Respublikasi oliy va o‘rta


Download 1.87 Mb.
bet348/450
Sana25.10.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1721562
1   ...   344   345   346   347   348   349   350   351   ...   450
Bog'liq
П IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik PdfToWord

Xulosalar

  1. Moliya milliy iqtisodiyot va aholi farovonligining o‘sishini aks ettirib, korxonalar ishlab chiqarish xarajatlarining pasayishi va ularning jahon bozoridagi raqobatbardoshligining oshishini rag‘batlantiradi, ishlab chiqarish tuzilmasini, tarmoqlararo va hududiy nisbatlarni shakllantiradi.

  2. Moliyaviy munosabatlar va ularga xizmat qiluvchi maxsus muassasalar jamiyatning moliya tizimini tashkil qiladi. Moliya tizimi turli darajadagi budjetlarni, ijtimoiy, mol-mulk va shaxsiy sug‘urta fondlarini, davlatning valyuta zaxiralarini, korxona va firmalar, tijorat va notijorat tuzilmalarining pul fondlarini, boshqa maxsus pul fondlarini o‘z ichiga oladi.

  3. Umumdavlat moliyasi davlat budjetini, ijtimoiy sug‘urta fondini hamda davlat mol-mulkiy va shaxsiy sug‘urtasi fondini o‘z ichiga oladi. Davlat pul mablag‘larining asosiy markazlashgan fondi bo‘lmish davlat budjeti moliya tizimining asosiy bo‘g‘ini bo‘lib xizmat qiladi.

  4. Davlat budjetining daromadlari va xarajatlari muvozanatda bo‘lishini taqozo qiladi. Lekin ko‘pchilik hollarda davlat budjeti xarajatlarining daromadlardan ortiqchaligi kuzatiladi, buning oqibatida budjet taqchilligi tez sur’atlar bilan o‘sadi.

  5. Budjet taqchilligi asosan davlat qimmatli qog‘ozlarini sotish, nobudjet fondlari (sug‘urta fondi, ishsizlik bo‘yicha sug‘urtalash fondi, pensiya fondi)dan qarz olish ko‘rinishidagi davlatning ichki va tashki qarzlari hisobiga qoplanadi.

  6. Davlat budjeti daromadlar qismining asosiy manbai bo‘lib soliqlar hisoblanadi. Soliq iqtisodiy kategoriya sifatida, sof daromadning bir qismini

budjetga jalb qilish shakli bo‘lib, moliyaviy munosabatlarning tarkibiy qismini tashkil qiladi.

  1. Soliq stavkasi va daromadlar o‘rtasidagi nisbatga asoslanib, soliqlar odatda progressiv (o‘sib boruvchi), proporsional (mutanosib) va regressiv (kamayib boruvchi) soliqlarga bo‘linadi.




Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   344   345   346   347   348   349   350   351   ...   450




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling