Respublikasi oliy va o‘rta


Ijtimoiy-madaniy sohadagi jamg‘arish


Download 1.87 Mb.
bet273/450
Sana25.10.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1721562
1   ...   269   270   271   272   273   274   275   276   ...   450
Bog'liq
П IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik PdfToWord

Ijtimoiy-madaniy sohadagi jamg‘arish (noishlab chiqarish jamg‘arishi) uy- joy fondini, kasalxonalar, o‘quv muassasalari, madaniyat, sog‘liqni saqlash, sport muassasalari, ya’ni nomoddiy soha va tarmoqlarni kengaytirish, rekonstruksiyalash, yangilashga sarflanadi. Noishlab chiqarish sohasini kengaytirish ham ishlab chiqarishni rivojlantirishning zarur shartidir.
Jamg‘arish summasi, uning hajmi va tarkibi takror ishlab chiqarish sur’atlarini belgilab beradigan hal qiluvchi omillardir. Jamg‘arish normasi bevosita jamg‘arish summasining butun milliy daromad hajmiga nisbati bilan aniqlanadi:
JN  (JS / MD) 100% ,

bunda: JN - jamg‘arish normasi; JS - jamg‘arish summasi; MD - milliy daromad.


Jamg‘arish normasining ham o‘z chegarasi bo‘lib, uni me’yoridan oshirish iqtisodiy jihatdan samarasiz bo‘lib chiqishi va salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Masalan, uning haddan tashqari ortishi natijasida iste’mol fondining
hajmi kamayishi, investitsion sarflar samaradorligi pasayib ketishi mumkin, chunki kapital mablag‘lar hajmi bilan qurilish tashkilotlarining quvvatlari, materiallar va uskunalar yetkazib berish imkoniyatlari, infratuzilmaning rivojlanishi o‘rtasida nomutanosiblik paydo bo‘ladi. Oqibatda iqtisodiy o‘sish pasayib ketish tamoyiliga ega bo‘ladi. Shunday qilib, jamg‘arish hajmi iqtisodiy o‘sish sur’atlari va sifatiga faqat o‘zining miqdori bilangina hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatib qolmaydi. Fan-texnika revolyusiyasi sharoitida ulardan foydalanish samaradorligi birinchi o‘ringa chiqadi. Jamg‘arish hajmi milliy daromadning bir qismini tashkil etadi va shu sababli milliy daromad hajmi ko‘payishini belgilaydigan omillar jamg‘arish miqdorini ham belgilab beradi. Bu omillardan asosiysi qo‘llaniladigan resurslar massasi va ularning unumdorligidir. Jamg‘arish miqdori ishlab chiqarish jarayonida xomashyo, materiallar, energiyani tejab-tergab sarflashga ham bog‘liq. Mahsulot birligiga ularni sarflashni kamaytirish moddiy vositalarning o‘sha miqdorida
mahsulotlarni ko‘proq hajmda ishlab chiqarishga imkon beradi.


    1. Download 1.87 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   269   270   271   272   273   274   275   276   ...   450




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling