Respublikasi oliy va o‘rta


bob. TOVAR-PUL MUNOSABATLARI


Download 1.87 Mb.
bet74/450
Sana25.10.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1721562
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   450
Bog'liq
П IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik PdfToWord

bob. TOVAR-PUL MUNOSABATLARI - BOZOR IQTISODIYOTINING ASOSIDIR

Asosiy tayanch tushunchalar: Natural ishlab chiqarish, Tovar, Tovar ishlab chiqarish, Naflilik, Ijtimoiy zaruriy naflilik, Qiymat, Almashuv qiymati, Ijtimoiy zaruriy ish vaqti, Qiymat qonuni, Aniq mehnat, Abstrakt mehnat, Mehnat unumdorligi, Mehnat intensivligi, Pul

Oldingi boblarda ishlab chiqarishning umumiy, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning hamma bosqichlariga xos bo‘lgan qonun-qoidalari va tushunchalarini, ijtimoiy tizimlar va mulk shakllarining o‘zgarib turishini ko‘rib chiqdik. Lekin ayrim iqtisodiy jarayonlar tarixiy tavsifga ega bo‘lsada, uzoq davrlar davomida saqlanib qolishi mumkin. Jumladan, insoniyat tarixiy taraqqiyotining ko‘pgina bosqichlarida ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning ayrim turlari uzoq vaqt mavjud bo‘ladi. Masalan, ibtidoiy jamoa tuzimi emirilayotgan sharoitdayoq vujudga kelgan tovar ayirboshlash bir ishlab chiqarish usulidan boshqasiga o‘tib, bir necha ming yillardan beri amal qilib, rivojlanib kelmoqda. Shu bilan birga biron-bir ijtimoiy-iqtisodiy hodisa yoki jarayonlarning turli tarixiy davr sharoitidagi mazmuni, o‘rni, roli va ijtimoiy oqibatlari ko‘p jihatdan turlicha bo‘ladi. Lekin ularning umumiy, eng xususiyatli belgilari saqlanib qoladi. Ana shunday tarixiy iqtisodiy jarayonlardan biri tovar-pul munosabatlari bo‘lib, hozirgi davrda uning o‘rni va roli yanada oshib dolzarblik kasb etmoqda. Shu sababli ushbu bobda ijtimoiy xo‘jalik, ya’ni ijtimoiy ishlab chiqarishning natural va tovar shakllari tahlili, ularning biridan ikkinchisiga o‘tish sabablari, tovar va uning xususiyatlari, tovar qiymatining miqdori, uni aniqlashga bo‘lgan turli yondashuvlar, pulning vujudga kelishi, mohiyati va vazifalari, O‘zbekiston milliy valyutasining muomalaga kiritilishi va uning barqarorligini ta’minlash dasturiy harakatlari yoritiladi.





    1. Natural ishlab chiqarishdan tovar ishlab chiqarishga o‘tish va uning rivojlanishi

Kishilik jamiyatining rivojlanishida ijtimoiy xo‘jalikni tashkil etishning ikkita umumiy iqtisodiy shakli ajralib turadi. Umumiy iqtisodiy shakllarning tarixan birinchisi natural ishlab chiqarish hisoblanadi. Ijtimoiy xo‘jalikning bu shaklida


yaratilgan mahsulotlar ishlab chiqaruvchining o‘z ehtiyojlarini qondirish uchun, xo‘jalik ichki ehtiyojlari uchun mo‘ljallangan. Demak, o‘z ehtiyojlarini qondirish uchun ishlab chiqarish – natural ishlab chiqarish, bunday ishlab chiqarishga asoslangan xo‘jalik esa – natural xo‘jalik deb ataladi. Bunday xo‘jaliklarda iste’mol hajmi va tarkibi ko‘pincha ishlab chiqarish hajmi va tarkibiga mos kelgan, ularning bir-biri bilan bog‘lanishi bir xo‘jalik doirasida amalga oshganligi sababli juda oson kechgan. Bunday munosabatlar eng avvalo ibtidoiy jamoada, keyinchalik patriarxal dehqon xo‘jaligi, feodal pomestyalarida hukm surgan. Natural ishlab chiqarish shakli barcha iqtisodiy jarayonlarni bir xo‘jalik doirasida qat’iy cheklab qo‘yadi, tashqi xo‘jaliklararo aloqalar uchun yo‘l ochilmaydi. Ishchi kuchi muayyan xo‘jalikka juda qattiq biriktirib qo‘yiladi va ko‘chib yurish imkoniyatidan mahrum bo‘ladi. Natural xo‘jalik shakllarining xuddi shu xususiyatlari qishloq xo‘jalik jamoalarini ming yillar davomida barqaror saqlanib qolishining «siri»ni ochib beradi. Natural xo‘jalik ishlab chiqarish maqsadlarini nihoyatda cheklab, hajmi va turi jihatidan kam bo‘lgan ehtiyojlarni qondirishga bo‘ysungan. Shuning uchun ham jamiyat rivojlanish yo‘lida asta-sekinlik bilan natural ishlab chiqarishdan tovar ishlab chiqarishga o‘tadi.
Hozirda ijtimoiy xo‘jalik yuritish shakli sifatida natural xo‘jalik deyarli barham topgan. Shunga qaramay, hali u qadar rivojlanmagan hamda jahon hamjamiyati iqtisodiy aloqalaridan ajralib qolgan qoloq mamlakatlarda natural xo‘jalik ko‘rinishlari hamon saqlanib qolgan. Shuningdek, tovar ishlab chiqarish ommaviy tus olishiga qaramay, ijtimoiy hayotning ba’zi bir jabhalarida natural ishlab chiqarish elementlarini uchratish mumkin. Masalan, oiladagi shaxsiy ehtiyojlarni qondirish uchun uy bekalari tomonidan ovqatlar, turli xil konserva mahsulotlarining tayyorlanishi, kir yuvish, dazmollash, uylarni tozalash kabi xizmatlarning bajarilishi, shaxsiy tomorqada turli xil sabzavot va rezavor mevalarning etishtirilishi kabilar shular jumlasidandir. Biroq, shunga qaramay, kishilik jamiyati taraqqiyotining yuksalib borishi bilan, natural ishlab chiqarish miqyoslari qisqarib, o‘z o‘rnini tovar ishlab chiqarishga bo‘shatib beradi.

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   450




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling