Globallashuv jarayonlarining tezlashishiga ta’sir etuvchi omillar. Tayanch iboralar: yopiq iqtisodiyot, ochiq iqtisodiyot, xalqaro mehnat taqsimoti, davlat, tartibga solish, transmilliy korporatsiyalar, baynalmilal iqtisodiy ayirboshlash, fan va texnika.
YOPIQ IQTISODIYOT – tovar va xizmatlarning eksport va importini amalga oshirmaydigan mamlakat iqtisodiyoti; xalqaro savdoda ishtirok etmaydigan iqlisodiyot; hozirgi mutlaq yopiq iqtisodiyot mavjud emas. Yopiq iqtisodiyot modelida tovarlar, xizmatlar va kapital oqimlari, milliy chegaralar tashqarisiga chiqmaydi.
Ochiq iqtisodiyot - jahon miqyosida tovarlar, xizmatlar, kapitallar va ishchi kuchi harakatida, milliy iqtisodiyotlar oʻrtasida oʻzaro toʻsqinliklar boʻlmaydigan iqtisodiyot. Ochiq iqtisodiyot unga teskari boʻlgan yopiq iqtisodiyotdan ayrim belgilariga koʻra farqlanadi: Ochiq iqtisodiyotda jami taklifning qoʻshimcha elementi — eksport bilan import oʻrtasidagi farqni belgilaydigan sof eksport mavjud boʻladi; ochiq sharoitlarida tovarlar, xizmatlar, pullar va moliyaviy aktivlar mehnat resurslari bilan birgalikda valyuta bozorini yuzaga keltiradi; bu bozordagi pul qiymati — valyuta kursi asosiy makroiqtisodiy parametrga aylanadi; Ochiq iqtisodiyotda fiskal va pulkredit siyosati yopiq xoʻjalikka nisbatan boshqa natijalarni yuzaga keltiradi.
Xalqaro mehnat taqsimoti - ayrim mamlakatlarning muayyan mahsulotlarini i.ch.ga ixtisoslashuvi va mahsulotlarni ayirboshlashi. Ijtimoiyhududiy mehnat taqsimotining yuqori shakli, jahon bozorining va davlatlar oʻrtasidagi iqtisodiy munosabatlarning asosini tashkil etadi, davlatlar milliy xoʻjaliklarini jahon xoʻjaligi tizimiga birlashtirish omili boʻlib, obyektiv jihatdan mehnat unumdorligining oʻsishiga yordam beradi. Jamiyat taraqqiyotining dastlabki davrlarida ayrim mamlakatlarda tabiiy sharoitlar tafovuti bilan bogʻliq boʻlgan
Davlat — jamiyatning oliy siyosiy instituti boʻlib, shu jamiyat yashayotgan mamlakat fuqarolari manfaatini himoya qilish uchun oʻrnatiladi. Davlatlar mamlakat chegaralarini himoya qiladi, boshqa mamlakatlar bilan aloqada boʻladi, qonunchilik bilan shugʻullanadi
Do'stlaringiz bilan baham: |