Respublikasi oliy va o‘rta


Download 1.87 Mb.
bet78/450
Sana25.10.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1721562
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   450
Bog'liq
П IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik PdfToWord

Tovar ikki xususiyatga ega: bir tomondan, u kishilarning biror-bir narsaga bo‘lgan ehtiyojini qondira oladigan, ikkinchi tomondan esa, boshqa buyumlarga ayirboshlana oladigan, ya’ni oldi-sotdi jarayonidan o‘ta oladigan buyumdir. Boshqacha aytganda, tovar naflilikka (iste’mol qiymatiga) va qiymatga egadir.
Buyumning iste’molga yaroqli ekanligi uning kishilar uchun nafli ekanligi, muayyan naf keltirishi orqali namoyon bo‘ladi. U shaxsiy iste’mol buyumi yoki ishlab chiqarish vositalari sifatida kishilarning biron-bir narsaga bo‘lgan ehtiyojini qondiradi. Demak, tovarning nafliligi deb uning kishilarning biron-bir narsaga bo‘lgan extiyojlaarini qondira olish qobiliyatiga aytiladi.
Naflilikni aniqlashda ham turlicha yondashuvlar mavjud. Masalan, marjinalizm maktabi asoschilari ham, ularning keyingi davomchilari ham tovarlar
nafliligini aniqlashda alohida olingan individning xayolidagi psixologik yondashuv bilan, ya’ni hech kim bilan aloqasi bo‘lmagan o‘rmonda yolg‘iz yashaydigan cholning yoki kimsasiz orolda bir o‘zi qolib ketgan Robinzonning hayoli bilan aniqlash usulini qo‘llaydilar. Holbuki, tovar ayirboshlash jamiyat a’zolari o‘rtasida, gavjum bozor qatnashchilari o‘rtasida real qaynoq hayot jarayonida sodir bo‘ladi. Ular naflilikning negizida obyektiv iqtisodiy jarayon borligini, naflilik tabiat ashyosi bilan jonli mehnatning birikishi natijasida, to‘g‘rirog‘i naflilik aniq mehnat bilan tabiat ashyosining xususiyatlari o‘zgartirilishi natijasida vujudga kelishini o‘ylab ham o‘tirmaydilar. Tovarlar nafliliigini to‘g‘ri tushunishda naflilikning ijtimoiyligini tushunish muhim hisoblanadi. Tabiatda mavjud bo‘lgan yoki inson mehnati bilan yaratilgan maxsulotning hammasida naflilik mavjud bo‘lishi mumkin. Lekin tovar sifatida ishlab chiqarilgan maxsulot faqatgina o‘zining emas, boshqalarning extiyojini qondirish qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak. Chunki tovar o‘zi uchun emas, boshqalarga sotish uchun ishlab chiqariladi. Shuning uchun tovar ayirboshlash (oldi-sotdi) rivojlanishi bilan tovardagi naflilik ham ijtimoiy tus oladi, ya’ni u oddiy naflilik tushunchasidan “ijtimoiy naflilik” tushunchasiga aylanadi. Albatta, tabiatda mavjud bo‘lgan yoki inson mehnati bilan yaratilgan har qanday tovar ham naflilikka ega bo‘lavermaydi. Masalan, sifatsiz, keraksiz ishlab chiqarilgan yoki keragidan ortiqcha ishlab chiqarilgan tovarlar nafliligi jamiyat uchun, bozor uchun keraksiz bo‘lib, tan olinmaydi. Shuning uchun iqtisodiyot nazariyasida ijtimoiy zaruriy naflilik degan tushuncha ishlatiladi va real bozor har qanday naflilikni emas, balki ijtimoiy zaruriy naflilikni tan oladi.

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   450




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling