«Restoran biznesi» ning
Download 31.59 Kb.
|
Usmonova Nodira
Bajardi: Usmonova Nodira Tour-221 S guruh talabasi Tekshirdi: Sanjar Boboqulov «Restoran biznesi» ning maqsadi va vazifalarini tushuntirib bering. O‘zbekistonda turizm sohasini rivojlantirish maqsadida turistlarga xizmat ko‘rsatish tizimini kengaytirish va ular uchun barcha sharoitlarni yaratish, yangi turistik majmualar, mehmonxonalar, dam olish maskanlari, restoranlar, barlar, transport sohalari uchun katta mablag‘lar ajratilmoqda. Bunday sur’atda turizmni rivojlantirish albatta ovqatlantirish korxonalari faoliyatining rivojlanishiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Bizni O’zbekistonga keladigan turistlar restoran xizmatidan foydalanadilar. Agar bizda restoranlar bo’lmasa turistlar ovqatlanish uchun mahsulotlarni o’zlari bilan olib yurishlari kerak ammo ularga bunday imkoniyat yoq. Shuning uchun ham bizda restoran biznesi yo’lga qo’yilgan. G‘arb mamlakatlarida qabul qilinganidek, har bir ovqatlantirish korxonalari jumladan, restoran uchun kerakli ko‘rsatkichlar quyidagilardan iborat: restoranning did bilan bezatilgan estetik manzarasining ko‘zga tashlanishi, xizmatning oliy darajadagi sharoitlarini yaratish; xizmat ko‘rsatish jarayonida xodimlarning axloq - odob qoida va me’yorlarini bilishi; mijozlarga xizmat ko‘rsatishda o‘rnatilgan tartib va intizom qoidalarini bilishi, ularga rioya qilishi; turli taom va ichimliklarni tavsiya qilishi, olib kelib berishi, shuningdek, ko‘nikma texnikasi va taom tarqatish usullarini bilishi; stol ustiga dasturxon bezashning asosiy qoidalarini bilishi; xizmat ko‘rsatish jarayonida xavfsizlik va gigiyena qoidalarga rioya qilishi; oshxona idish - tovoqlari va anjomlari, sochiq va dasturxonlarining yetarli miqdorda bo‘lishi. Restoran – insonlarga xizmat ko’rsatish uchun, murakkab tayyorlanadigan taomlar, ekzotik taomlar, hamirli va qandolat mahsulotlarini, alkogolli mahsulotlar, issiq hamda sovuq ichimliklarni sotib olingan mahsulotlarni mijozlarga taklif qiladigan,bundan tashqari,yevropacha hamda milliy taomlar taomlar taqdim qilinadigan korxonadir. Download 31.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling