Respublikasi oliy va o‘rta


ko‘rinishi Daromad hajmi o‘sib borishi bilan o‘rtacha stavkasi o‘sib boruvchi soliqlar progressiv


Download 1.87 Mb.
bet344/450
Sana25.10.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1721562
1   ...   340   341   342   343   344   345   346   347   ...   450
Bog'liq
П IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik PdfToWord

ko‘rinishi

  1. Daromad hajmi o‘sib borishi bilan o‘rtacha stavkasi o‘sib boruvchi soliqlar

progressiv soliqlar deyiladi.

  1. Daromad hajmi o‘sib borishi bilan o‘rtacha stavkasi pasayib boruvchi soliqlar regressiv soliqlar deyiladi.

  2. Daromad hajmi o‘sib borishi bilan o‘rtacha stavkasi o‘zgarishsiz qoluvchi soliqlar proporsional soliqlar deyiladi.

Soliqlar amal qilish doirasi (markaziy va mahalliy soliqlar), mahsulot tannarxiga qo‘shilish usuli (to‘g‘ri va egri soliqlar) va iqtisodiy mazmuniga qarab ham turkumlanadi.
Soliqlarni pasaytirish iqtisodiy yuksalish va davlat daromadlarining o‘sishiga olib kelishini birinchi bo‘lib amerikalik iqtisodchi A.Laffer asosladi. A.Lafferning mulohazalariga ko‘ra, korporatsiyalar daromadiga soliqlar stavkasini haddan tashqari oshirish ularning kapital qo‘yilmalariga bo‘lgan rag‘batini susaytiradi, fan-texnika taraqqiyotini to‘xtatadi, iqtisodiy o‘sishni sekinlashtiradi va oxir- oqibatda, davlat budjeti tushumlariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Davlat budjetining daromadlari va soliq stavkasi o‘sishi o‘rtasidagi bog‘liqlikning grafikda tasvirlanishi «Laffer egri chizig‘i» nomini oldi (21.2- rasm).
R
R1

0 V1 V


21.2-rasm. Laffer egri chizig‘i
Grafik tik o‘qida soliq stavkasi (R), yotiq o‘qida – davlat budjetiga tushumlar

  1. aks etgan. Soliq stavkasining optimal miqdori (R1) davlat budjetiga eng yuqori tushum (V1)ni ta’minlaydi. Soliqlar yanada oshirilganda ishlashga va

tadbirkorlikka qiziqish susayadi, 100 foizli soliq olishda davlat daromadi nolga teng bo‘ladi, chunki hech kim tekinga ishlashni xohlamaydi. Boshqacha aytganda, uzoq muddatli istiqbolda haddan tashqari yuqori o‘rnatilagan soliqlarni pasaytirish jamg‘armalar, investitsiyalar, bandlikning ortishi orqali soliq undiriladigan yalpi daromad hajmining o‘sishini ta’minlaydi. Natijada soliq tushumlari summasi ko‘payadi, davlat daromadlari hajmi o‘sadi, taqchillik kamayadi va inflyatsiyaning susayishi ro‘y beradi. Lekin o‘z-o‘zidan tushunarliki, Laffer samarasi faqat erkin bozor mexanizmi me’yorida amal qilgan holdagina namoyon bo‘ladi.
Shuningdek, mamlakatning turli mintaqalarida soliq yukining bir xil darajada bo‘lishi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bu borada YuNESKO xalqaro tashkiloti tomonidan tavsiya etilgan taqqoslama usullardan foydalaniladi. Soliq yuki darajasini miqdoran aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi soliqlar miqdorini to‘lovga layoqatlilik ko‘rsatkichiga nisbati yoki soliq to‘langandan keyingi daromad miqdorini to‘lovga layoqatlilik ko‘rsatkichiga nisbati sifatida

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   340   341   342   343   344   345   346   347   ...   450




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling