Respublikasi oliy va o‘rta


Download 1.87 Mb.
bet278/450
Sana25.10.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1721562
1   ...   274   275   276   277   278   279   280   281   ...   450
Bog'liq
П IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik PdfToWord

O‘zbekistonda investitsion faollikni oshirish yoʻllari va shart-sharoitlari

O‘zbekistonda keyingi yillarda amalga oshirilayotgan keng qamrovli iqtisodiy islohotlar investitsiya jarayonlarining faollashuvini taqozo etmoqda. Iqtisodiyotda yangi tarmoq va sohalarning yo‘lga qo‘ylishi, mavjud ishlab chiqarish quvvatlarining kengaytirilishi, ish o‘rinlarining tashkil etilishi tobora ko‘proq mablag‘ va resurslarni jalb qilishni rag‘batlantirmoqda.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan investitsion faoliyat tobora oshib bormoqda (16.3-jadval).
16.3-jadval
Investitsiya faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlari, (mlrd. so‘m)1



Tarkibiy qismlar

2010

2012

2014

2016

2017

2018

2019

Asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar
- jami

15338,7


22797,3


35233,3


49476,8


60719,2


107333,0


189924,3


Chet el investitsiyalari
va kreditlari

4340,8

4653,3

7132,6

10829,2

12395,2

31350,0

86653,1

Qurilish ishlari

8245,8

11753,9

20060,4

29265,5

32436,3

47260,7

82339,0

Jadvaldan ko‘rinadiki, agar 2010 yilda asosiy kapitalga 15338,7 mlrd. so‘mni, chet el investitsiyalari va kreditlari 4340,8 mlrd.so‘m, qurilish ishlari uchun 8245,8 mlrd. so‘m miqdorida investitsiyalar kiritilgan bo‘lsa, 2019 yilga kelib asosiy kapitalga 189924,3 mlrd.so‘mni, chet el investitsiyalari va kreditlari 86653,1




1 Manba: O‘zbеkiston Rеspublikasi statistik axborotnomasi. Toshkеnt – 2018.
mlrd.so‘m, qurilish ishlari uchun 82339,0 mlrd.so‘m miqdorida investitsiyalar kiritildi. Bu esa, jalb etilayotgan investitsiyalardan foydalanish samaradorligining o‘sishiga ahamiyatli darajada ta’sir ko‘rsatadi.
Asosiy kapitalga investitsiyalar o‘sish sur’atlarini moliyalashtirish manbalari bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich kafolatlanmagan hamda boshqa xorijiy investitsiya va kreditlarda kuzatilib, 2018 yilga nisbatan 4,1 marta o‘sdi. Shuningdek, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hisobidan moliyalashtirilgan investitsiyalarda ham yuqori o‘sish sur’atlari – 3,6 martaga o‘sish kuzatilib, bu mahsulot taqsimoti kelishuvi shartlari asosida gaz-kimyo majmuasi qurilishi bilan “Mustaqillikning 25 yilligi” konlarida qidiruv ishlarini yakunlash va ishlar olib borish, O‘zbekiston Respublikasi investitsiya bloklarida (Kultak-Qamashi, Muborak, Surxon, Ashibuloq va Koskud, G‘arbiy Farg‘ona investitsiya bloklari) neft-gaz konlariga ishlov berish va geologik qidiruv ishlarini amalga oshirish, hududlarda sement ishlab chiqarishini tashkil etish, to‘qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarishni tashkil etish kabi yirik investitsiya loyihalarining jadal o‘zlashtirilgani bilan bog‘liq.
Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev mamlakatimiz hududlariga salmoqli investitsiyalarni kiritishga doir muammolarga alohida e’tibor qaratish zarurligini ta’kidlab, Milliy bank investitsiya faoliyatiga o‘z mablag‘lari bilan birga, tashqaridan moliyalashtirish manbalarini jalb etish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqishi kerakligini ham aytib o‘tdi.1
2010 yilda barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan asosiy kapitalga investitsiyalar hajmi 15409,1 mlrd. so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, 2019 yilga kelib bu ko‘rsatkich 189924,3 mlrd. so‘mga etdi. Investitsiya sohasida shakllangan ijobiy dinamika iqtisodiyotning o‘sishiga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatdi (16.4-jadval).


1 O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti Sh.Mirziyoyеv “Tanqidiy tahlil, qat'iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kеrak”. Mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kеngaytirilgan majlisidagi ma'ruzasi. // Xalq so‘zi, 2017 yil 16 yanvar.

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   274   275   276   277   278   279   280   281   ...   450




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling