Resurslardan foydalanish samaradorligi tahlili
Download 15.2 Kb.
|
8-mustaqil ish research {ICHM} abdullayev
8-mustaqil ish {ICHM} Research Resurslardan foydalanish samaradorligi tahlili Korxonalarda moddiy resurslardan foydalanish mahsulot ishlab chiqarish va xizmat ko`rsatish mahsulot hajmiga ta`sir ko`rsatadi. Xom ashyodan qanchalik samarali foydalansak chiqindi chiqiti foizlarining kamayishiga hamda ko`proq miqdorda mahsulot ishlab chiqarishga muvaffaq bo`lamiz. Xom ashyo va moddiy resurslardan samarali foydalanish xom ashyo resurslari miqdorini orttirish bilan tenglashtiriladi. Korxonalar foydalanayotgan xom ashyo va moddiy resurslar sarfining ortib ketishi korxonalar iqtisodiy ahvolini og`irlashtiradi. Ishlab chiqarish korxonalaridagi moddiy xom ashyo ta`minotini boshqarishda asosiy maqsad qilib moddiy xom ashyo resurslaridan tejab-tergab foydalanish hisobiga ishlab chiqarish samaradorligini oshirishdir. Bu maqsadga erishish yo`lida moddiy xom ashyo resurslarini tejash, iqtisod qilishning asosiy yo`llariga e`tibor beriladi. Korxonalarda moddiy resurslarni tejash bilan bog`liq boshqaruv ishlarini korxonaning o`zidangina boshlamaslik kerak. Bu tadbirlarni korxonadan tashqarida ya`ni moddiy resurslar bizning korxonagacha yetib kelmasdan oldin boshlash lozm Korxonada foydalaniladigan moddiy resurslarni qayerdan, qaysi tashkilotdan sifatda va qanday narxda olish mumkin, qanday shartnoma tuziladi, qanday transpor turida, qancha miqdorda yetkazib kelinadi, xom ashyoning sifat ko`rsatkichlari qanday ahvolda va qaysi tomonga o`zgarishi mumkin, korxonadagi iqisodchilar xom ashyo ta`minotini tashkil etish va amalga oshirishda hamda xom ashyodan foydalanish jarayonida ana shu savollarga javob topishlari lozim. So`ngra moddiy resurslarni korxonaga tashib kelish amalga oshiriladi. Xom ashyo va materiallarni sotib olishda va tashishda turli variantlarni tuzish va ulardan maqbulini tanlab zarurdir. Konkurs asosida ta`minotchi va tashish vositasini tanlash mumkin. Bunda xom ashyo va materiallar uchun xarajatlar eng kam darajagacha kamayishi, sifat ortishiga erishish lozim. Ishlab chiqarish korxonalariga xom ashyo va boshqa materiallar yetib kelishi bilan moddiy xom ashyo resurslaridan foydalanishda mas`uliyatli bosqich boshlanadi. Olib kelingan asosiy va yordamchi materiallarni qabul qilish, turlarga ajratish, saqlash, ishlab chiqarishga zaruriy miqdorda yetkazib berish, ishlab chiqarishda ulardan samarali foydalanish, chiqindi chiqitining oldini olish, chiqqan chiqindilardan qayta foydalanish yo`llarini qidirish singari ishlar asosiy o`ringa ko`tariladi. Ishlab chiqarish korxonalarining samarali faoliyati ana shu tadbirlarni amalga oshirish darajasiga ko`p jihatdan bog`liq. Xom ashyo va boshqa asosiy, yordamchi materiallarni yuklash, tashish va tushirishdagi ehtiyotsizlik, saqlash joylarida omborlarda saqlash texnologiyasining buzilishi, asosiy ishlab chiqarishda xom ashyoning sifatini buzilishiga olib keluvchi holatlarni ro`y berishi, texnologik intizomni buzilishida dastgohlardagi nosozliklar, boshqa iqtisodiy resurslardan foydalanishdagi kamchiliklar va shu kabi holatlar moddiy resurslardan samarasiz foydalanishga sabab bo`ladi. Shu sababli har bir tashkilotda moddiy resurslardan samarali foydalanishning yuqorida ko`rsatib o`tilgan tashkiliy iqtisodiy tadbirlarini tuzish va ularga amal qilish katta ahamiyatga ega. Xulosa: Moddiy resurslarni tejash va ulardan samarali foydalanish tushunchalari turli xil ma`noni anglatadi. Har qanday tejash ham moddiy resurslardan samarali foydalanishni nazarda tutmaydi. Masalan, moddiy resurslardan tejamkorlik bilan foydalanib, mahsulotning iste`mol qiymatini pasaytirish moddiy resurslarni tejash bo`ladi, ammo bu bilan biz moddiy resurslardan samarali foydalanishni yo`lga qo`ya olmaymiz. Moddiy resurslardan samarali foydalanish birgina korxona yoki tashkilot miqyosida emas, balki butun xalq xo`jaligi miqyosida amalga oshishi lozim, ya`ni korxonada amalga oshirilgan ishlar mahsulotning iste`mol qiymatini oshirishi lozim. Amalga oshirilgan ishlar xalqning moddiy ehtiyojlarini to`laroq qondirishga olib kelsagina, biz moddiy resurslardan samarali foydalangan bo`lamiz va jamiyat miqyosida moddiy resurslarni tejagan bo`lamiz. Download 15.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling