Respublikasining


O‘ZBEK TILINING DAVLAT TILI SIFATIDAGI NUFUZI VA MAVQEYINI TUBDAN OSHIRISH CHORA- TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA


Download 73.14 Kb.
bet4/12
Sana14.11.2023
Hajmi73.14 Kb.
#1773623
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
1-Mustaqil ish

O‘ZBEK TILINING DAVLAT TILI SIFATIDAGI NUFUZI VA MAVQEYINI TUBDAN OSHIRISH CHORA- TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA


Xalqimizning ko‘p asrlik madaniy, ilmiy-ma’rifiy va badiiy tafakkuri, intellektual salohiyatining yorqin va bebaho mahsuli bo‘lgan o‘zbek tili jahondagi boy va qadimiy tillardan biridir. O‘zbekistonda 1989-yil 21-oktabrda el-yurtimiz asrlar davomida orzu qilib, intilib va kurashib kelgan davlat tili haqidagi qonunning qabul qilinishi mamlakat suvereniteti va mustaqilligi sari qo‘yilgan dastlabki dadil qadam edi. Aynan ana shu tarixiy hujjatga binoan o‘zbek tili mustahkam huquqiy asos va yuksak maqomga ega bo‘ldi. Istiqlol yillarida ona tilimiz tom ma’noda davlat tiliga aylanib, xalqimizni yurtimizda erkin va ozod, farovon hayot qurishdek buyuk marralarga safarbar etadigan beqiyos kuch sifatida maydonga chiqdi. Bugun O‘zbekistonimiz “Milliy tiklanishdan — milliy yuksalish sari” degan bosh tamoyil asosida taraqqiyotning yangi, yanada yuksak bosqichiga ko‘tarilmoqda. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar jarayonida davlat tilining hayotimizdagi o‘rni va nufuzi tobora oshib bormoqda. O‘zbek tili siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy jabhalarda faol qo‘llanib, xalqaro minbarlarda baralla yangramoqda. Xorijiy mamlakatlarda tilimizga e’tibor va uni o‘rganishga qiziqish kuchaymoqda.
Bugungi globallashuv davrida har bir xalq, har qaysi mustaqil davlat o‘z milliy manfaatlarini ta’minlash, bu borada avvalo o‘z madaniyatini, azaliy qadriyatlarini, ona tilini asrab-avaylash va rivojlantirish
masalasiga ustuvor ahamiyat qaratishi tabiiydir. O‘zbek tilining xalqimiz ijtimoiy hayotida va xalqaro miqyosdagi obro‘-e’tiborini tubdan oshirish, unib- o‘sib kelayotgan yoshlarimizni vatanparvarlik, milliy an’ana va qadriyatlarga sadoqat, ulug‘ ajdodlarimizning boy merosiga vorislik ruhida tarbiyalash, mamlakatimizda davlat tilini to‘laqonli joriy etishni ta’minlash maqsadida:

  1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi, O‘zbekiston Xotin- qizlar qo‘mitasi, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi va keng jamoatchilikning o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun — 21-oktabr sanasini “O‘zbek tili bayrami kuni” deb e’lon qilish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.

  2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tuzilmasida xodimlarining umumiy cheklangan soni 9 ta shtat birligidan iborat Davlat tilini rivojlantirish departamenti tashkil etilsin va uning tuzilmasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

  3. Quyidagilar Davlat tilini rivojlantirish departamentining asosiy vazifalari etib belgilansin: davlat tilini rivojlantirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan monitoringni amalga oshirish, ushbu sohada jamoatchilik nazoratining samarali shakllarini joriy etish; davlat organlari va tashkilotlari, jumladan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining davlat tilini rivojlantirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini tashkil qilish bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtirish; davlat tilining amal qilishi bilan bog‘liq muammolarni aniqlash va bartaraf etish yuzasidan, shuningdek, uni rivojlantirish sohasida yagona davlat siyosatini yuritish bo‘yicha takliflar tayyorlash; o‘zbek tilining yozma nutqi me’yor va qoidalarini ishlab chiqish bo‘yicha hamda lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini to‘liq joriy etish borasidagi ishlarni jadallashtirish; davlat tilini rivojlantirish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish; davlat tilini rivojlantirish bo‘yicha dasturlar va “yo‘l xaritalari”ni ishlab chiqish, ularning amalga oshirilishini nazorat qilish, shuningdek, “O‘zbek tili bayrami kuni”ni nishonlash bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirish;

ilmiy asoslangan yangi so‘z va atamalarni iste’molga kiritish, zamonaviy atamalarning o‘zbekona muqobillarini yaratish va bir xilda qo‘llanishini ta’minlash, geografik va boshqa toponimik obyektlarga qonun hujjatlariga muvofiq nom berilishi borasidagi faoliyatni monitoring qilish va muvofiqlashtirish; davlat tilini rivojlantirishga oid ilmiy-tadqiqot ishlarini qo‘llab-quvvatlash, bu sohada xalqaro hamkorlikni amalga oshirish.

  1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

  1. uch oy muddatda: “O‘zbek tili bayrami kuni”ni belgilash bo‘yicha qonun loyihasini; “Davlat tili haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini bugungi kun talablari nuqtai nazaridan takomillashtirgan holda uning yangi tahrirdagi loyihasini ishlab chiqsin va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritsin;

  2. ikki oy muddatda xorijiy davlatlar tajribasini chuqur o‘rgangan holda ilmiy asoslangan yangi so‘z va atamalarni rasmiy iste’molga kiritish bo‘yicha Atamalar komissiyasini tashkil etish va uning faoliyatini tartibga solish to‘g‘risida qaror qabul qilsin;

v) 2020-yil 1-iyunga qadar quyidagi asosiy yo‘nalishlarni o‘z ichiga olgan 2020 ― 2030-yillarda o‘zbek tilini rivojlantirish hamda til siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi va davlat dasturi loyihalarini kiritsin: mamlakatimiz ijtimoiy hayotining barcha sohalarida, jumladan, davlat boshqaruvi, zamonaviy va innovatsion texnologiyalar, sanoat, bank-moliya tizimi, huquqshunoslik, diplomatiya, harbiy ish, tibbiyot va boshqa sohalarda davlat tilining imkoniyatlaridan to‘liq va to‘g‘ri foydalanishga erishish; ta’lim muassasalarida davlat tilini o‘rgatish va uni bilish darajasini baholash tizimini yanada
takomillashtirish, davlat tilining ilm-fan tili sifatidagi nufuzini oshirish; davlat tili sofligini saqlash, uni boyitib borish va aholining nutq madaniyatini oshirish; davlat tilining axborot va kommunikatsiya texnologiyalari, xususan, Internet jahon axborot tarmog‘ida munosib o‘rin egallashini ta’minlash, o‘zbek tilining kompyuter dasturlarini yaratish; davlat tili qoidalarining buzilishi bilan bog‘liq holatlarni muntazam va har tomonlama o‘rganish, ularni bartaraf etishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish; mamlakatimiz hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlar tillarining rivojlanishi uchun keng imkoniyatlar yaratish, ularga davlat tilini o‘rganish uchun qulay shart-sharoitlar yaratib berish; davlat tilining xalqaro miqyosdagi o‘rni va nufuzi, uning boshqa tillar bilan aloqalari istiqbollarini belgilash, xorijda istiqomat qiluvchi vatandoshlar va o‘zbek tilini o‘rganish istagida bo‘lgan chet el fuqarolari uchun o‘zbek tili darsliklari va elektron dasturlarni ishlab chiqish va ularni keng miqyosda tarqatish, o‘zbek tilini o‘rgatish bo‘yicha maxsus kurslarni tashkil etish.

  1. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

  2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.



O’zbek tilining imlo qoidalari va soha egalarining savodxonligi ‘’XXI asr fizikasi’’ mavzusida ijodiy matn yaratish


Yaqinda poytaxtimizning Yunusobod tumani maktablaridan biriga fizika fanining XXI asrdagi ravnaqi mavzusida o‘quvchilar bilan uchrashuvga taklif qilishdi. Ushbu taklifni jondilimdan qabul qildim. Ayni choqda, bu taklif meni o‘ylantirib qo‘ydi. Hozirgi paytda Toshkent shahrining o‘zida Fanlar akademiyasining qator ilmiy tekshirish institutlari, oliy o‘quv maskanlari faoliyat ko‘rsatib turibdi. Ulardagi fan doktori ilmiy darajasiga ega bo‘lgan olimlarning soni bir necha mingni, fan nomzodi ilmiy darajasiga ega bo‘lgan yuqori malakali olimlar soni esa bir necha o‘n mingni tashkil etadi va ularning aksariyat qismi fizika fani sohasidagi yetuk mutaxassislardir. Xo‘sh, ularning jamiyatimiz kelajagi hisoblanmish maktab o‘quvchilari bilan aloqasi qanday? Faqat ilmiy ish bilan shug‘ullanib, erishgan ilmiy ishlari natijalarini ilmiy jurnallardagina chop etish va ilmiy seminar yoki konferentsiyalardagina ushbu ishlari haqida axborot berib borish bilan cheklanib qolish olimlikka mutlaqo yarashmaydi, deb o‘ylayman. Respublikamiz olimlari turli ilm sohalaridagi o‘z fikr-mulohazalari, ilm sohasida erishayotgan yutuq va kamchiliklarini respublika gazeta-jurnallarida xalqimiz bilan, ayniqsa, yoshlar bilan o‘rtoqlashib turishsa, yaxshi bo‘lmasmidi? Qani endi, respublika gazeta va jurnallarida olimlar o‘rtasida ilmiy muzokaralar ham yo‘lga qo‘yilsa. Agarda ushbu ilmiy muzokaralarda maktab o‘qituvchilari va o‘quvchilari ham ishtirok etishsa, nur ustiga nur bo‘lar edi.


Bugun farzandlarimiz va nabiralarimizning ta’lim olib jahonda tengi yo‘q darajada barkamol bo‘lib o‘sib-ulg‘ayishlari uchun barcha choralar ko‘rilyapti. Shoirimiz Anvar Obidjonning televideniye orqali tez-tez yangrab turgan «Bizlarga Ibn Sino, al-Xorazmiy, Beruniy, Ulug‘beklar kerak» she’ri juda ham serma’no. Ushbu yo‘nalishda olimlarimizning, Fanlar akademiyasi va oliy ta’lim maskanlarining o‘rni qay darajada salmoqli bo‘lyapti? Oradan asrlar o‘tib bizning zamondoshlarimizdan kimlarni, biz Ibn Sinolarni eslagandek, «Ulug‘ allomalar edi» deb eslasharkin? Bu narsa hammamizni albatta qiziqtirsa kerak. Biz mustaqil davlatmiz. Vatanimizda yoshlar yuragida milliy g‘ururni uyg‘otish uchun sharoit yaratib berilyapti. Yangi qurilayotgan maktab, lisey va kollejlarning har birining ahamiyati va salobati kelajak avlodimiz uchun ham, hozirgi yoshlarimiz uchun ham Bibixonim madrasasinikidan kam emas. Endi yoshlarimiz qalbini yurtimizning barcha o‘rta va oliy maktablarida milliy g‘urur ruhi bilan alangalatishimiz kerak. Qachongacha bizning xalqimizdan Nobel mukofoti sovrindorlari chiqmay yuraveramiz? Bizlar axir hech kimdan kam emasmiz va hech kimdan kam ham
bo‘lmaymiz. Qachonlardir 24 yashar Eynshteyn buyuk Nyutonning nuqtai nazaridan ustun bo‘lgan nisbiylik nazariyasini insoniyatga taqdim etar ekan, «Kechir meni, Nyuton», deb so‘z boshlagan edi. Insoniyat ushbu asrda «Kechir meni, Eynshteyn» deb buyuk Eynshteynning nazariyasidan ham o‘ktamroq bo‘lgan nazariyani taqdim etadigan olimning yetishib chiqishiga katta umid bog‘lamoqda. Insoniyatning ushbu umidini ro‘yobga chiqarish uchun bizga nima mon’elik qiladi?! Ushbu ulug‘ maqsad sari barcha yoshlarimiz va olimlarimiz qalbini olovlantirishimiz kerak, xolos! Shuningdek, yirik ilmiy tekshirish institutlari kutubxonalari faoliyatini jonlantirish, ularni xorijiy ilmiy jurnallar va adabiyotlar bilan muntazam boyitib borish, institutda ilmiy seminarlar davomiyligini ta’minlash ham muhim masalalardandir. Ilmiy tekshirish institutlarining har bir laboratoriyasi har hafta ilmiy seminar o‘tkazishi o‘ta muhim bo‘lishi kerak. Ushbu ilmiy seminarlarda laboratoriya xodimlari olayotgan yangiliklar natijasini berishdan tashqari, jahonda bo‘layotgan dolzarb ilmiy yutuqlar doimo olimlar tomonidan seminarlarda tinglab borilishi va muzokaralar qilinishi olimlarimizning jahon olimlari bilan tengma-teng va ilmiy tafakkur bo‘yicha yelkadosh bo‘la olishlarini ta’minlovchi zarur jihatdir. Kirib kelgan asrni kimdir nanotexnologiya asri bo‘ladi desa, yana boshqasi genetika asri bo‘ladi, deydi. Fizika asri bo‘ladi deganlar ham talaygina. Jahonda bo‘layotgan bu munozarali tortishuvlarda bizning respublikamiz olimlari ham ishtirok etishayotirmi? Yoshlarimiz-chi? Men, XXI asr fizika asri bo‘ladi, degan nuqtai nazar tarafdoriman. Boisi, o‘tgan asrlar davomida fizika fani qilgan kashfiyotlar o‘z salmog‘i jihatidan juda ulkan bo‘lsa ham, qator ilmiy muammolar hamon olimlarni hayajon va sarosimaga solarli darajada bo‘lib turibdi. Faylasuflarning materiyaga nisbatan «Kishi ongidan tashqarida va unga bog‘liq bo‘lmagan holda yashaydigan ob’ektiv borliq» deya bergan ta’rifi bugungi kunga kelib astrofiziklarni mutlaqo qanoatlantirmay qo‘ydi.

Ma’lum bo‘lishicha, barcha yulduzlar, sayyoralar va yulduzlararo gaz Olam massasining faqat ozgina qisminigina tashkil qilar ekan. Materiyaning qolgan qismi nimadan tashkil topganiga astrofiziklarning aqli yetmay turibdi. XXI asrda, albatta, uning tabiatini tushunishga erishiladi. Ushbu noma’lum materiya insoniyatga na ko‘rinadi va na biror-bir sezgimizga ta’sir o‘tkaza oladi. Bu materiyaning o‘zini qurshab turgan olamni, o‘ta katta gravitatsiya ta’siri hisobga olinmaganida, uni «mutloq hech narsa» deb atagan ma’qulroq bo‘lar edi. Astrofiziklarning hozirgi zamon modeli bo‘yicha, olamning 73 foizi qora energiyadan, 23 foizi — qora materiyadan va 4 foizigina odatdagi materiyadan (barion) tashkil topgan, deb hisoblanyapti. Koinotda yulduzlar cheksiz ko‘p bo‘lsa, ularning har biridan bizga bittadan bo‘lsa-da nur yetib kelgan taqdirda ham, osmon odamzodga ertayu kech yarqirab ko‘rinib turishi kerak bo‘lar edi. Lekin ko‘rib turganimizdek, osmon bizga unday ko‘rinmaydi.


Tabiatning tuzilishi haqida gap ketganida, dunyodagi biror inson ushbu dunyo nega boshqacha emas, aynan shunday tuzilganini tushuntirib bera olmaydi, chunki buni o‘zi ham to‘laligicha tushunmaydi. Qadim zamonlardan beri insoniyatga issiqlik, yorug‘lik, tovush hodisalari, harakat va gravitatsiya kabi ko‘pgina fizik hodisalar nazariyalari u yoki bu ko‘rinishda ma’lum bo‘lgan. Isaak Nyuton harakat qonunlarini tushuntirib bergach, ushbu turlicha deb tushunilib kelinayotgan hodisalarning bir nechtasi bir hodisaning turli tomondan ko‘rinishi ekani ma’lum bo‘ldi. Shundan so‘ng fizikaning bir nechta ulkan bo‘limlarini jamlab, bir butun sodda nazariya ko‘rinishi berildi. Ushbu nazariyaga faqat gravitatsiyagina bo‘yinsunmay qoldi!


Fizika fani taraqqiyoti jarayonida Jeyms Klark Maksvell 1873 yili elektr va magnetizm hodisalari hamda yorug‘lik va optik hodisalarni birlashtirib, ushbu hodisalar uchun umumiy bo‘lgan nazariyani yaratdi va ushbu nazariyaga binoan, yorug‘likni ham elektromagnit to‘lqini deb qaradi. Shunday qilib, taraqqiyotning ushbu bosqichida harakat qonunlari, elektromagnetizm qonunlari va gravitatsiya qonunlari mavjudligi insoniyatga ma’lum edi.


Taxminan 1900 yillari modda nima ekanini tushuntirib bera oladigan nazariya yaratildi. Bu moddaning elektron nazariyasi edi. Ushbu nazariyaga binoan, atomlar ichida mayda zaryadlangan zarrachalar mavjud deb faraz qilindi. Ushbu nazariyaning taraqqiyoti elektronlar yadrolar atrofida harakatlanadi, degan tushunchaga olib keldi. Natijada atom kattaligi darajasida nima hodisalar bo‘layotganini tushunish uchun o‘sha davr fan olamida qabul qilingan sog‘lom fikrlashlardan qutulish zarurati tug‘ildi. Natijada 1926 yili elektronning modda ichidagi harakatini tushuntirib bera oladigan nazariya ishlab chiqildi. Bu nazariya “Kvant mexanikasi” deb nomlandi. «Kvant» so‘zi tabiatning sog‘lom fikrlash mumkin bo‘lmagan xususiyatiga taalluqli edi. Kvant mexanikasining yaratilishida va rivojlanishida M.Plank, L. De Broyl, E.Shryodinger, V.Geyzenberg, P.Dirak, N.Bor, V.Fok, M.Born, P.Erenfest kabi olimlarning ishlari muhim o‘rin tutadi. Bu olimlarning P.Erenfestdan bo‘lak barchasi insoniyat oldidagi buyuk xizmatlari uchun Nobel mukofotiga sazovor bo‘lishgan. Kvant mexanikasi nazariy kimyoning asosini tashkil qildi. Nobel mukofoti sovrindori Richard Fillips Feynman
«Fundamental nazariy kimyo aslini olganda, fizikadir», degan edi. Kimyo haqida shu fikrni o‘z davrida yana bir Nobel mukofoti sohibi L. D. Landau ham aytgan bo‘lib, u yana «hozirgi zamon matematikasi bu aslini olganda nazariy fizikadir», degan xulosani ham berib o‘tgan. Kvant mexanikasi insoniyatning ulkan yutug‘i bo‘lib, u kimyoni butkul va moddaning turli-tuman xususiyatlarini tushuntirib bera oldi. Lekin yorug‘lik hamda moddaning o‘zaro ta’siri masalasi hal bo‘lmay qolaverdi. Ya’ni, Maksvellning elektr va magnetizm nazariyasini kvant mexanikasi printsiplariga muvofiq qaytadan ishlab chiqish zarurati tug‘ildi. Nihoyat, 1929 yili qator buyuk fiziklar yorug‘lik va moddaning o‘zaro ta’siri nazariyasini yaratishdi hamda unga «kvant elektrodinamikasi» deb vahimali nom ham berishdi. Kvant elektrodinamikasi yaratilishida M.Plank, A.Eynshteyn, P.Dirak, V.Pauli, V.Geyzenberg, E.Fermining xizmatlari katta bo‘ldi. Kvant mexanikasi taraqqiyotiga ko‘p hissa qo‘shgan Eynshteyn hayotining oxirigacha ham ushbu nazariyaning ko‘p o‘rinlarini tan olmadi. Elektronlar yadro atrofida aylanib unga tushib ketmasligi haqidagi Bor nazariyasi yoritilgan maqolani o‘qiganida, u: «Agar buning barisi haqiqat bo‘lsa, fizika fan sifatida tugabdi», degan xulosasini aytgan paytlar ham bo‘lgan. Kvant elektrodinamikasida hisoblash muammosini 1948 yil I.J.Shvinger, S.Tomanago, R.Feynman hal qilib berishdi. Ular ham Nobel mukofoti sovrindorlari bo‘lishdi. Kvant elektrodinamikasi yaratilganiga salkam 80 yil bo‘ldi. Ushbu yillar davomida bu nazariya qayta-qayta o‘ta ziyraklik bilan turli sharoitlarda tekshirildi. Insoniyat ushbu nazariya va eksperimentlar natijasida biror-bir arzigulik tafovut yo‘qligi bilan mag‘rurlansa arziydi. Ushbu nazariya gravitatsiya va yadrolarning bir sathdan boshqa sathga o‘tishini xarakterlaydigan radioaktiv hodisalardan (yadro fizikasidan) boshqa fizik olamdagi barcha hodisalarni tushuntirib bera oladi. Fizika fani o‘zining butun taraqqiyoti davomida doimo turli hodisalarni ro‘yobga chiqaruvchi yakdil sabablarni qidirib kelmoqda, o‘z atrofini birlashtirishga harakat qilmoqda. Nemislarning mashhur fizik olimi German Lyudvig Fernenand Gelmgolts (1821—1894):
«Borgan sari yangi dalillar ko‘payib murakkablashib borishi yangi fikrlarning rango-rang bo‘lib borishiga olib keladi va bu dunyoqarashlarning birlashmog‘iga nisbatan bo‘lgan chaqiriq amirona bo‘lishi tabiiydir», degan so‘zlari bilan fan taraqqiyotining asosiy intilish yo‘nalishini yoritib bergan. Hozirgi davrda olimlar barcha ma’lum o‘zaro fizik ta’sirlarni birlashtirishga urinmoqdalar. Elektromagnit, kuchsiz va kuchli o‘zaro ta’sirlarni fiziklar «Buyuk birlashish» deb nomlangan nazariya orqali birlashtirib, uchala o‘zaro ta’sir uchun ushbu nazariya orqali bir xil izoh berishmoqchi. Ushbu nazariya hali yakuniga yetgani yo‘q, lekin uning bergan ba’zi
xulosalariga binoan, proton 1030 — 1033 sekund vaqtdan keyin pozitron va neytral pi-mezon yoki neytrino va musbat pi-mezonlarga parchalanishi kerak. Bu xulosalar tajribalarda tekshirilmoqda va agarda tasdig‘ini topsa, nazariya to‘g‘ri yo‘lda, degan xulosaga kelinadi. Buyuk birlashish nazariyasi, to‘rtinchi o‘zaro ta’sir — gravitatsiyani birlashtirmaydi. Shu sababdan, qator nazariyachilar hozirgi davrda superbirlashish nazariyasi ustida ham ish olib borishmoqda. Bunda to‘rtala o‘zaro ta’sir — elektromagnit, kuchsiz, kuchli va gravitatsiya bir manzarani bergan bo‘lar edi, ya’ni, tabiatdagi barcha o‘zaro ta’sir, barcha kuchlar bir kuch, bir qudratning turlicha namoyon bo‘lishi, deb ham qarashimiz mumkin bo‘lar edi… Kvant elektrodinamikasi nazariyasi 1929 yili insoniyatga taqdim etgan bir muhim fizik konstanta (doimiy) haqidagi ma’lumot salkam 80 yildan beri fiziklarning boshini qotirib kelmoqda. Bu konstantani fiziklar «aloqa konstantasi» deb nomlashib, lotincha «e» harfi bilan belgilashgan. Bu konstanta real elektron real fotonni yutishi yoki chiqarishi kattaligini (amplitudasini) bildiradi. O‘tkazilgan tajriblarga muvofiq «e» ning son miqdori «0.08542455» ga teng. Odatda fiziklar ushbu sonning teskari qiymati kvadratiga teng bo‘lgan 137,03597 sonidan foydalanishadi. Fizika qonunlarini ifodalash uchun fizik kattaliklar o‘rtasidagi o‘zaro matematik munosabatlarni beruvchi tenglamalardan foydalaniladi. Ko‘pincha shunday tenglamalarga o‘zgarmas son ko‘rinishida bo‘lgan fizik konstantalar kiritilgan bo‘ladi. Masalan, butun olam tortishish qonunidagi gravitatsiya doimiysi, issiqlik balansi tenglamasidagi solishtirma issiqlik sig‘imi, jism massasi va uning to‘liq energiyasini bog‘lab turuvchi Eynshteyn formulasidagi yorug‘lik tezligi shular jumlasidandir. Ko‘pgina fizik doimiylar shartli ravishda shu nom bilan atalgan bo‘ladi. Haqiqatan ham, suv o‘rniga spirt qizdirilsa, issiqlik sig‘imining boshqa miqdoridan foydalanishga to‘g‘ri keladi. Ishqalanish koeffitsiyenti, solishtirma qarshilik, zichlik va hokazolar mana shunday «nisbiy» doimiylarga kiradi. Shu bilan birga, o‘z qiymatini o‘zgartirmaydigan konstantalar ham mavjud. Bunday universal konstantalarga gravitatsiya doimiysi, elektr zaryadi, yorug‘likning vakuumda tarqalish tezligi kiradi. Universalligi sababli bunday konstantalar olamiy yoki fundamental doimiylar deyiladi. Mana shunday fundamental doimiylar ichidagi eng asillaridan biri «e» konstantasi hisoblanadi. Olamdagi barcha o‘zini hurmat qiladigan fizik nazariyachilar kabinetlari devorida ushbu “137” soni har kimga ko‘rinadigan qilib yozib qo‘yilgan va ular doimo bo‘sh qoldi deguncha ushbu son ustida bosh qotirishadi. Biz uchun fizika sohasidagi Nyutonning tortishish nazariyasi xuddi «ikkini ikkiga» ko‘paytirish kabi ayondir, lekin biror bir fizikaviy hodisa bo‘yicha gravitatsiya kabi fizik xodisa haqida ko‘p narsa ma’lum va shu bilan birga noma’lum emas. Biz doimo gravitatsiyaning o‘zimizga ta’sirini boshdan kechirib turamiz. Lekin uning tabiati shu paytgacha ham insoniyatga noma’lumligicha qolmoqda. Olimlar hozirgi kunlarda ham gravitatsiya favquloda hodisasi sirini topish yo‘lida betinim urinishmoqda. Masalan, gravitonlar

  • massasi bo‘lmagan va gravitatsiya ta’sirini xuddi elektromagnit ta’sirni uzatuvchi fotonlar kabi uzatuvchi gravitatsiya zarrachalari mavjudmi? Bunday zarrachalar shu paytgacha ham topilgani yo‘q. Kvant gravitatsiya nazariyasi bizda shakllangan olam tuzilishi haqidagi nazariyani siqib chiqara olarmikan?.. Elementar zarrachalar fizikasida ko‘p narsalar Xiggs-Bozon kabi faraziy zarrachalarga bog‘liq bo‘lib qolyapti. Faraz qilinishicha, mana shu tasavvurdagi zarrachalar elementar zarrachalarga massa ulashadi. Lekin hozircha ushbu zarrachalarni izlash bo‘yicha barcha urinishlar besamar qolmoqda. 2007 yili Yevropa yadro izlanishlari markazida yangi kollayder (SERN)ning ishga tushirilishi natijasida ushbu tutib bo‘lmas zarrachalarning topilishiga olimlar katta umid bog‘lashgan. Balki ushbu zarrachalar topilganidan so‘ng elementar zarrachalarning yangi qatori

  • supersimmetrik zarrachalar kashf qilinsa, ajab emas, degan qarashlar bor. Olimlar faraz qilishicha, bizga ma’lum barcha zarrachalarning o‘ziga o‘xshashi mavjud. Ushbu o‘xshashliklarning kashf qilinishi zamonaviy fizikaning navbatdagi g‘alabasi bo‘lardi. Hozirning o‘zida

supersimmetrik zarrachalar ega bo‘lishi mumkin bo‘lgan ba’zi xususiyatlar haqida ma’lumotlar bor.
Yorug‘lik manbai harakatdami yoki qo‘zgalmasmi, baribir yorug‘lik tezligi doimo bir xil. Bu taajjubli holat, albatta. Sog‘lom aqlga zid bo‘lgan fikr ustidagi ushbu mulohazalar Eynshteynga 1905 yili maxsus nisbiylik nazariyasini yaratishida juda qo‘l keldi. O‘shandan beri son-sanoqsiz tajribalar ushbu gipotezaning haq ekaninigina tasdiqlab kelmoqda. Shunga qaramay, oxirgi yillarda olimlar «yorug‘lik tezligidan katta bo‘lgan tezlikda axborot uzatish mumkinmikan?» de- gan masala ustida bosh qotirib kelmoqdalar. Balki XXI asrda olimlarning izlanishlari yorug‘lik tezligidan katta tezlikda harakatlana olishi mumkin deb hisoblanayotgan va «Taxion» deb nomlangan faraziy zarrachalarni topishga imkoniyatlar ochib berar. Ba’zi nazariy farazlarga ko‘ra, taxionlar olami bizning olamga «parallel» joylashgan, degan xayoliy qarashlar ham bor. Nisbiylik nazariyasi paydo bo‘lganidan so‘ng biz vaqt fenomenining naqadar murakkab va sirli ekanini tobora yaqqolroq tushunib boryapmiz. Eynshteyn formulasiga ko‘ra odam qanchalik tez harakatlansa, uning uchun vaqt shunchalik sekin o‘tib boradi. Quvvatli gravitatsiya manbalari ham vaqt o‘tishini sekinlashtiradi. Ushbu ikki gipoteza ham tajribalarda o‘z tasdig‘ini topgan. Biz olamning bir chekkasidan urvoqcha yerinigina kuzatib turibmiz xolos va shuning uchun ham bizlarning vaqt haqidagi tasavvurlarimiz o‘ta soddadir. Olam esa ulkan va cheksizdir. Quyidagi savollar kishining ko‘nglidan o‘tmasdan iloji yo‘q: Nega endi vaqt faqat bir yo‘nalishdagina oqadi? Nega u bizlarga qaytmas bo‘lib tuyuladi? Tabiatni tavsiflovchi fizikaning asosiy qonunlari vaqtga nisbatan invariant-ku, axir? Mikroolam va makro olam o‘rtasidagi chegara qayerdan o‘tadi? Hozirgi paytda o‘zini kvant olami qonunlariga bo‘ysunishi bilan hammani hayratga solayotgan makroob’ektlar olimlarni juda ham qiziqtiryapti. Bunga misol qilib Boze-Eynshteyn kondensatini misol qilib ko‘rsatishimiz mumkin. Boze-Eynshteyn kondensatida millionlab atomlardan tashkil topgan ushoqdek kichik bulut o‘zini bir butun atomdek tutyapti. Shu paytgacha materiyaning to‘rt xil — gaz, suyuq, qattiq va plazma ko‘rinishlarda bo‘lishi haqida insoniyat ma’lumotga
ega edi. Boze-Eynshteyn kondensatining tajribada olinishi esa materiyaning beshinchi ko‘rinishi ham olamda mavjud ekanidan dalolat berib turibdi. Ushbu hodisa haqida 1924 yili hind fizigi Shatendranat Bozening hisob-kitoblarini tahlil qilib, Albert Eynshteyn ilm ahliga o‘z axborotini ma’lum qilgan edi. Ushbu kondensat ko‘p o‘rinlarda, masalan, kvant kompyuterlari elementi sifatida ishlatilishi mumkinligi ehtimoli borligi bilan ham katta ahamiyatga ega bo‘lyapti. 2005 yili Amerika olimlari Roy Glauber va Jon Xollning Boze- Eynshteyn kondensati xususiyatlarini, aniqrog‘i, lazer spektroskopiyasi bilan bog‘liq hodisalarini o‘rganishlar Nobel mukofoti bilan taqdirlanishi ushbu kondensatning o‘rganilishi ahamiyati naqadar katta ekanidan dalolat berib turibdi. Boze-Eynshteyn kondensati kashfiyotchilaridan biri, 2001 yilning Nobel mukofoti sovrindori Volfgang Ketterle kondensatdan bo‘lakchalarni
«burdalab» olish mumkinligini ko‘rsatib o‘tgan edi. Bu degani atom lazerini qurish, ya’ni, yorug‘likni nurlantiruvchi lazerni emas, moddani nurlantiruvchi lazerlarni yasashga erishish mumkin deganidir. Bunday lazerlar bilan nanometr aniqlikdagi o‘ta kichik tuzilmalarni yasash mumkin bo‘ladi. Bu kashfiyot nanotexnologiya olamida sezilarli siljishlar bo‘lishiga olib keldi. Alohida atomlar ustida manipulyatsiya qilish uchun atom lazerlari hozirgi paytdagi eng aniq
metoddir. Ushbu kashfiyot asosida nanotexnologiya katta ravon yo‘lning boshiga chiqib oldi, degan xulosani aytishimiz mumkin. Materiyaning oltinchi ko‘rinishi Fermion kondensatlari haqidagi maqolalar ham ora-sira ko‘zga tashlanib turibdi. Havoda, suyuqliklarda bo‘luvchi o‘rama hodisalar fizika fanida bir og‘iz so‘z bilan «turbulentlik hodisasi» deb ataladi va bu haqda ham shu paytgacha aniq hisob-kitoblar keltirilmagan. Texnikaning turli yo‘nalishlari taraqqiyotidagi jadal rivojlanishlar ushbu hodisaning tatbiqi va sabablarini o‘rganish ustida ham fiziklarning yanayam jiddiyroq bosh qotirishini taqozo etadi. Qattiq jismlardagi magnetizm va o‘ta o‘tkazuvchanlik hodisalari hanuzgacha insoniyatga o‘zining tabiatini to‘laligicha ochib bergani yo‘q. O‘tgan asrning buyuk fizigi Dirakning, olamda magnit zarrachalari (Dirak manopoliyalari) mavjud bo‘lishi kerak, deb aytgan so‘zi hanuzgacha insoniyat qulog‘i ostida jaranglab turibdi. Ushbu zarrachalar mavjudmi yoki yo‘qmi — bu masala ham insoniyat oldida jumboqligicha qolib kelmokda. Ba’zi qattiq jismlar elektr qarshiligini yo‘qotish tabiatining nazariyasi hanuzgacha ma’lum emas. Agarda nazariya yo‘q bo‘lsa, qanday qilib ideal o‘ta o‘tkazuvchan materiallarni olish mumkin bo‘larkin? Balki ushbu masala yoritilishida nanotexnologiya o‘zining salmoqli hissasini qo‘shar? Shunday kilib, 1961 yili taklif qilingan Olam modeli umumiy modelning xususiy bir ko‘rinishigina bo‘lib qoladigan ko‘rinadi. Chunki odatdagi standart model ko‘plab savollarga qoniqarli javob bera olmayapti. Ushbu model o‘zining ichki uyg‘unligiga va simmetriyasiga ega bo‘lmay qolyapti. U model nega ko‘pgina elementar zarrachalar massaga ega ekanini tushuntirishga ojizlik qilib qolmoqda. Bundan tashqari, nega tabiatda bir-biridan ta’sir qilish ko‘rinishi bilan tubdan farq qiluvchi bir nechta o‘zaro ta’sirlar mavjud? XX asrdan XXI asrga o‘tgan fizika oldidagi yana bir jumboq — zamonaviy fizikaning ikki ustuni — kvant mexanikasi bilan umumiy nisbiylik nazariyasining ko‘p o‘rinlardagi nomuvofiqligidir.Olamning tanho formulasiga ega bo‘lish fiziklarning azaliy orzusidir. Biz tabiat tomonidan XXI asr fiziklari oldiga qo‘ygan o‘ntacha sarkash jumboqlar haqida qisqacha to‘xtalib o‘tdik. Biz bunday fikrlarimiz doirasini yana bemalol davom ettirib boraverishimiz mumkin. Lekin fikrimiz rivojiga shu yerda nuqta qo‘yishga qaror qildik. Ushbu fikrimiz doirasini Fanlar Akademiyasi va oliy o‘quv yurtlarining olimlari respublikamizning barcha maktablari, litseylari va kolejlari o‘quvchilari bilan muntazam uchrashuvlar o‘tkazib, ularda bo‘ladigan ma’ruza va muzokaralarida ushbu maqola mazmunini yanayam boyitib, ko‘p o‘rinlarda aniqliklar kiritib borishadi, deb umid qilamiz.

O`zbek tili leksikografiyasi.Bir tilli va ikki tilli lug’atlar bilan tanishish. O’zbek tilining izohli lug’atida berilgan sohaga oid so’zlar izohi bilan tanishish


Leksikografiya – lug’atshunoslikni o’rganuvchi fan har qanday xalqning Betakror milliy boyligi uning o’z so’zlari hamda turg’un iboralaridir. Zamon va makon ta’sirida tilning lug’at boyligi doimiy ravishda rivojlanib boradi. Tarzi taraqqiyot va kashfiyotlar yangi-yangi so’zlar, tushunchalarni dunyoga keltiradi, ba’zi so’zlar esa eskirib iste’moldan chiqadi.Ana shunday dinamik rivojdagi bebaho boylikni o’z vaqtida tarix zarvaraqlariga muxrlash, tilning oltin sahifalarini durlash bilan to’ldirib borish faqat matonatli, zahmatkash, fidokor tilshunos siymolargagina nasib etadi. Bunday buyuklarning nomi abadiy hurmatda bo’ladi.


Buning yorqin isboti uchun bobomiz Mahmud Koshg’iy nomini tilga olish kifoyadir. Uning qariyib 1000 yil ilgari yaratgan turkiy tillar tahliliga bag’ishlangan “Devonu lug’atit turk” asari barcha turkiy xalqlarning betakror boyligi hisoblanadi. Mahmud Koshg’ariyning nomi esa tarix sahifalariga abadiy muxrlandi.
Darvoqe, til lug’at boyligining nisbatan to’liq tahlili faqat lug’atlar orqali amalga oshirilishi mumkin. Lug’atlar tuzishning nazariy va amaliy sohalari bilan shug’ullanuvchi fan leksikografiya deb nomlanadi. Lexikographie – grek tilidan olingan bo’lib, Lexicon- Worterbuch, grapho-ich schreibe. Ya’ni so’zni izohlash, ifodalash ma’nosini beradi. Dunyo leksikografiyasi ming yillik tarixga iga bo’lsada, uning asosiy rivoji keyingi ikki-uch asrga to’g’ri keladi. Ilk bor oz sonli so’zlar va iboralardangina tashkil topgan qo’l yozmalardan boshlangan lug’atlar hozirgi kunga kelib tillarning yuz ming so’zlarni o’z ichiga olib, minglab adadda chop etilmoqda. Keyingi yillarda leksikografiyaning faqatgina amaliy tomoni emas, balki nazariy yo’nalishi, obyekti, Predmeti shakllandi. Lug’at tuzish nazriyasi, amaliyoti tilshunoslikning mahsus sohasiga aylandi. Lug’atshunoslik tilshunoslikning mana shunday o’ta mashaqqatli, o’ta masulyatli sohasi bo’lganligi sababli ushbu savobli yo’nalish bilan yetuk, fidokor, millatparvar olimlar shug’ullanadilar.
Darhaqiqat, G’arb tillari amaliy leksikografiyasi so’ngi asrda yangi pog’onaga ko’tarildi. Bu o’rinda Ingliz tilining Oxford, Webster, fransuz tilining Larus, olmon tilining Duden, Langenscheidt, Rassiya nashriyotlarining sermahsul va sifatli lug’atlarini eslatib o’tish kifoya.

Zamonaviy leksikografiyaning quyidagi tushunchalarini chuqur o’rganmasdan turib davr talabiga to’la javob beradigan lug’atlar tuzish mumkin emas:


.So’zlik masalasi-Wortgut,Stichwörterverzeichnis, Vokabular Bosh so’z – Stichwort, Lemma, Vokabel
Lug’at maqolasi- Stich-Wortartikel, Wörterbuchartikel Izoh berish – Wortdefinition,Stichworterklärung Illustrativ misollar- Anwendungsbeispiele,Belege Illustratsiya- Abbildungen
Stilistik ko’rsatkich va belgilar- stilistische Vermerke, Hinweise
Grammatik, etimologik va boshqa ko’rsatkichlar- grammatische, etymologische und andere Angaben
Leksikografik tarjima—lexikographische Uberzetzung
Lug’atning maqsad va vazifasi – Ziel und Zweck des Wörterbuches
Yugorida zikr etilgan to’qqiz prinsipning barchasi o’ninchi prinsipning qay darajada amalga oshirilishiga bog’lig. Boshqacha aytganda har ganday lug’atning sifat va soni O’ninchi prinsipning to’laqonli aniqlanishi va unga qat’iy amal qilinishiga bog’liq. Qolgan prinsiplar ham lug’at kim uchun, qanday nmaqsadni ko’zlab tuzilayotgaligi bilan bevosita aloqadordir.
Lug’atlar turli maqsadlarga tuziladi. Ko’zlangan maqsad jihatidan lug’atlar 2 xil bo’ladi.
Ensiklopedik ( Qomusiy) lug’atlar Lingvistik lug’atlar
Har ikki tur lug’at o’rtasidagi o’xshashlik quyidagicha.

  1. Lug’at maqolalarining vokabulasiga asosan, leksema chiqariladi.

  2. Bu leksemalar qatoriy alifbo tartibda joylashtiriladi.

Bular faqat tashgi yuzaki o’xshashlikdir.aslida lug’atning bu ikki turi o’z maqsadiga ko’ra va maqolalarning tuzilishiga, mundarijasiga ko’ra tubdan farq qiladi. Ensiklopedik (qomusiy)
lug’atlarda tehnik va madaniyatning barcha sohalariga oid tushunchalar izohlanadi. Ularda tabiat hodisalari, ijtimoiy hayotdagi voqealar, mashhur kishilar chiqishining ko’rsatish bilan
chegaralaniladi. Shuning uchun bunday lug’atlar tushuncha lig’ati deb yuritiladi. Bunday lug’atlarda odatda, rasmlar, karta va sxemalar ham keltiriladi.
Ensiklopedik lug’atlarda so’z va iboralar alfavit tartibda maqolaning sarlavhası
sifatida go’yiladi. Ensiklopedik lug’atlar ham nmaqsad va vazifasiga ko’ra 2 xil bo’ladi: umumiy ensiklopedik lug’atlar va biror sohaning ensiklopedik lug’ati.
Ensiklopedik lug’atlar sharqda “Qomus”, g’arbda esa “thesaurus” deb ham yuritilgan.Lingvistik lug’atlarda lug’at boyligi aks ettiriladi.
Bunday lug’atlar asosiy maqsad leksema va frazeomalarning semantic mazmunini tavsiflashdir.
Bundan tashqari, grammatik va fonetik ma’lumot qisman
keltiriladi. Lug’at maqolasining asosiy qismini leksik ma’nolarning talqini
egallaydi. Bunda so’zning bosh manosi haqida fikr yuritiladi, agar, lozim topilsa shu ma’noning ishlatilishini aks ettiruvchi misol keltiriladi, so’ngra bu so’zning hosila, ko’chma ma’nolari
tasvirlanadi. Bunday ma’nolarning tasvirida misollar keltirish shart, chunki bularni anglash uchun konteks talab qilinadi.
Leksik ma’noni tasdiqlovchi nutq parchalari odatda badiiy va boshqa adabiyotlardan olinadi. Agar leksik ma’nolar ma’lum Sistema bo’yicha to’plangan misollar yordamida izohlansa, bunday lug’atning qiymati yuqori bo’ladi. Chunki bunday ish tutishda lug’at boyligini obyektiv tasvirlashga erishiladi. Lug’atlarda so’z va frazemalar ikki xil joylashtiriladi.
Lingvistik lug’atlar turli maqsadlarda tuziladi va ularning turlari ham ko’p. So’zning biror sohaga oid leksikasi bilan adabiy til leksikasining ma’lum qatlam bilan chegaralanganligi va chegaralanmaganligiga ko’ra lug’atlar dastlab ikkiga bo’linadi:
Umumiy lug’atlar Maxsus lug’atlar
Umumiy lingvistik lug’atlarda hamma qo’llaydigan so’zlarning xarasteristikasi beriladi. Bular bir tilli, ikki tilli, ko’p tilli bo’ladi. Bir tilli lug’atlarning ham umumiy va maxsus tiplari bor. Masalan, izohli lug’at, imlo lug’ati, sinonimlar lug’ati, frazeologik lug’at, dialectal lug’at maxsus lug’atlar tipiga kiradi.

Download 73.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling