Respublikasi oliy va o‘rta


Download 1.87 Mb.
bet281/450
Sana25.10.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1721562
1   ...   277   278   279   280   281   282   283   284   ...   450
Bog'liq
П IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik PdfToWord

Asosiy tayanch tushunchalar


Iste’mol – jamiyat iqtisodiy ehtiyojlarini qondirish maqsadida ishlab chiqarish natijalari va omillaridan foydalanish jarayoni.
Shaxsiy iste’mol – iste’molchilik tavsifidagi ne’matlar va xizmatlardan bevosita foydalanish, ya’ni ularning individual tarzda iste’mol qilinishi.
Unumli iste’mol – ishlab chiqarish jarayonida ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchidan foydalanish.
Iste’mol sarflari – aholi daromadlarining tirikchilik ne’matlari va xizmatlar uchun ishlatiladigan qismi.
Jamg‘arish – aholi, korxona (firma) va davlat joriy daromadlarining kelajakdagi ehtiyojlarini qondirish va foizli daromad olish maqsadida to‘plab borilishi.
Iste’molga o‘rtacha moyillik – daromadlarning iste’molga ketadigan ulushi.
Jamg‘arishga o‘rtacha moyillik – daromadlarning jamg‘arishga ketadigan ulushi.
Iste’molga keyingi qo‘shilgan moyillik – daromad hajmining o‘zgarishi natijasida iste’mol sarflari hajmining o‘zgarishi darajasi.
Jamg‘arishga keyingi qo‘shilgan moyillik – daromad hajmining o‘zgarishi natijasida jamg‘arish hajmining o‘zgarishi darajasi.
Iqtisodiy jamg‘arish – milliy daromadning bir qismining asosiy va aylanma kapitallarni, shuningdek, ehtiyot va zahiralarni ko‘paytirish uchun sarflanib borishi.
Jamg‘arish normasi – jamg‘arish summasining milliy daromadga nisbatining foizdagi ifodasi.
Investitsiya – ishlab chiqarishni va xizmat ko‘rsatish sohalarini kengaytirishga, ya’ni asosiy va aylanma kapitalga pul shaklidagi qo‘yilma.
Investitsiyalar samaradorligi – milliy daromad (foyda)ning o‘sgan qismining investitsion sarflar summasiga nisbatining foizdagi ifodasi.
Takrorlash uchun savol va topshiriqlar



  1. Iste’mol, jamg‘arma va investitsiyalarning iqtisodiy mazmunini qisqacha ta’riflang.

  2. Iste’mol va jamg‘armaning miqdorini aniqlovchi asosiy omillarini sanab ko‘rsating.

  3. Iste’mol va jamg‘arma funksiyalarining grafikdagi tasvirini chizib, ularga shartli raqamlar qo‘llagan holda tushuntiring.

  4. Manfiy va musbat (ijobiy) jamg‘arma nima va ularning grafikdagi joylashishi qanday bo‘ladi?

  5. Jamg‘arish normasi qanday aniqlanadi? Unga qanday omillar ta’sir ko‘rsatadi?

  6. Iste’molga va jamg‘armaga o‘rtacha moyillik deganda nimani tushunasiz? Iste’mol va jamg‘armaga qo‘shilgan moyillik qanday aniqlanadi?

  7. Investitsiyalarga sarflarning darajasini qanday omillar belgilab beradi? Ularning qisqacha tavsifini bering.

  8. Yalpi investitsiya va amortizatsiya nisbati o‘zgarishining iqtisodiyotga ta’siri qanday?

  9. Jamg‘arma va investitsiya o‘rtasidagi muvozanatning klassik modelining mohiyatini tushuntirib bering.

  10. Jamg‘arma va investitsiya o‘rtasidagi muvozanatning keynscha modelining mohiyatini hamda klassik modeldan farqini tushuntirib bering.


  1. Download 1.87 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   277   278   279   280   281   282   283   284   ...   450




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling