Respublikasi oliy va o‘rta


Download 1.87 Mb.
bet345/450
Sana25.10.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1721562
1   ...   341   342   343   344   345   346   347   348   ...   450
Bog'liq
П IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik PdfToWord

ifodalash mumkin:

Ksoliqyuki
N x / P

yoki



Ksoliq yuki
DN
/ PN ,

bu yerda: Nx aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi soliqlarning o‘rtacha miqdori; DN – aholining soliqlar to‘langandan keyingi daromadi; PN – aholining to‘lovga layoqatliligi.


Soliq yuki darajasini soliqlarning yalpi ichki mahsulotdagi salmog‘i bo‘yicha ham aniqlash mumkin:

Ksoliq yuki
bu yerda: N – soliqlar miqdori;
N / YaIM ,

YaIM – yalpi ichki mahsulot hajmi.
Davlat iqtisodiy siyosatining muhim tarkibiy qismlaridan biri moliyaviy siyosat hisoblanadi. Moliyaviy siyosat davlatning o‘z vazifalarini amalga

oshirish uchun moliyani tashkil etish va foydalanish bo‘yicha chora-tadbirlar majmui.
Moliyaviy siyosat diskretsion va o‘z-o‘zidan tartiblanuvchi tavsifdagi siyosatlarga bo‘linadi. Diskretsion moliyaviy siyosat iqtisodiyotga ta’sir o‘tkazish maqsadida soliq va davlat sarflarini o‘zgartirib turish bilan bog‘liq. O‘z-o‘zidan tartiblanuvchi moliyaviy siyosat esa iqtisodiyotdagi holat o‘zgarishiga muvofiq tarzda tartiblovchi mexanizmlarni o‘zining ishga tushishiga asoslanadi. Bundan ko‘rinadiki, milliy iqtisodiyotning rivojlanishiga turli iqtisodiy subyektlarni soliqqa tortish hamda tushgan mablag‘larni davlat budjeti orqali qayta taqsimlash jarayonlari ahamiyatli ta’sir ko‘rsatadi. Davlat tomonidan iqtisodiyotga ta’sir ko‘rsatish maqsadida soliqqa tortish va davlat sarfi tarkibini o‘zgartirish bo‘yicha qo‘llaniluvchi chora-tadbirlar fiskal yoki soliq-budjet siyosati deb ataladi. Fiskal siyosat, bir tomondan, iqtisodiyotning tanazzul davrida davlat sarflarini oshirish yoki soliqlarni pasaytirish orqali xo‘jalik hayotini rag‘batlantirishni, boshqa tomondan esa, iqtisodiy rivojlanishning yuqori darjasida davlat sarflarini qisqartirish yoki soliqlarni ko‘paytirish orqali yuz berishi mumkin bo‘lgan inflyatsiya va ishsizlikning oldini olishni ko‘zda tutadi.




    1. Download 1.87 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   341   342   343   344   345   346   347   348   ...   450




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling