Respublikasi oliy va o‘rta


Download 1.87 Mb.
bet272/450
Sana25.10.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1721562
1   ...   268   269   270   271   272   273   274   275   ...   450
Bog'liq
П IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik PdfToWord

Daromad hajmining o‘zgarishi natijasida jamg‘arma hajmining o‘zgarishi darajasi jamg‘armaga keyingi qo‘shilgan moyillik (JQM) deyiladi, ya’ni:

JQM
Jamg' armadagi o' zgarish Daromaddagi o' zgarish
S

.
Y

Demak, sof daromadning o‘sgan qismi ham yo iste’molga, yoki jamg‘armaga sarflanadi. Bu sarflangan qismlar o‘rtasidagi nisbat o‘zgargan taqdirda ham ularning umumiy yig‘indisi 1ga teng bo‘ladi, ya’ni:



C S
Y Y
 1,0.

Iqtisodiyotning barqaror rivojlanishi, tadbirkorlik faoliyatining samarali amalga oshishida jamg‘arish jarayonlarining ahamiyati beqiyosdir. Shunga ko‘ra, jamg‘arishning mohiyati, uning omillari va samaradorligi ko‘rsatkichlarini alohida ko‘rib chiqish maqsadga muvofiq hisoblanadi.



    1. Jamg‘arishning mohiyati, omillari va samaradorligi

Jamg‘arish iqtisodiyotdagi yalpi sarflarning tarkibiy qismlaridan biri hisoblanib, investitsion tavsifdagi tovarlarga talab darajasini belgilab beradi. Investitsiyalar jamg‘arishning amalda namoyon bo‘lish shakli bo‘lganligi sababli dastlab, tahlilni jamg‘arishning mohiyati, omillari va samaradorligini nazariy jihatdan asoslash bilan boshlaymiz.

Jamg‘arish – milliy daromadning bir qismining (jamg‘armaning) asosiy va aylanma kapitallarni, shuningdek, ehtiyot zaxiralarini ko‘paytirish uchun sarflanishidir.
Bu yerda shuni ta’kidlash joizki, jamg‘arma summasi bilan jamg‘arish (sarflanish) summasi bir-biriga mos kelmasligi mumkin. Chunki jamg‘arilgan summadan aholi uzoq muddatli iste’mol tovarlarini sotib olishga, to‘y-hashamga, uy qurishga ishlatishi mumkin. Jamg‘arma mablag‘larning to‘planishini bildirsa,jamg‘arish uning sarflanishini bildiradi.
Ishlab chiqarish va noishlab chiqarish maqsadidagi jamg‘arish bir-biridan farqlanadi. Jamg‘arilgan mablag‘larning moddiy ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarining asosiy kapitallarini va aylanma mablag‘larini kengaytirishga ketadigan qismi ishlab chiqarish sohasidagi jamg‘arish summasini hosil qiladi. Ishlab chiqarish sohasidagi jamg‘arish iqtisodiy o‘sishning muhim omilidir.

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   268   269   270   271   272   273   274   275   ...   450




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling