Respublikasini rivojlantirishning
CHIGIT EKISH TEXNOLOGIYALARI VA SEYALKALARI
Download 206.11 Kb.
|
chigit ekish seyalkasi oxirgisi
CHIGIT EKISH TEXNOLOGIYALARI VA SEYALKALARIChigit ekish va chigit ekish mashinasi ishiga qo`yiladigan agrotexnik talablar Paxta chigitidan xalq iste‘moli uchun tozalangan har xil moy, glitsirin, yog’, kislotalari, sovun, kir yuvish poroshoklari, linolium, izolyasiya lentalari, plyonka, kinoplyonka, suv o’tkazmaydigan mato, sun‘iy teri, sun‘iy kauchuk olinadi. Paxta tolasi chiqiti bo’lmish lintdan, kimyoviy usulda sellyuloza, undan sun‘iy ipak olinadi. Paxtaning umumiy chiqindisi – sheluxadan forfurola, undan esa smola, plastik massa, sintetik tola, doripreparatlari olinadi. Go’za va uning poyasidan xam turli xil iste‘molbob mahsulotlar va ham ashyolar ishlab chiqiladi. Shu tariqa paxta etishtirish mamlakat sanoati tarmoqlari kompleksining asosiy bazasi bo’lib, u mamlakat yuksalishi va rivojlanishida muhim o’rin tutadi. Shu sababli ham paxta etishtirishda, g’o’za navlarini yaratish, agrotexnikasini va etishtirish texnologiyalarini takomillashtirish, paxta tolasi va sifatini oshirish bo’yicha, turli chora-tadbirlar, yangi va takomillashtirilgan texnologiyalar, fan, texnika va eng ilg’or tajribalarni amalga oshirish, g’o’zani ekishidan tortib, xosili va poyasini yigishtirib olishgacha bo’lgan ishlarni mexanizatsiyalashtirish, avtomatlashtirish muxim ahamiyat kasb etadi. Bu borada mamlakatimizda katta, uning rivojlanishi uchun o’ta muhim bo’lgan ishlar, chora- tadbirlar, ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Unda g’o’zaning biologik xususiyatlari, urug’lik chigit sifati masalalariga, chigitlarni barvaqt va bir tekis undirib olish tadbirlariga, g’o’zani yagonalash va ko’chat qalinligini normallashtirish kabi tadbirlarni amalga oshirishga va boshqa masalalarga ham katta o’rin berilgan. Shular bilan bir qatorda g’o’za qatorlari orasi tuprog’iga ishlov berish masalalariga, ishlov berilgan tuproqning g’o’za hosildorligiga ta‘siri, sug’orish va sug’orish normasi, muddati, usullari, g’o’zani chekanka qilishva boshqa turli xil masalalarga ham e‘tibor qaratgan. G’o’za yaxshi rivojlanishi va hosil berishi uchun 900-1350sm2 oziqlanish maydoniga ega bo’lishi lozimligi ko’rsatib o’tiladi. Ba‘zi risolalarda turli xil g’o’za navlari tupining shakllanishida o’g’itlar, tuproqdagi gumus moddasining miqdori, sug’orish sxemasi va boshqalarning o’rni va ta‘siri to’g’risida ma‘lumotlar berilgan. Paxtachilikni kompleks mexanizatsiyalash ishlariga, texnikalari va mashinalariga keng e‘tibor qaratilgan. Paxtachilikda ishlatiladigan traktorlar turi, tasnifi, tavsifi, tuzilishi, melioratsiyalash mashinalari; er tekislagich, er qazgich, buldozer, greyder, ariqqazgich, ariq tozalagich, pol olgich, pol yotqizgich mashinalar turi, tavsifi, tuzilishi berilgan. Yerga asosiy ishlov berish mashinalari: pluglar, chuqur yumshatgichlar va boshqalarga keng tavsif berilgan. Chigit ekish, kultivatsiyalash, suqorish g’o’zani chekanka qilish, deforlyasiyalash paxta xosilini yig’ishtirib olish, tozalash, tashish va boshqa mashina va texnikalarning turlari, tuzilishi jarayoni sozlanishlariga paxta e‘tibor qaratilgan va ular to’laqonli yoritilgan. Bu borada shuni ko’rsatib o’tish lozimki, keltirilgan ma‘lumotlar xozirgi kun talabiga nisbatan qisman eskirgan. Ko’pchilik texnikalar ishlab chiqarishda ishlatilmaydi. Chigit ekish mashinasi ishiga qo‘yiladigan agrotexnik talablar: -urug’lar har gektariga belgilangan normada ekilishi, dalaga bir tekis taqsimlanishi, bir xil chuqurlikda ko’milishi lozim; -ekilgan urug’lar miqdori normada ko’rsatilganidan ko’pi bilan ±3% ga farq qilishi mumkin; -seyalkadagi apparatlar urug’larni bir xil miqdorda ekishi, urug’ miqdorinig o’rtacha farqi 3% gacha ruxsat etiladi; -qator oralig’ining kengligidagi farq : asosiy qatorlar uchun ± 1 sm, yonma-yon ishlovchi seyalkalarning chetki soshniklari hosil qilgan qatorlar oralari uchun ± 2 sm.,borib qaytishda hosil bo’lgan qatorlar (yondosh) uchun esa ± 5 sm. dan oshmasligi kerak; -urug’ ko’mish chuqurligi topshiriqda ko’rsatilganidan ± 15 % dan ortiq farq qilmasligi kerak; - donalab aniq ekilgan urug’lar bir- biridan bir xil masofada joylashishi va bunday joylashgan urug’lar kamida 80 % ni tashkil qilishi kerak; -yerga tashlanmay qolgan urug’lar soni ekilgan urug’lar miqdorining 2 % dan oshmasligi kerak. Download 206.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling