Respublikasi oliy va o‘rta
Ijtimoiy ishlab chiqarish, ya’ni turli omillarning harakati natijasida juda
Download 1.87 Mb.
|
П IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik PdfToWord
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jami ijtimoiy mahsulot ko‘rsatkichida yil mobaynida yaratilgan moddiy ne’matlar yig‘indisi hisobga olingan, unda
Ijtimoiy ishlab chiqarish, ya’ni turli omillarning harakati natijasida juda ko‘p turdagi tovarlar va xizmatlar massasidan iborat bo‘lgan yalpi ichki mahsulot vujudga keladi. Bu yaratilgan maxsulotlar mamlakatimiz aholisining talablarini qondirib, ularning turmush darajasini oshirishga, ishlab chiqarishni sifat va miqdor jihatdan yanada kengaytirishga xizmat qiladi. Shuning uchun ham mamlakatimiz Prezidenti va xukumati tomonidan yalpi ichki maxsulotni ko‘paytirish bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlari izchil amalga oshirib kelinmoqda.
Ma’lumki, har yili yilning boshida mamlakatimizda oldingi yildagi ijtimoiy- iqtisodiy rivojlanishning yakunlari va yangi yildagi iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning eng ustuvor yo‘nalishlari belgilab olinadi. Ushbu ustuvor yo‘nalishlardan kelib chiquvchi vazifalar amalga oshirilib, salmoqli natija va sezilarli o‘zgarishlar qo‘lga kiritilmoqda. Iqtisodiyotning yuqori barqaror sur’atlar bilan o‘sishi va makroiqtisodiy muvozanati va mutanosibligi ma’lum darajada ta’minlanmoqda, ishlab chiqarishni tarkibiy o‘zgartirish va modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash, diversifikatsiyalash ishlari davom ettirilmoqda. Shuni aytish kerakki, bugungi kunda mamlakatimizda bu boradagi ishlar tanqidiy tahlil qilinib, yangicha yondashuv bilan bilan olib borilmoqda. Ayni vaqtda bu tahlillar yuqori salohiyatga ega bo‘lgan korxonalarga har bir turdagi mahsulotni xomashyo va yarim fabrikat bo‘yicha chuqur qayta ishlashning uzoq va yaqin kelajakdagi yillarga mo‘ljallangan aniq istiqbolga ega bo‘lgan mutlaqo yangi dasturiy kompleks yondashuvi asosida ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni talab etmoqda. Bu ko‘rilgan chora va tadbirlar natijasida yalpi ichki mahsulotning barqaror o‘sish sur’atlari ta’minlanib kelmoqda. Sanoat barcha iqtisodiyot tarmoqlarini jadal rivojlantirishga xizmat qiladi. Keyingi yillarda bu soha rivojiga alohida e’tibor qaratilib, yuqori texnologiyali zavodlar, texnoparklar, ishlab chiqarish korxonalari tashkil etildi. O‘tgan yili sanoatda qo‘shimcha qiymat o‘sishi 10 foizdan oshdi. Lekin diversifikatsiya jihatidan qaraganda hali qilinadigan ishlar ko‘p. Masalan, sanoatning 69 foizi asosan xom ashyo yoki birlamchi qayta ishlashga to‘g‘ri keladi. Eksportning 52 foizini rangli metallar, energiya resurslari va ho‘l meva tashkil etadi. Bu iqtisodiyotda haligacha tayyor mahsulotga nisbatan xom ashyo ustunligini ko‘rsatadi. Import qilinayotgan tovarlarni yurtimizda ishlab chiqarish, xom ashyoni tayyor mahsulotga aylantirib sotish darajasi yetarli emas. Xususan, misning atigi 25 foizi mamlakatimizda qayta ishlanib, qolgan qismi xomashyo sifatida eksport qilinmoqda. Shuningdek, ruxning 80, molibdenning 99, ipakning 88, terining 60 foizi xom-ashyo tarzida eksport qilinmoqda1. Lekin keyingi yillarda mavjud xom-ashyolardan foydalanib ishlaydigan yangi ishlab chiqarish korxonalari ko‘plab qurilmoqda. 2020 yilning ohiriga borib mamlakatimizda har biri 100 megavatt quvvatga ega uchta quyosh elektr stansiyasini foydalanishga topshirish rejalashtirilgan”. Ishlab chiqarishni mahalliylashtirishda yetakchi bo‘lgan yirik loyihalarni o‘z muddatida amalga oshirish masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Jumladan, “Navoiyazot” negizida 100 ming tonna polivinilxlorid, Toshkent metallurgiya zavodida 500 ming tonna metall prokati, Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasida 744 ming tonna dizel yoqilg‘isi, Toshkent mexanika zavodida maishiy texnika ishlab chiqarish klasteri, “Kvars”, “Sirdaryo Glass” va “Zarafshon oyna” korxonalarida oyna ishlab chiqarish loyihalari yiliga 2,5 milliard dollar miqdorida mahalliylashgan mahsulot ishlab chiqarish imkonini beradi. Zafarobod tumanidagi «Huahin Cement Jizzakh» MChJ tomonidan 2019 yilda sement ishlab chiqarish loyihasi uchun qiymati 82,2 mln.AQSh dollar mablag‘ sarflangan. Bugungi kunda zavodni qurilishida 500 nafar ishchilar ishlamoqda. Magistiral yo‘ldan zavodga boradigan yo‘llarga shag‘allar yotqazilib ta’mirlangan. Xitoydan keltirilgan uskunalarni o‘rnatish, ishlovchilar uchun yotoqxona va oshxona qurilmoqda, 85 foiz qurilish va ta’mirlash ishlari amalga oshirilgan. 1 http://uza.uz/oz/politics/sanoatni-rivozhlantirish-b-yicha-vazifalar-belgilab-berildi-02-05-2019 Quvvati 1,2 mln.tonnaga teng sement ishlab chiqarish korxonasi joriy yilning mart oyida foydalanishga topshirilishi ko‘zda tutilmoqda. Korxona ishga tushgach 2020 yilda 1 trln.so‘mlik mahsulot ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi.1 YaIM hajmini va uning o‘sib borishini ifodalashda uni to‘g‘ri hisoblash muhim ahamiiyatga egadir. Mustaqillikdan oldingi davrda sobiq SSSRda va uning tarkibida bo‘lgan hozirgi MDH davlatlarida mamlakat bo‘yicha ishlab chiqarishda vujudga keltirilgan mahsulotlar yig‘indisi jami ijtimoiy mahsulot deb atalgan. Jami ijtimoiy mahsulot ko‘rsatkichida yil mobaynida yaratilgan moddiy ne’matlar yig‘indisi hisobga olingan, unda xizmat ko‘rsatish sohalarida vujudga keltirilgan ma’naviy ne’matlar va xizmatlar qiymati aks etmagan. Lekin bir ishlab chiqarish tarmog‘idan chiqqan hozirgi vaqtda oraliq iste’moli deb atalmish xomashyo, materiallar, yonilg‘i va energiyalarning qiymati boshqa bosqichlarda va tarmoqlarda ishlatilib, bir necha bor takror-takror hisobga olinib, mahsulotning hajmi sun’iy ravishda oshirib ko‘rsatilgan, iste’molga borib tushadigan tayyor mahsulot esa undan bir necha barobar kam bo‘lgan (2.4-jadval). Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling