Respublikasini rivojlantirishning


-rasm.Seyalka ishchi qismlarini joylashtirish sxemasi


Download 206.11 Kb.
bet4/10
Sana04.05.2023
Hajmi206.11 Kb.
#1425040
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
chigit ekish seyalkasi oxirgisi

1.1-rasm.Seyalka ishchi qismlarini joylashtirish sxemasi:


1-bunker; 2-urug‘ miqdorlagich ; 3- urug‘ o‘tkazgich; 4-ekkich; 5- quvur; 6-rama.
Mamlakatimizda tukli chigitlarni ekishda SCHX-4, SXu-4, SMX-4 seyalkalari, Tuksizlantirilgan chigitlarni aniq ekishda SMX-4 va ―Keys-1200‖ rusumli seyalkalardan foydalaniladi. Ularning texnik tavsifi 1-jadvalda keltirilgan.



Ko’rsatkichlar

Mashinalar rusumi

SCHX-4

SXU-4

SMX-4

Keys-1200

Turi

Osma

Osma

Osma

Osma

Traktor rusumi

MTZ-80X TTZ-80.11

MTZ-80X TTZ-80.11

MTZ-80X TTZ-80.11

MX-135
Magnum

Qator oralig’i kengligi, sm

90

60, 70, 90

60, 90

60, 90

Qamrov kengligi, m

3,6

2,4-3,6

2,4-3,6

7,2

Ish tezligi, km/soat

6,1

7,5

7,5

7,8

Ish unumi, (ga/soat) :
-asosiy ish vaqtida
- ekspluatatsion ish vaqtida

2,2
1,6



1,8-2,7
1,3-2,0



1,8-2,7
1,3-2,0



5,6
4,1



Talab etiladigan quvvat,
kVt

18,2


27, 31



27, 31



70


Urug’larni ko’mish chuqurligi, sm

3-8


3-8


3-8


3-10


Uyalar orasi kengligi, sm

3-30

3-30

3-30

3-50

Agregatning engkichik qayrilish radiusi, m

6

6

6

12

Har bir metrga ekiladigan eng ko’p chigitlar soni,
dona

40-50


40-50


40-50


30


Urug’ solinadigan idishlarning umumiy hajmi, m3

0,36


0,164


0,186


1,32

1-jadval




Chigit ekish seyalkalarining texnik tavsiflari


Modulli chigit ekish seyalkasi universal bo’lib, tukli chigitni namlangan holda ekish uchun g’altaksimon miqdorlagich bilan tuksizlantirilgan hamda kalibrlangan chigitni ekish uchun esa disksimon mikdorlagich bilan jihozlangan. Chigitdan tashqari, makkajo’xori va oq jo’xori urug’larini tekislangan dalaga yoki oldindan tayyorlangan oddiy va usti tekislangan pushtalarga donalab, dona-uyalab, qator oraligi 60 yoki 90 sm qilib ekishga mo’ljallangan. Don uchun o’stiriladigan makkajuxorini 70 sm li qator oralig’iga ekadi.
Seyalka urug’ ekish bilan birgalikda sug’orish juyaklarini xam oladi, qator
yon tomonlariga o’g’it soladi. Ekilgan urug’lar atrofiga gerbitsid eritmasini purkaydi.
Modulli chigit seyalkasi qator oralig’i 60 sm. li, 4 qatorga eksa, har bir ekspluatatsion soatiga 1, 2 gektar, 90 sm. bo’lganda esa 1,8 gektargacha urug’ qadashi mumkin. SHaroitga qarab, chigitni 3-8 sm. chuqurlikda ko’mib ketadi. Tuksizlantirilib, kalibrlangan chigitni 60 sm qator oralig’ida gektariga 160-330 ming dona, 90 sm. bo’lganda 111-222 ming dona eka oladi. Tukli chigitni namlangan holatda ekishda esa 60 sm. da 250-500 ming dona, 90 sm. kator oralig’ida esa 166-333 ming dona ekib berish imkoniyatiga ega. Donalab ekishda, kataklar soni 64 bo’lgan disk ishlatilsa, xar bir metr uzunlikka 10-30 dona ekadi. Tukli chigitni esa katorlab 15-35 dona ekadi. Uyalab ekishda har bir uyaga tuksizlantirilgan chigitni (24 katakli disk ishlatilsa), 2 ( 1 yoki 3 ) 1 dona ekadi.
Modulli chigit seyalkasining umumiy ko’rinishi 1.2-rasmda ko’rsatilgan.
Har bir qator uchun alohida seksiya 1 xizmat qiladi.
Seyalkaga seyalkaning brusi 10, traktorga osish moslamasi 3, ekish sektsiya 1 lar, harakat yuritmasi 9, iztortkich 2 va 6 lar, yorug’ kaytargich 7, gidrosistema 5,
taranglash moslamasi 13, kardanli uzatma 14, to‘siq 12 lar, tozalagich 11 lar o’rnatilgan.
1.3-rasmda g’altaksimon miqdorlagichli ekish sektsiyasining tuzilishi quyidagilardan: g’altaksimon miqdorlagich 8 va unga harakat beruvchi tayanch g’ildirak 10, harakatni uzatuvchi kardanli val 7, ekkich 3 ning tuproqqa botishini sozlagich 2, ekilgan urug’ni ko’mgich 4, zichlovchi g’ildirakcha 5 lardan iborat bo’lib, ular ko’ndalang brus 9 ga biriktirilgan.

.


Download 206.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling