Respublikasi oliy va o‘rta


Download 1.87 Mb.
bet301/450
Sana25.10.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1721562
1   ...   297   298   299   300   301   302   303   304   ...   450
Bog'liq
П IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik PdfToWord

Psixologik nazariya. Iqtisodiyotning siklli rivojlanishini tushuntirishda iqtisodiy nazariyalar bilan bir qatorda psixologik nazariyalar ham keng o‘rin olib bormoqda. Psixologik nazariya tarafdorlariga J.M.Keyns, U.Mitchell, F.Xayek va boshqalarni kiritish mumkin. Ularning fikricha, insondagi optimizm va pessimizm faoliyat aktivligiga obyektiv iqtisodiy omillar: foiz me’yori, pul oqimi, foyda va boshqalar ta’sir ko‘rsatib, buning natijasida ishlab chiqarishning qisqarishi yoki kengayishi ro‘y beradi.
Kreditning kengayishi, talab va ishlab chiqarishning o‘sishi odamlarning kayfiyatini ko‘taradi va aksincha. Bundan tashqari kishilar borgan sari likvidligi yuqori bo‘lgan pul jamg‘arishga moyilligi ortib borishi va o‘z navbatida iqtisodiy rivojlanishga ta’sir etishini ko‘rsatishadi.
Hozirgi zamon iqtisodiy fanida iqtisodiy siklning 1380 dan ortiq turlari mavjudligi ta’kidlanadi1. Quyidagi 18.1-jadvalda ularning ko‘pchilik iqtisodchilar tomonidan tan olingan eng asosiy turlari ifodalangan.
18.1-jadval
Sikllarning asosiy turlari



Sikl turlari

Siklning davomiyligi

Asosiy xususiyatlari

Kitchin sikli

2–4 yil

Zaxiralar miqdori YaMM, inflyatsiya, bandlikning tebranishi, tijorat sikllari

Juglar sikli

7–12 yil

Investitsion sikl YaMM, inflyatsiya va bandlikning tebranishi

Kuznets sikli

16-25 yil

Daromad immigratsiya uy-joy qurilishi yalpi
talab daromad

Kondratev sikli

40-60 yil

Texnika taraqqiyoti, tarkibiy o‘zgarishlar

Forrester sikli

200 yil

Energiya va materiallar

Toffler sikli

1000-2000 yil

Sivilizatsiyalarning rivojlanishi




Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   297   298   299   300   301   302   303   304   ...   450




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling