Turizm sohasida ovqatlantirish korxonalarining o‘rnini qanday izohlaysiz?
Turizm sohasida ovqatlantirish korxonalarining ahamiyati katta. O’zbekistonga keladigan turistlar o’zi bilan oziq-ovqat mahsulotlarni olib yura olmaydi. Shuning uchun bizlarga restoran xizmatlari yo’lga qo’yilgan. U yerda mijozlarimiz uchun qulay sharoitlar yaratilgan, ular uchun mazali ovqatlar va dam olish uchun alohida joylar ajratilgan. Restoranlarda tez xizmat ko‘rsatish hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lib, bularga buyurtma qilingan taomning mijozga o‘z vaqtida berilishi va o‘z - o‘ziga xizmat qilishi kiradi. Restoranlarda esa xizmat qilish sifati mehnat turlari ya’ni, xodimlarning qaysi lavozim bilan shug‘ullanishga bog‘liq bo‘ladi.
Mavzu yuzasidan test savollari:
Turistlarni ovqatlantirishda yarim pansionga to‘g‘ri ta’rif berilgan qatorni aniqlang.
Joylashtirish va bir marotaba ovqatlantirish
Joylashtirish va ikki marotaba ovqatlantirish
Joylashtirish va nonushta
Joylashtirish va kechki ovqatlantirish
Turistlarni ovqatlantirishda to‘liq pansionning mohiyatini aniqlang.
Joylashtirish va uch marotaba ovqatlantirish
Joylashtirish va bir marotaba ovqatlantirish
Joylashtirish va ikki marotaba ovqatlantirish
Faqat joylashtirish
Fransiyada Karl V ning oshpazi tomonidan yagona nusxada «1- oshpazlik kitobi» nechanchi yilda yaratilgan?
1375 yilda
1480 yilda
1500 yilda
1690 yilda
«Restoran» atamasining o‘zi qachon muomalaga kiritilgan?
XVIII asrning ikkinchi yarmida
XVI asrda
XV asrda
X asrda
Qaysi asrdan boshlab «A la carte» taomnomasidan foydalanilgan?
XIX asr o‘rtalaridan
XVIII asrning ikkinchi yarmida
XVI asrda
XV asrda
Do'stlaringiz bilan baham: |