Respublikasi oliy va o‘rta


Iqtisodiy sikl deganda, odatda iqtisodiyot rivojlanishining bir holatidan


Download 1.87 Mb.
bet297/450
Sana25.10.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1721562
1   ...   293   294   295   296   297   298   299   300   ...   450
Bog'liq
П IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik PdfToWord

Iqtisodiy sikl deganda, odatda iqtisodiyot rivojlanishining bir holatidan boshlanib, birin ketin bir necha fazalarni bosib o‘tib, o‘zining dastlabki holatiga qaytib kelgunga qadar o‘tgan davr tushuniladi. Iqtisodiyotning rivojlanishidagi harakati bir sikl bilan to‘xtab qolmaydi, balki u to‘xtovsiz to‘lqinsimon harakat sifatida davom etadi. Siklli harakat iqtisodiy o‘zgarishning muhim ko‘rinishi, makroiqtisodiy muvozanat unsurlaridan biri bo‘lib, milliy
1 Qaralsin: Экономическая теория: Учебник. - Изд., испр. и доп. / Под общ. ред. акад. В.И.Видяпина, А.И.Добрынина, Г.П.Журавлевой, Л.С.Тарасевича. – М.: ИНФРА-М, 2005, 465-485-стр.
2 Qaralsin: Экономическая теория: Учеб. для студ. высш. учеб. заведений / Под ред. В.Д.Камаева. – 10-е изд., перераб. и доп. - М.: Гуманит. изд. центр ВЛАДОС, 2004, 537-541-б.; Борисов Е.Ф. Экономическая теория: Учебник. – 3-е изд., перераб. и доп. М.: Юрайт-Издат, 2005, c. 301-309.
xo‘jalik turli tarkibiy qismlarining amal qilishidagi notekislikni, uning rivojlanishidagi inqilobiy va tadrijiy bosqichlarning iqtisodiy taraqqiyot jarayonidagi almashuvini aks ettiradi.
Iqtisodiy sikl maxsus fazalar orqali amalga oshadi. Har bir faza iqtisodiy rivojlanishdagi muayyan pallani ifodalab, o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘ladi. Odatda iqtisodiy siklning inqiroz, turg‘unlik, jonlanish, yuksalish fazalari ajratib ko‘rsatiladi (18.1-rasm). Ana shu fazalarning har biri rivojlanishi jaryonida navbatdagi fazaga o‘tish uchun sharoit yuzaga keladi.


Milliy mahsulot hajmi

Turg’unlik
vaqt


18.1-rasm. Iqtisodiy sikl fazalari
Iqtisodiy siklning dastlabki fazasi inqirozdan boshlanib, u iqtisodiy ko‘rsatkichlarning, jumladan ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishning keskin pasayishida ifodalanadi. Inqiroz fazasining asosiy belgilari va o‘ziga xos xususiyatlarini mazkur bobning 3-bandida batafsil bayon etiladi.
Inqirozdan keyin turg‘unlik fazasi boshlanib, u nisbatan uzoqroq davom etadi. Bu fazada ishlab chiqarish darajasining barqarorligi ta’minlansada, u inqiroz boshlanishidan oldingi darajaga nisbatan ancha past bo‘ladi. Narxlarning pasayishi to‘xtab, ssuda foizlari pasayadi, tovar zaxiralari barqarorlashadi. Biroq ishsizlikning yuqori darajasi saqlanib qoladi. Turg‘unlik fazasi davomida iqtisodiy faollik jonlanishi uchun sharoitlar vujudga kelishi nihoyasiga etadi.

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   293   294   295   296   297   298   299   300   ...   450




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling