Respublikasi oliy va o‘rta


Download 1.87 Mb.
bet256/450
Sana25.10.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1721562
1   ...   252   253   254   255   256   257   258   259   ...   450
Bog'liq
П IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik PdfToWord

Valyuta kurslari. Boshqa valyutalarga nisbatan milliy pul kursining o‘zgarishi sof eksportga va demak yalpi talabga ta’sir ko‘rsatadi. Faraz qilaylik, ienaning dollardagi narxi o‘sdi. Bu dollarning ienaga nisbatan qadrsizlanganligi va iena kursi ko‘tarilganligini bildiradi. Dollar va iena o‘rtasidagi yangi nisbat natijasida yaponiyalik iste’molchilar ienaning ma’lum summasiga ko‘proq dollar sotib olishi mumkin. Demak, yaponiyalik iste’molchilar uchun amerika tovarlari
yapon tovarlariga qaraganda arzonroq bo‘ladi. Shu bilan birga amerikalik iste’molchilar dollarning ma’lum summasiga yapon tovarlarini nisbatan kamroq miqdorda sotib olishi mumkin. Bunday holda AQSh eksportining o‘sishi, importining esa kamayishi holatini kutish mumkin. Sof eksportning ko‘payishi o‘z navbatida AQSh iqtisodiyotida yalpi talabning ko‘payishiga olib kelishini bildiradi.



    1. Yalpi taklif tushunchasi, uning hajmi va tarkibiga ta’sir etuvchi omillar

Iqtisodiyotni muvozanatli yuritishda yalpi taklif va unga ta’sir etuvchi omillarni bilish muhimdir.
Yalpi taklif (aggregate supply, AS) – mamlakatda muayyan vaqtda ishlab chiqarilib, narxlarning muayyan darajasida sotishga tayyor turgan, o‘zining ijtimoiy nafliligi, turlari, sifati, miqdori va ijtimoiy qiymati bo‘yicha shu davrdagi talabga javob beradigan barcha tovarlar va xizmatlar hajmidir. Bu narxlarning har xil mumkin bo‘lgan o‘rtacha darajasida milliy ishlab chiqarishning mavjud real hajmini ko‘rsatadi.
Yalpi taklif turli xil ishlab chiqarilgan iste’mol tovarlari va xizmatlardan hamda investitsiya tovarlaridan iborat bo‘ladi. Bundan tashqari yalpi taklifga uy xo‘jaliklari taklif qiladigan ishchi kuchi resurslari ham kiradi. Albatta ishlab chiqarilgan va sotishga mo‘ljallangan iste’mol tovarlari va xizmatlari ham, shuningdek, investitsiya tovarlarining turlari ham juda ko‘p va turli-tumandir. Lekin yalpi talab o‘zining ijtimoiy zaruriy nafliligi bilan, ya’ni o‘zining turlari, miqdori va sifati bo‘yicha hamda ijtimoiy qiymati bo‘yicha shu davrdagi ishlab chiqarish va jamiyat a’zolari talabiga mos kelishi kerak. Yalpi taklifni va uning miqdorini umumlashtirib quyidagi rasm ko‘rinishida ifodalash mumkin (15.4- rasm).
Yalpi taklifga eng avvalo bozor narxlari darajasi bilan ijtimoiy qiymat miqdori o‘rtasidagi nisbatning o‘zgarishi ta’sir ko‘rsatadi. Narxlar darajasining qiymat miqdoridan oshishi qo‘shimcha tovarlar ishlab chiqarish uchun rag‘bat yaratadi.




15.4-rasm. Yalpi taklif umumiy miqdorining tovarlar turlari, miqdori, sifati hamda narxiga bog‘liqligi1

Narxlar darajasining qiymatdan pasayishi esa tovar ishlab chiqarishning qisqarishiga olib keladi. Shu sababli turli tovarlar narxlari va milliy ishlab chiqarish hajmi o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bevosita bog‘liqlik mavjud bo‘ladi. Bu bog‘liqlik yalpi taklif egri chizig‘ida aniq aks etadi (15.5-rasm).


R
Narx darajasi
0 Y1 Yt Y
Ishlab chiqarish real hajmi



Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   252   253   254   255   256   257   258   259   ...   450




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling