Respublikasi oliy va o‘rta


Aksiya – bu uning egasi aksiyadorlik jamiyati kapitaliga o‘zining ma’lum


Download 1.87 Mb.
bet173/450
Sana25.10.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1721562
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   450
Bog'liq
П IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik PdfToWord

Aksiya – bu uning egasi aksiyadorlik jamiyati kapitaliga o‘zining ma’lum hissasini qo‘shganligiga va uning foydasidan dividend shaklida daromad olish huquqi borligiga guvohlik beruvchi qimmatli qog‘oz. Bundan tashqari aksiya korxonani boshqarishda qatnashish huquqini ham beradi.
Aksiyaning egasi yozilgan va egasi yozilmagan, oddiy va imtiyozli turlarini farqlash mumkin. Egasi yozilgan aksiya aksiyadorlik jamiyati reestrida aksiya egasining nomiga qayd qilinib, faqatgina uning yozma ruxsati bilan oldi-sotdi qilinishi mumkin bo‘lgan aksiya. Yopiq aksiyadorlik jamiyatining aksiyalari faqat egasi yozilgan aksiyalardan iborat bo‘lishi mumkin. Egasi yozilmagan aksiya – jamiyat aksiyadorlarining reestriga kiritilmagan holda boshqa shaxslarga mulk qilib beriluvchi hamda erkin tarzda oldi-sotdi qilinuvchi aksiya.
Oddiy aksiya dividendni qo‘yilgan mablag‘ga mutanosib ravishda taqsimlash imkonini beruvchi aksiya. Oddiy aksiya imtiyozli aksiyalar bo‘yicha dividendlar to‘lanib, aksiyadorlik jamiyati zaxiralar to‘ldirilib bo‘lgandan so‘ng qolgan sof foydani dividend shaklida taqsimlashda ishtirok etadi. Uning egasi aksiyadorlar umumiy yig‘ilishida masalalarni hal etishda ovoz berish huquqiga ega bo‘ladi.
Imtiyozli aksiya aksiyadorlik jamiyati dividendi va mol-mulkini taqsimlashda oddiy aksiya egasiga nisbatan ustunlik beruvchi aksiya. U, agar aksiyadorlik jamiyati nizomida boshqacha holat nazarda tutilmagan bo‘lsa, ovoz berish huquqini bermaydi, lekin qat’iy belgilangan dividendni keltiradi.
Aksiyalar maxsus tovar sifatida sotiladi va sotib olinadi, shu sababli o‘zining narxiga ega. Aksiyada ifodalangan pul summasi uning nominal qiymati deyiladi. Aksiyaning fond bozorida sotiladigan narxi aksiya kursi deb atalib, u olinadigan dividend miqdoriga to‘g‘ri mutanosib, bankka qo‘yilgan pul foizi miqdoriga esa teskari mutanosiblikda bo‘ladi. Xaridor aksiyani undan olinadigan daromadi bankka qo‘yilgan puldan keladigan foizdan kam bo‘lmagan taqdirdagina sotib oladi.
Aksiya kursi quyidagicha aniqlanadi:

АК
D 100%
Fs ,

bu yerda: AK – aksiya kursi; D – dividend; Fs – ssuda foizi.


Ssuda foizi o‘sganda aksiya kursi tushadi. Agar dividend ssuda foiziga qaraganda yuqori darajada o‘ssa, aksiya kursi ko‘tariladi.
Aksiyadorlik korxonasida ta’sischilik foydasi bilan bir qatorda dividend kabi daromad turi shakllanadi.

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   450




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling