Respublikasi oliy va o‘rta


Download 1.87 Mb.
bet313/450
Sana25.10.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1721562
1   ...   309   310   311   312   313   314   315   316   ...   450
Bog'liq
П IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik PdfToWord

Iqtisodiy muvozanat deb bir-biri bilan o‘zaro bog‘liqlikda va ta’sirda amal qiladigan iqtisodiy jarayonlar, hodisalarning bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan ikki yoki bir necha tomonining teng kelgan holatiga aytiladi. Shuning uchun ham butun iqtisodiyotning muvozanati to‘g‘risida gap borganda, eng avvalo uning bozor iqtisodiyoti davridagi asosiy ko‘rsatkichi sifatida yalpi talab va yalpi taklif o‘rtasidagi tenglik e’tiborga olinadi.
Makroiqtisodiyotda iqtisodiy muvozanatning shakllanishi, uni ta’minlash ancha murakkab va ziddiyatli jarayondir. Chunki u xususiy va umumiy tavsifdagi bir qator muvozanatlar tizimini o‘z ichiga oladi.
Iqtisodiy muvozanat kategoriyasining mazmunini to‘g‘ri tushuntirish uchun unga ikki tomonlama ya’ni qiymat va naflilik jihatdan yondashuv usulini qo‘llash maqsadga muvofiqdir.
Iqtisodiy muvozanatlikning ikki tomoni – qiymat va naflilik jihatidan taxlili E.Shodmonovning tadqiqot ishlarida ancha batafsil berilgan. Bunda muvozanatlikning turli darajalari mazmunan farqlanilib, umumiy muvozanatlikning qiymat va naflilik jihatidan tarkibi alohida tasvirlangan (19.2- rasm).
Rasmdan ko‘rinadiki, milliy iqtisodiyot darajasidagi umumiy muvozanatning asosiy ko‘rinishi jamiyat barcha ehtiyojlari va milliy ishlab chiqarish hajmi o‘rtasidagi tenglik bo‘lib, uning bozor iqtisodiyoti sharoitidagi aniq shakli – yalpi talab va yalpi taklif tengligi sifatida namoyon bo‘ladi. Biroq, hozirgacha aksariyat hollarda bu tenglik faqat qiymat miqdori jihatdan ta’minlanishi lozim, deb qaralmoqda. Fikrimizcha, bu o‘rinda miqdoriy tenglik faqat qiymat jihatidan emas, balki naflilik jihatidan ham ta’minlanishi lozim.

19.2-rasm. Umumiqtisodiy muvozanatlikning qiymat va naflilik jihatidan tarkibi1

Chunki, yalpi talab va yalpi taklifning qiymat jihatidan tengligi har doim ham iqtisodiyotda muvozanatga erishilganligini anglatavermaydi. Chunki, ma’lum qiymatni namoyon etuvchi yalpi talabni faqat shuncha qiymatga teng tovar va xizmatlar ishlab chiqarish orqali qondirish u qadar mushkullik tug‘dirmaydi (biz ma’muriy-buyruqbozlik tizimi sharoitida buning yaqqol guvohi bo‘ldik). Masalaning muhim va e’tiborli tomoni shundaki, haqiqiy ma’nodagi umumiy




1 Shodmonov E. Mamlakatni modеrnizatsiyalash jarayonida iqtisodiyotni muvozanatli va mutanosibli rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari. Monografiya. Toshkеnt: Iqtisod-moliya, 2010. 13 b.
iqtisodiy muvozanat ta’minlanishi uchun yalpi talab va yalpi taklif nafaqat qiymat, balki naflilik jihatidan ham o‘zaro tenglashgan bo‘lishi lozim.
Naflilik – bu ne’matlarning inson ehtiyojini qondira olish xususiyati, iste’mol qiymatining namoyon bo‘lishi shaklidir. Yalpi talab va yalpi taklifning naflilik jihatidan tarkibi – bu jamiyatdagi mavjud talablarga turi, miqdori va sifati bo‘yicha mos keluvchi tovar va xizmatlar majmui hisoblanadi. Agar iqtisodiyotda A, V, S va boshqa turdagi tovarlardan talabga yetarli qiymatda yaratilgan bo‘lsa, biroq ularning har biri bo‘yicha miqdor va sifat jihatidan alohida talab qondirilmasa, u holda umumiy muvozanat ta’minlangan deb bo‘lmaydi.
Lekin milliy iqtisodiyot darajasidagi tovar va xizmatlarning yalpi talab yoki yalpi taklif sifatidagi yaxlit miqdorini natural ko‘rsatkichlar (tonna, kilometr, kubometr, litr va h.k.) orqali ifodalab bo‘lmaydi. Mazkur ko‘rsatkichlarning naflilik miqdorini faqat bir xil ko‘rsatkichga keltirib, pul ko‘rinishida umumlashtirish va o‘zaro tengligini taqqoslash hozirgi davrda bu boradagi to‘g‘ri va yagona yo‘ldir. Faqat bunda naflilik hamma tovar va xizmatlar turlari bo‘yicha o‘zgarmas, ya’ni taqqoslama narxlarda hisoblanishi lozim. Chunki o‘zgarmas narxlarda hisoblanib, pulda ifodalangan ko‘rsatkichlar naflilikning o‘zgarishini, ya’ni o‘sishini yoki kamayishini ko‘rsatadi.
Fikrimizcha, iqtisodiy muvozanatlikning iqtisodiy kategoriya sifatidagi mazmunini ochib berishda uning amal qilishining asosiy tamoyillarini ma’lum tizimga keltirish maqsadga muvofiq hisoblanadi (19.3-rasm).
Iqtisodiy muvozanatning iqtisodiy jarayon va hodisalar ikki yoki bir necha tomonining bir-biriga tengligi sifatida qaralishini ham uning asosiy tamoyillaridan biri sifatida baholash mumkin. Muvozanatlik holati ham iqtisodiyotdagi boshqa voqea, hodisa va jarayonlar kabi doimo harakatda, o‘zgarishda va rivojlanishda bo‘ladi.
Shuning uchun muvozanatlikning vaqti-vaqti bilan izdan chiqib va yana qayta tiklanib turishi ham uning muhim tamoyillaridan biri deb hisoblanadi. Boshqacha aytganda, qandaydir holatda muvozanatlik mavjud deb faraz qilish mumkin bo‘lsa, u tez-tez o‘zgarib turadi hamda yana shunday tezlik bilan qayta tiklanadi. Bu
jarayonni muvozanatlik nuqtasi atrofidagi tebranish sifatida tasavvur etish mumkin.





Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   309   310   311   312   313   314   315   316   ...   450




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling