Respublikasi oliy va o‘rta


Download 1.87 Mb.
bet206/450
Sana25.10.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1721562
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   450
Bog'liq
П IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik PdfToWord

Ish haqining iqtisodiy mazmuni

Yaratilgan yalpi ichki mahsulotning ma’lum qismi, ya’ni ishchi va xizmatchilarga, ya’ni ishchi kuchiga tegishli qismi uning ishlab chiqaruvchilari o‘rtasida mehnatning miqdori, sifati va unumdorligiga qarab taqsimlanadi, bu iqtisodiy adabiyotlar va hujjatlarda ish haqi deb yuritiladi. Ish haqi hozirgi davrda barcha mamlakatlar iqtisodiyotida muhim o‘rin tutadi. Shuning uchun ham iqtisodchi olimlar ish haqining mazmuniga katta e’tibor beradilar. Ish haqining
mazmunini aniqlashda turli iqtisodchilar turli tomondan yondashib, unga har xil ta’rif beradilar.
Masalan, D.Rikardo va T.Maltuslarning «Yashash uchun vosita minimumi» konsepsiyasida ish haqini yashash uchun zarur vositalarning fiziologik minimumi bilan bir xil deb hisoblanadi. Lekin bunday qarash to‘g‘ri emas. Bu minimum o‘z ichiga ishchi kuchi shakllanadigan iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy shart-sharoitlar tug‘dirgan ehtiyojlarni ham oladi. Shu bilan birga ishchi kuchi narxining quyi chegarasini yashash uchun zarur vositalar miqdorining minimumi bilan aniqlash, ishga yollovchilarning ish haqini mazkur quyi chegaradan pasaytirishga intilishiga olib kelishi mumkin. Iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlarning xo‘jalik amaliyotidagi ish haqining darajasini kuzatish shuni ko‘rsatadiki, ishchi kuchi bozorida real ish haqining o‘rtacha darajasi yashash uchun zarur jismoniy vositalar minimumiga qaraganda ancha yuqori darajada o‘rnatilgan.
Qiymatning mehnat nazariyasi (ingliz klassik siyosiy iqtisod maktabi, marksistik yo‘nalishidagi iqtisodchilar) ishchi kuchini alohida, o‘ziga xos tovar deb hisoblaydi. Shu sababli bu nazariya ish haqiga tovar bo‘lgan ishchi kuchi qiymatining o‘zgargan shakli, ya’ni uning puldagi ifodasi sifatida qaraydi va uni ishchi kuchini takror ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan tirikchilik vositalari qiymati sifatida aniqlaydi. Mazkur g‘oya tarafdorlari ishchi kuchi qiymatiga bir qator omillar, avvalo tabiiy shart-sharoitlar, aholining madaniy rivojlanishi, ularning malakasi va ishchi oilasini saqlash hamda ularning tabiiy takror ishlab chiqarish sharoitlari ta’sir qilishini ko‘rsatadi. Shu bilan birga bu g‘oyada hayotiy ehtiyojlar hamda ularning qondirilish usullari mamlakatning ilmiy-texnikaviy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy rivojlanishida erishilgan darajaga bog‘liqligi ta’kidlanadi. Bu fikrlar hozirgi davrda ham ko‘pgina ko‘zga ko‘ringan iqtisodchi olimlar tomonidan ma’qullanib kelinmoqda. Masalan, A.F.Shishkin, E.F.Borisovlar o‘zlarining «Iqtisodiyot nazariyasi» darsliklarida ish haqini ishchi
kuchi tovar qiymatining puldagi ifodasi deb ta’riflaydilar1. Bu mualliflar o‘z fikrlarini asoslashda ko‘pgina olimlar mehnat jarayoni bilan ishchi kuchining farqiga bormaganligini, shu sababli bozorda mehnat sotiladi deb fikr yuritishini tanqid qilib, bozorda mehnat emas, balki ishchi kuchi tovar sifatida sotilishini, bu jarayon yuzaki qaralganda mehnatga haq to‘lashga o‘xshab ko‘rinishini isbotlashga harakat qilganlar. Lekin ish haqiga «ishchi kuchi qiymatining puldagi ifodasi» sifatida qarash, aniq ishchi kuchi bozorida ish haqi darajasiga uning unumdorligi, mehnat intensivligi, talab va taklif kabi omillarning ta’sirini yetarli hisobga olmaydi.
Hozirgi zamon iqtisodiyot nazariyasida ayrim mualliflar (jumladan,
«Ekonomiks» darsliklarida, V.D.Kamaev rahbarligida nashr etilgan «Iqtisodiyot nazariyasi» darsligi va boshqalarda)2 ish haqini mehnat narxi sifatida, ayrimlari esa3 mehnat bozoridagi talab va taklifning muvozanat narxi sifatida talqin etadilar. Bunda ular asosan bozorda mehnat sotiladi degan bizningcha noto‘g‘ri tushunchaga asoslanishadi. Mehnat ishchi kuchining funksiya qilishi, uning ma’lum maqsadga qaratilgan faoliyat jarayoni bo‘lib, uning na qiymati, na narxi yo‘qligi, bu jarayonni bozorga olib chiqib sotib bo‘lmasligi fanda ham, real hayotda ham, iqtisodiy amaliyotda ham hammaga ayon bo‘lgan va allaqachon isbotlangan masaladir. Shuning uchun buni isbotlashga harakat qilmasak ham bo‘ladi. Lekin bu g‘oyaning negizida bir ijobiy tomon borki, uni albatta hisobga olish zarur. Bu ham bo‘lsa ular mehnatni ishchining malakasi, intensivligi va natijasi bilan bog‘lashga harakat qilganlar. Ish haqining mazmuni to‘g‘risidagi turli nazariyalarni, (turli mamlakatlardagi va o‘z mamlakatimizdagi amaliyotni) umumlashtirib, quyidagi xulosalarni chiqarish mumkin.




1 Борисов Е.Ф. Экономическая теория: учеб. – 2-е изд., перераб. и доп. - М.: ТК Велби, Изд-во Проспект, 2005. – 544 с.; Шишкин А. Ф. «Экономическая теория», учебник, книга 2, М. изд-ва «Владос», 1996, 154 с.
2 Qaralsin: Макконнелл К.Р., Брю С.Л. Экономикс: Принципы, проблемы и политика. Т.2. – М.: Республика, 1992, с. 156.; Экономическая теория: Учеб. для студ. высш. учеб. заведений/ Под ред. В.Д.Камаева. М.: Гуманитар. изд. центр ВЛАДОС, 2004, с. 175.
3 Qaralsin: Курс экономической теории. Учеб. пособ. под ред. Чепурина М.Н., Киселевой Е.А. Киров, изд-во
«АСА», 1995, 233-б.; Tojiboyеva D. Iqtisodiyot nazariyasi: Oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun o‘quv qo‘llanma. – T.: «O‘qituvchi». 2002, 227-b.

  1. Ish haqi to‘g‘risidagi nazariyalarda unga bir tomonlama yondashish xususiyati mavjud bo‘lib, uning murakkab va ko‘p qirrali iqtisodiy jarayon ekanligi ma’lum darajada e’tibordan chetda qolgan. Lekin bu nazariyalarning har birida ish haqining u yoki bu tomoniga to‘g‘ri baho berilgan bo‘lib, ularda foydalanish mumkin bo‘lgan ijobiy mazmun mavjuddir.

  2. Ish haqining umumiy darajasi har doim har bir mamlakatda iqtisodiyotning erishgan darajasiga, ya’ni umumiy mehnat unumdorligi, milliy mahsulot hajmi, uning aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan miqdoriga bog‘liq bo‘ladi. Chunki shu mahsulotlarning bir qismi mehnatning miqdori va sifatiga qarab taqsimlanadi. Shuning uchun ham u turli mamlakatlarda turli miqdorlarda bo‘ladi.

  3. Ish haqining miqdori ishchi kuchini takror ishlab chiqarishga, ishchining o‘zini, oila a’zolarini boqishga etadigan darajada bo‘lishi lozim.

  4. Ish haqining miqdori va darajasi ishchi kuchining malakasi, uning mehnati unumdorligi bilan bog‘liq bo‘ladi.

  5. Ish haqining darajasi har bir firma yoki korxonada ishlab chiqarishning erishgan darajasi bilan, ya’ni ishlab chiqarilgan va sotilgan mahsulot hajmi va bir ishchiga to‘g‘ri kelgan miqdori bilan bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun ham u mehnat miqdori, malakasi bir xil bo‘lsa-da, turli korxonalarda turlicha miqdorda bo‘lishi mumkin.

Ushbu xulosalardan keyin ish haqining mazmuniga ta’rif berib aytish mumkinki, ish haqi – ishchi va xizmatchilar mehnatining miqdori, sifati va unumdorligiga qarab milliy mahsulotdan oladigan ulushining puldagi ifodasidir.
Ish haqi ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan zaruriy mahsulot bilan chambarchas bog‘liqdir. Chunki ish haqi uning asosiy qismini tashkil etadi.
Ish haqining asosiy vazifasi ishchi va xizmatchilarning turmush va mehnat sharoitini yaxshilash, boshqacha qilib aytganda, mehnat me’yori bilan iste’mol me’yori o‘rtasidagi bog‘liqlikni ta’minlashdan iboratdir.
Albatta ishchi kuchini takror hosil qilishda ish haqidan tashqari foiz, renta, foyda, dividend, turli imtiyozlar va nafaqalarning ham roli bor. Ish haqining
mazmunini to‘laroq tushunish uchun nominal va real ish haqi tushunchalarini bilish zarur.
Ishchi uchun qanday shaklda va qancha miqdorda ish haqi olishi emas, balki unga qancha miqdorda tovarlar va xizmatlar sotib olishi mumkinligi muhim. Shu sababli nominal va real ish haqi farqlanadi. Nominal ish haqi – bu ma’lum vaqt davomida olingan pul summasi yoki pul shaklidagi ish haqi. Misol uchun, mexanika zavodi ishchisi yanvar oyida 200 ming so‘m, fevral oyida 190 ming so‘m, mart oyida 220 ming so‘m ish haqi hisoblandi. Bular nominal ish haqi hisoblanadi.

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   450




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling