Restoranlarda tannarxga ta’sir qiluvchi omillar Servirovka qoidalariga rioya qilish


Download 0.79 Mb.
bet3/6
Sana23.04.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1391081
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Restoranda etiketning asosiy qoidalari.docx Mustaqil ish

Turistlarni ovqat bilan ta’minlash tizimi turning shakliga, turistlarning kategoriyasiga, binolarning qurilish joylariga yaqin yoki uzoqligiga va boshqa faktorlarga bog‘liq. Ovqat bilan ta’minlash tartibi yo‘llanma, shartnoma, Vaucherda ko‘rsatiladi. qoidaga ko‘ra, nonushta turistlarga “shved stoli” tizimi shaklida beriladi bu o‘z-o‘ziga xizmat qilish va assortimentda mavjud bo‘lganlari o‘zlarining xohishlariga binaon amalga oshiriladi.

Mehmonxonalarda ko‘pchilik nonushtalar kafeda-bufetda, restoranda yoki xonaga buyurtma berish orqali bo‘ladi. Minibar va oshxonasi bor nomerlarda nonushtalar mustaqil tayyorlanadi. Ovqatlanishning “yarimpansion” shakliga ko‘ra turistlarga umumiy tushlik ovqat yoki kechlik belgilangan vaqtda beriladi.

“To‘liq pansion”da esa ovqatlanish 3-4 marta bo‘ladi. Tabiiyki sport, ovchilik, alpinistik va boshqa turdagi yakka tartibdagi turlarning ovqatlanish shakli (mustaqil) maxsus yarimfabrikat va konsenrantlardan mustaqil toam tayyorlashga asoslangan.

2 Servirovka qoidalariga rioya qilish

Har bir uy bekasi bayramona tuzilgan dasturxon bilan barcha mehmonlarda yoqimli taassurot qoldirishni xohlaydi va barchasi dasturxonni to’g’ri servirovka qilishdan va taomlarni to’g’ri idishlarda taqdim etishdan boshlanadi.

O’tgan hafta biz kundalik foydalanish uchun stolni qanday servirovka qilishni muhokama qilgan edik. Endi siz asosiy qoidalarni bilib olganingizdan so’ng, siz yuqori darajadagi xizmatga o’tishingiz mumkin. Ushbu maqolada bayramona stolni «standart» uslubda servirovka qilish uchun eng asosiy qoidalar keltirilgan.

Mehmonlar soniga qarab, stol kattaligi va stullarning aniq soni belgilanadi. Kichkina stolga juda ko’p stulni qo’ymang, stullar orasidagi masofani saqlang.

Mehmon kutganda, stol odatda siz uchun qulay bo’lgan matodan (klenka matosidan ishlatmaganingiz ma’qul) tikilgan toza, dazmollangan oq yoki krem rangili dasturxon bilan qoplanadi. Odatda, dasturxon stol uchun fon bo’lib xizmat qiladi va o’z-o’zidan ko’p e’tiborni jalb qilmasligi kerak, lekin agar sizda idish uslubiga mos keladigan rangli dasturxon yoki kichik uzun dasturxon (dorojka) bo’lsa – uni stolga(stolning o’rtasida) bemalol yoyib qo’yishingiz mukin!


Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling