘alla barcha iste’molchilarga birja savdolari orqali yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida erkin narxlarda sotiladi;



1 O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining 2020 yil 9 martdagi «Paxtachilik sohasida bozor tamoyillarini kеng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori
2 O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining 2020 yil 9 martdagi «G‘alla еtishtirish, xarid qilish va sotishga bozor tamoyillarini kеng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori

  • don narxlari barqarorligini ta’minlash tadbirlarini amalga oshirish uchun zarur miqdordagi g‘alla fyuchers, forvard shartnomalari asosida yoki birja savdolari orqali erkin narxlarda xarid qilinadi;

  • xo‘jaliklarni sifatli urug‘lik bilan ta’minlash maqsadida sertifikatlangan urug‘lik yetkazib berish tizimi saqlab qolinadi;

  • jahon bozori, mintaqaviy birjalar narxlari tahlilidan kelib chiqib, hosil yilida kutilayotgan (indikativ) narxlar e’lon qilib boriladi.


Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   450




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling