Respublikasi oliy va o‘rta


Download 1.87 Mb.
bet217/450
Sana25.10.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1721562
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   450
Bog'liq
П IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik PdfToWord

Mehnat shartnomalari – korxona ma’muriyati va ishchilar o‘rtasidagi ishga yollash bo‘yicha munosabatni namoyon etuvchi va tartibga soluvchi hujjat bo‘lib, unda ish haqi stavkasi, me’yordan ortiqcha bajarilgan ishlar uchun stavka, dam olish kunlari va tanaffuslar, pensiya fondlari va sog‘liqni saqlashga ajratmalar hamda narxlarning o‘zgarishini hisobga olib iste’mol savati qiymatini tartibga solish kabi masalalar ifoda etiladi.
Kasaba uyushmasi – ish beruvchi va ishga yollanuvchi o‘rtasidagi mehnat munosabatlarining shakllanishi, amalga oshirilishi va tartibga solinishida ishga yollanuvchilarning manfaatlarini himoya qiluvchi jamoat tashkiloti.
Takrorlash uchun savol va topshiriqlar

  1. Yaratilgan milliy mahsulotning qanday qismi ish haqi shaklini oladi?

  2. Ish haqi bilan zaruriy mahsulot o‘rtasida qanday aloqadorlik mavjud?

  3. Ish haqining turlicha nazariyalarini tahlil qilib, ularga o‘z qarashingizni bildiring.

  4. Real ish haqi darajasi qanday omillar ta’siri ostida o‘zgaradi?

  5. Nima uchun ish haqining umumiy darajasi har xil mamlakatlarda turlicha?

  6. Tarif tizimi o‘z ichiga qanday tarkibiy qismlarni oladi? Ularning har birining ahamiyati va farqlanishini tushuntirib bering.

  7. Mehnat munosabatlari deganda nimani tushunasiz? Mehnat munosabatlari kimlar tomonidan tartibga solinadi?

  8. Kasaba uyushmasi nima va uning qanday turlari mavjud?

  9. Kasaba uyushmalari ish haqini oshirishning qanday usullaridan foydalanadilar?

  10. Mehnat shartnomasi nima va unda qanday masalalar o‘z ifodasini topadi?

  1. BOB. AGRAR MUNOSABATLAR VA AGROBIZNES



Asosiy tayanch tushunchalar: Agrar munosabatlar, Renta munosabatlari, Differensial renta, Differensial renta I, Differensial renta II, Absolyut renta, Monopol renta, Undirma sanoatda renta, Agrosanoat majmuasi, Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish infratuzilmasi, Ijtimoiy infratuzilma, Agrosanoat integratsiyasi, Agrobiznes, Klaster
Iqtisodiy qonunlar va kategoriyalarning amal qilishi iqtisodiyotning barcha sohalari, tarmoqlari va bo‘g‘inlari uchun umumiy bo‘lsada, lekin ayrim olingan sohalarda, bu qonun va kategoriyalar ulardagi tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy sharoitga bog‘liq holda o‘ziga xos xususiyatlar ham kasb etadi. Ayniqsa, bu o‘ziga xos xususiyat agrar sohada yaqqol namoyon bo‘ladi. Chunki bu yerda takror ishlab chiqarish ko‘p jihatdan tirik organizm (hayvon, o‘simlik va boshqalar) bilan ham bog‘liq bo‘lib, iqtisodiy qonunlar tabiiy qonunlar bilan chatishib ketadi. Ushbu bobda iqtisodiyotning umumiy tomonlari bilan birgalikda uning agrar sohada namoyon bo‘ladigan o‘ziga xos xususiyatlari bayon etiladi, shuningdek, agrar munosabatlarning mazmuni tahlil qilinib, yer rentasining vujudga kelishi va taqsimlanishi muammolari hamda ularning qisqacha tavsifi beriladi. Bu yerda fermerlik xo‘jaliklari rivojiga alohida e’tibor qaratiladi.
Agrosanoat integratsiyasi va agrosanoat majmuasining mazmuni hamda ishlab chiqarishni tashkil etish va rivojlantirishning yangi tizimi «klaster» xo‘jaligi ularning tarkibi va vazifalariga to‘xtalib o‘tilib, agrobiznes va uning turlari bayon etiladi. Bu bobda mustaqillik yillarida agrar sohada erishilgan yutuqlar bilan bir qatorda 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha harakatlar strategiyasi” hamda “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo‘ljallangan strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5853-son Farmonida ko‘rsatib o‘tilgan qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish vazifalari va muammolariga ham e’tibor qaratiladi.




    1. Download 1.87 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   450




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling