Respublikasi oliy va o‘rta


Birinchi usul – bu YaIMni hisoblashga qo‘shilgan qiymatlar bo‘yicha


Download 1.87 Mb.
bet245/450
Sana25.10.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1721562
1   ...   241   242   243   244   245   246   247   248   ...   450
Bog'liq
П IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik PdfToWord

Birinchi usul – bu YaIMni hisoblashga qo‘shilgan qiymatlar bo‘yicha yondashuv. Bunda milliy iqtisodiyotning barcha tarmoqlari bo‘yicha yaratilgan qo‘shilgan qiymatlar yig‘indisi hisoblab chiqiladi. Qo‘shilgan qiymatni aniqlash jami ijtimoiy mahsulotdan oraliq mahsulotlar va xomashyo, yoqilg‘i, materiallar qiymatini chegirish orqali amalga oshiriladi. Biz YaIMni hisoblashning mazkur usuliga tegishli ba’zi tushunchalar (masalan, takroriy hisob, oraliq mahsulot) va shartli misollarni darslikning 2-bobida ko‘rib chiqqan edik. Bu usul bilan hisoblangan YaIM alohida tarmoqlarning shu mahsulotni yaratishdagi o‘rnini va hissasini aniqlash imkonini beradi.
Ikkinchi usul bu YaIMni hisoblashga sarf-xarajatlar bo‘yicha yondashuv.
Bunda mazkur yilda ishlab chiqarilgan barcha mahsulot (xizmat)lar hajmini sotib olishga qilingan hamma sarflar qo‘shib chiqiladi. Milliy iqtisodiyotda ishlab chiqarilgan pirovard mahsulotlarni mamlakat ichida xo‘jalikning uchta subyekti – uy xo‘jaliklari, davlat, tadbirkorlar hamda tashqaridan chet ellik iste’molchilar sotib olishi mumkin.
Uy xo‘jaliklarining iste’mol sarflari - bu kundalik ehtiyojdagi tovarlarga, xizmatlarga, uzoq muddat foydalaniladigan iste’mol buyumlariga va boshqalarga qilinadigan sarflardir.
Investitsion sarflar – tadbirkorlik sektorining asosiy va aylanma kapital tovarlarini (investitsion tovarlar) sotib olishga qiladigan sarflaridir. Investitsion sarflar asosan uchta qismdan iborat: a) tadbirkorlar tomonidan mashina, uskuna va stanoklarning barcha xaridi; b) barcha qurilishlar; c) zaxiralarning o‘zgarishi. Birinchi guruh elementlarning «investitsion sarflar» tarkibiga kiritilish sababi aniq: qurilishlarning bunday sarflar tarkibiga kiritilishi, o‘z-o‘zidan aniqki, yangi fabrika, ombor yoki elevator qurilishi investitsiyalar shakli hisoblanadi. YaIM tarkibiga tovar zaxiralarning ko‘payishi, ya’ni ishlab chiqarilgan, lekin mazkur yilda sotilmagan barcha mahsulotlar kiritiladi.
Boshqacha aytganda YaIM o‘z ichiga yil davomidagi zaxiralar va ehtiyotlar barcha o‘sishining bozor qiymatini oladi. Zaxiralarning bu o‘sishi YaIMga joriy ishlab chiqarish hajmi ko‘rsatkichi sifatida qo‘shiladi.
Zaxiralar kamayganda, bu kamayish YaIM hajmidan chiqarilishi zarur. Zaxiralarning kamayishi yil davomida milliy iqtisodiyotda ishlab chiqarilgandan ko‘proq mahsulot sotilganligini bildiradi. Boshqacha aytganda jamiyat mazkur yilda ishlab chiqarilgan barcha mahsulotni va bunga qo‘shimcha oldingi yillardan qolgan zaxiralarning bir qismini iste’mol qilgan bo‘ladi.
Milliy hisoblar tizimida YaIMni hisoblashda yalpi, xususiy va ichki investitsiyalar tushunchasidan foydalaniladi. Xususiy va ichki investitsiyalar mos ravishda xususiy va milliy kompaniyalar amalga oshiradigan investitsion sarflarni bildiradi. Yalpi investitsiyalar o‘z ichiga joriy yilda ishlab chiqarish jarayonida iste’mol qilingan mashina, uckuna va qurilmalarning o‘rnini qoplash uchun mo‘ljallangan barcha investitsion tovarlar ishlab chiqarishni hamda iqtisodiyotda kapital qo‘yilmalar hajmiga har qanday sof qo‘shimchalarni oladi. Yalpi investitsiyalar mohiyatiga ko‘pa iste’mol qilingan asosiy kapitalni qoplash summasi va investitsiyalarning o‘sgan qismidan iborat bo‘ladi. Boshqa tomondan sof xususiy ichki investitsiyalar tushunchasi joriy yil davomida qo‘shilgan investitsion tovarlar summasini tavsiflash uchun ishlatiladi.

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   241   242   243   244   245   246   247   248   ...   450




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling