Bozor va uning vazifasi. Tayanch iboralar: asosiy iqtisodiy vazifalarni hal etish, muqobil variant, ishlab chiqarish va iste’molning o`zaro bog’liqligi, mehnatining natijalari, yuqori samaradorli, raqobat.
Bozor deganda kishilar ko’z oldida ko’pchilik yig’ilib savdo-sotiq yuz beradigap joy gavdalanadi. "Bozorga boraman" deganda xam o’sha joyga borish tushuniladi, lekin ko’pchilik magazin, birja yoki auktsionni bozor tarzida xayoliga ham keltirmaydi. Bu tabiiy. Chunki, odamlarda shunday ko’nikma hosil bo’lgan. Aslida "Bozor" tushunchaciga boshqacharoq qarash kerak. Bozor iqtisodiyoti va bozor tushunchalari o’zaro bog’liq bo’lsa-da, ular aynan bir narsa emas. Agar bozor iqtisodiyoti yaxlit bir organizm hisoblansa, bozor uning muhim a’zosidir. Bozor faqat savdo sotuvdan iborat faoliyatni bildiradi. Bozor sotuvchilar bilan xaridorlarning oldi-sotdi qilish orqali yuz beradigan o’zaro manfaatli va hamkorlik aloqalaridir. Bozorda sotuvchilar va xaridorlar bir-birini topadi. Bozor ularni bir-biriga bog’lab turuvchi mexanizm hisoblanadi. Bozor bu barter emas, balki oldi-sotdi qilish, ya’ni tovarlarni pul vositasida ayriboshlashdir. Pulsiz bozor bo’lishi mumkin emas. Bozor bo’lishi uchun oldi-sotdi ham xaridorga, ham sotuvchiga manfaatli bo’lishi talab qilinadn. Sotuvchi o’z tovarini yaxshi qo’llasa, xaridor esa kerakli tovarni ma’qul narxda topa biladi, shuning uchun ham ular muhim aloqada bo’lishga intiladi. Хo’sh, kim sotuvchi-yu, kim xaridor? Bozorning har bir ishtirokchisi, u kim bo’lishidan qati nazar (iste’molchi, fuqaro, firma, davlat), bir bozorda sotuvchi bo’lsa. boshqa bozorda xaridor vazifasini o’tayd
Jahon mamlakatlarining iqtisodiy rivojlanishini ifodalovchi ko‘rsatkichlar tizimi. Tayanch iboralar: mutloq va nisbiy YaIM, milliy daromad, tarmoq tuzilma, eksport va import tarkibi, turmush daraja.
Milliy daromad - 1) mamlakatdagi milliy iktisodiyotning xoʻjalik yurituvchi subʼyektlari tomonidan muayyan bir davrda (odatda bir yilda) moddiy ishlab chiqarish tarmoqlarida yaratilgan sof mahsulot; yalpi mahsulot hajmidan uni ishlab chiqarish uchun sarflanadigan mehnat vositalari va buyumlarini qoplaydigan mahsulot miqdorini — qoplash fondini chegirib tashlangandan keyin qoladigan mahsulot; 2) Gʻarb mamlakatlari iqtisodchilari talqinida mamlakatdagi mehnat, kapital va yer egalarining bir yilda olgan ish haqi, foyda, foiz va renta kabi daromadlari yigʻindisi.
Qo‘mita xabariga ko‘ra, 2021 yilning yanvar-noyabr oylarida O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi tarkibida eksport 15,5 mlrd AQSh dollarini tashkil qilgan bo‘lsa, import 22,4 mlrd AQSh dollariga teng bo‘ldi.
Eksport tarkibi quyidagicha:
sanoat mahsulotlari – 4 mlrd;
xizmatlar – 2,3 mlrd;
oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar – 1,2 mlrd;
kimyoviy mahsulotlar – 1 mlrd;
mineral yoqilg‘ilar va moylash mahsulotlari – 821 mln;
turli tayyor mahsulotlar – 708 mln;
mashina va asbob-uskunalar – 617 mln;
nooziq-ovqat mahsulotlari – 475 mln.
Import tarkibi:
mashina va transport asbob-uskunalari – 7,4 mlrd;
sanoat mahsulotlari – 4,2 mlrd;
kimyoviy mahsulotlar – 3,3 mlrd;
oziq-ovqat mahsulotlari – 2,2 mlrd;
xizmatlar – 1,5 mlrd;
turli tayyor mahsulotlar – 1,2 mlrd;
mineral yoqilg‘ilar va moylash mahsulotlari –1,1 mlrd;
nooziq-ovqat mahsulotlari – 1,1 mlrd.
|