63-§. Masala yechishga oid metodik masalalar


Download 391.33 Kb.
bet1/6
Sana18.12.2022
Hajmi391.33 Kb.
#1029158
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
guli[1]


Ya’ni sistema kinetik energiyasidan vaqtga nisbatan olingan hosila sistemaga qo‘yilgan tashqi va ichki kuchlar quvvatlarining yig‘indisiga teng
(62,14)
Ya’ni sistema kinetik energiyasining,sistema nuqtalari o‘tgan ma’lum yo‘ldagi o‘zgarishi, sistemaga qo‘yilgan tashqi va ichki kuchlarning shu yo‘lda bajargan ishlarining yig‘indisiga teng.
Material nuqtalar sistemasi o‘zgarmas bo‘lganda,u absolyut qattiq jism bo‘l- ganda ichki kuchlar bajargan ishlarning yig‘indisi nolga teng bo‘ladi va (62,12), (62,13), (62,14) formulalar quyidagi ko‘rinishni oladi:
(62.15)
(62.16)
(62.17)
Material nuqtalar sistemasining potensial energiyasi, sistemaning hamma nuqtasining funksiyasidir,ya’ni
(62.18)
Material nuqtalar sistemasining potensialli maydonda ko ‘chishida potensialli kuchning bajargan ishi boshlang’ich va oxirgi holatlardagi potensial energiyalarning ayirmasiga teng, ya’ni
(62.19)
Potensialli kuchning elementar ishi potensial energiyaning teskari ishorat bilan olingan differensialiga teng ,ya’ni
(62.20)
Sistemaga qo’yilgan hamma kuchlar potensialli bo’lsa , sistemaning kinetik va potensial energiyalarining yig’indisi o’zgarmas bo’ladi, ya’ni
(62.21)
Bu paragrafga oid masalalarni quyidagi ikki tipga ajratish mumkin :

  1. Sistemaning kinetik energiyasi hisoblanadigan holga oid masala .

  2. Sistema kinetik energiyasining o’zgarishi haqidagi teoremaga asosan yechiladigan masalalar :sistema bitta jismdan iborat bo’lgan holga oid masala .

63-§. Masala yechishga oid metodik masalalar

Sistema kinetik energiyasining o’zgarishi haqidagi teoremaga asoslanib yechiladigan masalalarni quyidagi tartibda yechish tavsiya etiladi.


1.Koordinata o’qlarini tanlab olish kerak.
2.Sistemaga qo’yilgan hamma tashqi va ichki kuchlarni ifodalab ,shaklda ko’rsatish kerak. (O’zgarmas sistema bo’lsa faqat tashqi kuchlar olinadi.)
3.Sistema nuqtalarining ko’chishida sistemaga qo’yilgan tashqi va ichki kuchlar bajargan ishlarning yig’indisini topish kerak. (Sistema o’zgarmas bo’lsa faqat tashqi kuchlar bajargan ishning yig’indisi topiladi.)
4.Sistema nuqtalarining boshlang’ich va keying paytdagi tezliklarini to-pish kerak. Agar sistema nuqtalarining harakat tenglamalari berilgan bo’lsa , nuqtalarning har qanday vaqt uchun tezliklarini topish kerak.
5.Material nuqtalar sistemasining boshlang’ich va keying paytdagi kinetic energiyalarini hisoblab topish kerak:
a) sistema ilgarilama harakat qilayotgan bo’lsa , uning kinetik energiyasi (62.2) formuladan topiladi;
b) sistema berilgan o’q atrofida aylanma harakat qilayotgan bo’lsa , uning uning kinetik energiyasi (62.3) fo’rmula bilan hisoblab topiladi;
v)sistemaga kirgan jism tekis parallel harakat qilsa, bu holatda sistemaning kinetik energiyasi (62.4) formula bilan hisoblab topiladi.
6. Kinetik energiyaning o’zgarishi haqidagi teoremadan foydalanib tenglamalar tuzish va tuzilgan ifodalardan izlanayotgan noma’lumlarni topish kerak.
(62.14) tenglama faqat berilgan sistemaga ta’sir qilayotgan kuchlar o’zgarmas yoki u kuchlar vaqt funksiyasi bo’lganda hamda masalaga berilgan va izlanayotgan mexanik miqdorlardan tashqari tezlik va sistema tarkibidagi jismlarning ko’chishi kirgandagina qo’llaniladi.
(62.12) tenglama masalaga kirgan berilgan va izlanayotgan mexanik miqdorlar oldingi masaladagidek bo’lib, sistemaga ta’sir qilayotgan o’zgaruvchi kuchlar tezlikka bog’liq bo’lganda qo’llaniladi.
(62.13) tenglama masalada jismning chiziqli tezlanishini (jism ilgarilanma harakatda bo’lganida) yoki jismning aylanish burchak tezlanishini (jism aylanma harakatda bo’lganda ) topish kerak bo’lganida yoki aksincha ular berilganida qo’llaniladi.


Download 391.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling