Respublikasi oliy va o‘rta


Yetarlicha iste’mol qilmaslik nazariyasi


Download 1.87 Mb.
bet300/450
Sana25.10.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1721562
1   ...   296   297   298   299   300   301   302   303   ...   450
Bog'liq
П IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik PdfToWord

Yetarlicha iste’mol qilmaslik nazariyasi. Bu nazariyaning mohiyati ko‘proq jamg‘arib, samarali darajada iste’mol qilmaslik jamiyatni siklli rivojlanishining sababi qilib ko‘rsatiladi:

  1. mablag‘ni jamg‘arish, boshqacha aytganda xazinaga aylantirish turg‘unlikka olib kelishi mumkin, chunki bu mablag‘ investitsiyalash uchun foydalanilmaydi;

  2. pulni jamg‘arish iste’mol tovarlariga talabning qisqarishiga olib keladi, chunki u iste’molga sarflanmaydi.

  3. natijada investitsiyaga nisbatan pul shaklidagi jamg‘arish hajmi o‘sib borib, iste’mol tovarlariga talab kamayib boradi, taklif esa ortadi, narx pasayadi, iste’mol tovarlari bozoridagi qiyinchiliklar inqirozga olib keladi.

Jamg‘arish nazariyasi. Bu nazariyaga ko‘ra iqtisodiy sikl ishlab chiqarish vositalari yoki kapitallashgan investitsion tovarlar ishlab chiqarish bilan bog‘liq. Kundalik iste’mol tovarlari ishlab chiqarish bilan uzoq muddat foydalaniladigan tovarlar va ishlab chiqarish vositalari ishlab chiqarish sikllari o‘rtasida katta farq bor.
Kundalik iste’mol mollari doimiy ravishda iste’mol qilinadi. Ularning iste’mol miqdori o‘zgargan taqdirda ham uncha katta o‘zgarishlar sodir bo‘lmaydi. Uzoq muddat foydalaniladigan tovarlarni doimiy ravishda xarid qilinmaydi.
Balki ular iste’molchi daromadi ko‘paygan paytdagina sotib olinadi. Uzoq muddat foydalaniladigan tovarlarga talab barqaror emas. Ishlab chiqarishni davom ettirish uchun kapital tovarlar ishlab chiqarish zarur.
Iste’mol o‘sgan sari kapital tovarlarga talab ham ortadi. Bunda ishlab chiqarish tarkibida nomutanosibliklar yuz beradi, ya’ni iste’mol tovarlari, uzoq muddat foydalaniladigan va kapital tovarlar o‘rtasida nisbatlar buziladi.
Inqirozning sababi pul etishmasligi, bank rezervlarining kamligi emas, balki ana shu nisbatlarning buzilishidir. Lekin ko‘pchilik iqtisodchilar yetarli darajada iste’mol qilmaslik inqirozning sababi emas, balki uning oqibatidir, deb ta’kidlaydilar. Ya’ni iste’molchilar daromadlarini ko‘proq jamg‘arishga
ajratganlari uchun emas, balki to‘lov qobiliyatining yetarli emasligi, ya’ni xarid qilish uchun pulning yo‘qligidan kelib chiqadi.

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   296   297   298   299   300   301   302   303   ...   450




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling