Respublikasini rivojlantirishning


Chigit seyalkalarining ishchi qismlari, tuzilishi va


Download 206.11 Kb.
bet6/10
Sana04.05.2023
Hajmi206.11 Kb.
#1425040
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
chigit ekish seyalkasi oxirgisi

Chigit seyalkalarining ishchi qismlari, tuzilishi va


ish jarayoni


Chigit seyalkasining miqdorlash va uyalash apparatlari. Chigit seyalkasining ishchi qismlariga ekish seksiyasi va ko’mgich seksiyalari kiradi. Ekish seksiyasi o’z navbatida miqdorlash, uyalash apparatlari, ekkich, va osgichlardan tashkil topgan. Tukli chigit ekishda miqdorlash apparatining o’zi uyalash apparati, ekkich va bunker-quticha bilan yaxlit holda tayyorlanadi. Tuksizlantirilgan chigit ekadigan seyalkalarda miqddorlash apparati(bunker bilan birgalikda) alohida uyalash apparati esa ekkichga joylashtiriladi.
Tuksizlantirilgan chigitlarni miqdorlab beradigan apparat silindr shaklidagi idish, uning tubiga joylashtirilgan miqdorlash disk, cheklovchi disk, uyalash apparati, qaytargich, tushirgich, shesternyalar bloki va boshqa qismlardan tashkil topgan (1.8-rasm).
Miqdorlash diski aylantirilganda uning katakchalariga bittadan urug’ tushadi, katakchalarga tushgan chigitlar korpus tubi darchasi tamon suriladi, bu erda o’z og’irligi ta‘sirida pastga uyalash apparatiga tushadi. Katakchalarda to’xtab qolgan chigitlarni tushirgich pastga tushiradi. Tushirgichning ustiga o’rnatilgan qaytargich disk katakchalariga tushgan ortiqcha chigitni chetga suradi, katakchaga ikkita chigit tushishiga yo’l qo’ymaydi. Uyalash apparatida joylashgan qanotli disk, sigitlarni to’dalab ekkich olgan ariqchaga tashlab beradi.
    1. Chigit ekish mashinalariga texnik xizmat ko‘rsatish


Chigit ekkichning ishchi qismlari yeyilishining oldini olish maqsadida muntazam TXK zarur:

  • har smenadagi TXK;

  • mavsumdan keyingi TXK.

Har smenadan keyin texnik xizmat ko‘rsatishda bajariladigan ishlar:


•ekkichni changdan, iflosliklardan va o‘simlik qoldiqlaridan, tukli chigit ekuvchi va uyali apparatlardagi qoldiq tuklardanva urug‘ qoldiqlaridan tozalanadi;
•ekkichning asosiy ishchi qismlari (yuritish valigi, soshniklar,zichlovchi g‘altak, yurg‘izuvchi roliklar, osma mexanizm, yuritma zanjirlar, iztortgich) mahkamlanadi va sozlanadi;

  • moylash nuqtalari ekkichni ishlatish qo‘llanmasida ko‘rsatilgan jadvalga asosan moylanadi;

•ishlash paytida osma mexanizm va zanjirli uzatma tarangligi tekshiriladi;
•soshniklar ishlashi va holati, yurgizuvchi roliklar va zichlovchi g‘altaklar nazorat qilinadi;
•butun agregat tashqi ko‘rinishi bo‘yicha nazorat qilinib, bo‘shab qolgan birikmalar qotiriladi hamda g‘ildiraklardagi bosim tekshiriladi;
•qismlarining yengil aylanishi ta’minlanadi.

Download 206.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling