Respublikasi oliy va o‘rta


Investitsiyalar va uning darajasini belgilovchi omillar


Download 1.87 Mb.
bet274/450
Sana25.10.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1721562
1   ...   270   271   272   273   274   275   276   277   ...   450
Bog'liq
П IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik PdfToWord

Investitsiyalar va uning darajasini belgilovchi omillar Investitsiyalar asosiy va aylanma kapitalni qayta tiklash va

ko‘paytirishga, ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirishga qilingan sarflarning pul shaklidagi ko‘rinishidir. U pul mablag‘lari, bank kreditlari, aksiya va boshqa qimmatli qog‘ozlar ko‘rinishida amalga oshirilishi mumkin. Pul mablag‘lari ko‘rinishidagi investitsiya nominal investitsiya, ana shu pul mablag‘lariga sotib olish mumkin bo‘lgan investitsion resurslar real investitsiya deyiladi.
Investitsiyalarni ro‘yobga chiqarish bo‘yicha amaliy harakatlar investitsion faoliyat, investitsiyalarni amalga oshiruvchi shaxs investor deyiladi.
Investitsiyalarning manbalaridan biri bo‘lib, barcha korxonalar va aholi keng qatlamlarining jamg‘armalari hisoblanadi. Shuni ta’kidlash lozimki, amalda jamg‘arma egasi va investor bir shaxsda namoyon bo‘lishi va bo‘lmasligi ham
mumkin. Odatda, jamg‘arma jamiyatdagi ko‘pchilik subyektlar tomonidan amalga oshirilib, ulardan investitsiya sifatida foydalanish esa butunlay boshqa subyektlar tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Shuningdek, iqtisodiyotda faoliyat yurituvchi sanoat, qishloq xo‘jalik va boshqa korxonalar jamg‘armasi ham investitsiya manbai bo‘lib hisoblanadi. Bu o‘rinda «jamg‘aruvchi» va «investor» bir subyektda mujassamlashadi.
Investitsiya faoliyati quyidagi manbalar hisobiga amalga oshirilishi mumkin:

  • investorlarning o‘z moliyaviy resurslari (foyda, amortizatsiya ajratmalari, pul jamg‘armalari va h.k.);

  • qarz olingan moliyaviy mablag‘lar (obligatsiya zayomlari, bank kreditlari);

  • jalb qilingan moliyaviy mablag‘lar (aksiyalarni sotishdan olingan mablag‘lar, jismoniy va huquqiy shaxslarning pay va boshqa to‘lovlari);

  • davlat budjeti mablag‘lari;

  • chet elliklar mablag‘lari.


Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   270   271   272   273   274   275   276   277   ...   450




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling