Respublikasi oliy va o‘rta


Download 1.87 Mb.
bet176/450
Sana25.10.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1721562
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   450
Bog'liq
П IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik PdfToWord

Menejmentning asosiy maqsadi iste’molchilarning ehtiyojlarini hisobga olgan holda mavjud moddiy va ishchi kuchi resurslari asosida tovar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishni tashkil etish hamda korxona faoliyati rentabelligini va uning bozordagi barqaror holatini ta’minlash hisoblanadi. Shunga ko‘ra, menejment quyidagi vazifalarni bajarishga qaratilgan bo‘ladi:

  • ishlab chiqarishni avtomatlashtirishni ta’minlash va yuqori malakaga ega bo‘lgan ishchilardan foydalanishga o‘tish;

  • korxona xodimlari uchun mehnatning qulay sharoitlarini ta’minlash va nisbatan yuqori ish haqi belgilash orqali ish faoliyatini rag‘batlantirish;

  • korxona faoliyati samaradorligi ustidan muntazam nazorat o‘rnatish, uning barcha bo‘linmalari ishini muvofiqlashtirish;

  • yangi bozorlarni muntazam izlash va o‘zlashtirish;

  • korxona rivojlanishining aniq maqsadlarini aniqlash;

  • maqsadlarning ustuvorligi, ularning ketma-ketligi va echimning izchilligini ochib berish;

  • turli davrlarga mo‘ljallangan muammolarning hal etilishi uchun chora- tadbirlar tizimini ishlab chiqish;

  • zarur resurslar va ularni ta’minlash manbalarini aniqlash;

  • belgilangan vazifalarning bajarilishi ustidan nazoratni o‘rnatish1.





1 Экономическая теория: Учебник. / Под общ.ред. акад. В.И.Видяпина, А.И.Добрынина, Г.П.Журавлевой, Л.С.Тарасевича. – М.: ИНФРА-М, 2005, с.212.
Tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish va boshqarishning zamonaviy bozor tizimi sifatida marketing va menejmentning rivojlantirilishi, milliy iqtisodiyotda ularning usul va vositalaridan keng foydalanish pirovardida korxona va tashkilotlar faoliyatining yuksalishi va iqtisodiy o‘sishning ta’minlanishiga qulay zamin yaratadi.



    1. O‘zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning yanada erkinlashtirilishi va rag‘batlantirilishi

O‘zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning jadal rivojlanishini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, shu asosda aholining bandligi va farovonligini oshirish muammolarini hal etish iqtisodiy siyosatning ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora- tadbirlar to‘g‘risida”gi 2016 yilning 5 oktabrdagi Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 1 fevraldagi «Tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlarini ko‘rsatish mexanizmlarini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PF-2750 sonli qarori va boshqa bir qator me’yoriy- huquqiy hujjatlarga muvofiq, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari uchun turli imtiyoz, qulayliklar berildi, imtiyozli kreditlash tizimi soddalashtirildi.
Shuningdek, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning harakatlar strategiyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 17 avgustdagi “Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, iqtisodiyotni liberallashtirish, biznes yuritish shart-sharoitlarini yanada engillashtirish, qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirish, tadbirkorlikni rivojlantirish yo‘lidagi ortiqcha to‘siq va g‘ovlarni bartaraf etish bo‘yicha keskin va ta’sirchan chora-
tadbirlarning amalga oshirilishi sohaning yanada rivojlanishiga zamin va turtki bo‘lmoqda.
Mamlakatimizda xususiy tadbirkorlikning rivojlanishiga mazkur sohani turli darajalarda qo‘llab-quvvatlashning samarali tizimi katta ta’sir ko‘rsatdi. Davlat tomonidan uning me’yoriy-huquqiy asoslari ishlab chiqildi va takomillashtirildi, kichik korxonalarni moliya-kredit va investitsiya jihatidan qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha muayyan ishlar amalga oshirildi. Xususiy tadbirkorlikni qo‘llab- quvvatlash bo‘yicha davlat va mintaqaviy dasturlar ishlab chiqildi va bugungi kunda ham hayotga izchil ravishda tatbiq etilmoqda. Bu sohada mintaqalararo va xalqaro aloqalar yo‘lga qo‘yilmoqda, xukumatlararo va xalqaro shartnomalar tasdiqlanmoqda, tadbirkorlarning jamoatchilik uyushmalari faoliyati jonlantirilmoqda, axborot ta’minoti tizimi vujudga keltirilmoqda.
O‘zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada erkinlashtirish va rag‘batlantirish chora-tadbirlari kuchaytirilmoqda. Jumladan, keyingi yillarda xususiy mulk va xususiy tadbirkorlik huquqini himoya qilish borasidagi qonunchilik mustahkamlandi, bozor infratuzilmasini shakllantirish ishlari jadallashtirildi, biznesni ro‘yxatga olish, ixtiyoriy ravishda yopish va tugatish, faoliyatning alohida turlari bilan shug‘ullanish huquqini beradigan litsenziya va ruxsatnomalar berish jarayonlari soddalashtirildi va tartibga solindi. Moliya, soliq va statistika hisobotlarining barcha shakllari va muddatlari keskin qisqartirilmoqda. Soliqqa tortish stavkalari unifikatsiya qilindi va kamaytirildi. Xususan, 2007 yilda kichik korxonalar uchun yagona soliq to‘lovi stavkasi 13 foizdan 10 foizga tushirilgan bo‘lsa, 2014 yildan esa sanoat sohasidagi korxonalar uchun yagona soliq to‘lovi stavkasi 5 foizni tashkil qildi va bu holat hanuzgacha o‘zgarishsiz qolmoqda. Shuningdek, tadbirkorlarga, avvalo, kichik biznes subyektlariga asosiy, shu jumladan, talab yuqori bo‘lgan moddiy resurslardan keng foydalanish imkonini beradigan barqaror bozor mexanizmi shakllandi. Masalan, banklarning barcha filiallarida tadbirkorlarga yaqindan maslahatlar berish bo‘yicha “Tadbirkorlar xonasi” tashkil etildi. Shuningdek, filiallar va mini banklarda tashkil etilgan “Tadbirkorlar burchagi” orqali respublikamizda kichik biznes va xususiy
tadbirkorlikni rivojlantirish borasida yaratilgan shart-sharoitlar, imkoniyatlar, taklif etilayotgan yangi bank xizmatlari to‘g‘risida doimiy ravishda axborot berib borilishi yo‘lga qo‘yildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 5-oktabrdagi PF-4848-sonli
«Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoni doirasida “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi. Shuningdek, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan “Davlat xaridlari to‘g‘risida”, “Davlat va xususiy sektor sherikligi to‘g‘risida”gi qonun loyihalari hamda 30 dan ziyod qonun va me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish, tasdiqlash borasida faol ishlar olib borilmoqda.
Respublikamizda ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilinishini ta’minlash, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish borasida amalga oshirilayotgan kompleks chora-tadbirlar 2019 yil davomida 92,9 mingtadan ortiq yangi kichik tadbirkorlik subyektlarini (dehqon va fermer xo‘jaliklarisiz) tashkil etish imkonini berdi. Natijada 2020 yil 1 yanvar holatiga faoliyat ko‘rsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlarining soni 334767 tani tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 71837 taga ko‘paydi.
2019 yilda o‘zining xususiy ishini, o‘z biznesini tashkil etishga intilayotgan yoshlarga imtiyozli kreditlar ajratish, yosh oilalarga uy-joy sotib olish va qurish uchun ipoteka kreditlari, uzoq muddat foydalanishga mo‘ljallangan tovarlar xarid qilish uchun iste’mol kreditlari berish ko‘lamini kengaytirish borasidagi ishlar bank tizimi faoliyatining diqqat markazida bo‘ladi.

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   450




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling