Resurslarning cheklanganligi va
Jahon xo‘jaligi mohiyatini ochib bering
Download 321.69 Kb.
|
Variant
- Bu sahifa navigatsiya:
- Banklar va ularning bozor iqtisodiyotidagi vazifalari. Tayanch iboralar
Jahon xo‘jaligi mohiyatini ochib bering. Tayanch iboralar: xalqaro mehnat taqsimoti, savdo-ishlab chiqarish, moliyaviy va ilmiy-texnikaviy aloqalar, mamlakatlar, xo‘jalik, tizim.
Jahon xoʻjaligi - turli mamlakatlar milliy iqtisodiyotining bozor munosabatlari zamirida bir-birini taqozo etgani holda umumjahon yaxlitligini tashkil etishi; jahondagi oʻzaro aloqador milliy xujaliklar va xalqaro iqtisodiy munosabatlar majmui. J. x. bozor iqtisodiyoti rivojining mahsuli sifatida 19-asrning oxiri — 20-asr boshlarida shakllandi. Xalqaro mehnat taqsimoti turli mamlakatlar milliy xujaliklarini ixtisoslashishiga olib keladi, yaʼni muayyan mamlakatda u yoki bu soha ustuvor rivojlanadi. Ixtisoslashuv mamlakatda kanday tabiiy resurslarning borligiga va shu yerdagi i. ch. tajribasiga bogʻliq. Ixtisoslashuv harajatlarni kamaytirib, tovarlarni sifatlii. ch. imkonini berganidan xalqaro aloqalarni zaruratga aylantiradi. J. x.dagi iqtisodiy aloqalar har bir mamlakat milliy iqtisodiyotining mustaqilligi; mamlakatlar iqtisodiy munosabatlarining bozor qoidalari asosida olib borilishi; iqtisodiy aloqalar uning ishtirokchilar uchun zaruriy manfaatli boʻlishi; milliy xoʻjaliklar manfaatlarining uygʻunligiga tayanib, ixtiyoriy ravishda va sharoit yetilganda oʻzaro integratsiyalashuvi tamoyillariga asoslanadi. J. x. aloqalari koʻp qirrali boʻlib, savdo-sotiq, xalqaro valyuta-kredit munosabatlari, kapital chiqarish va uni kiritish, ochiq iqtisodiy zonalar tashkil etish, ish kuchi migratsiyasini uyushtirish, birgalikda ilmiy-texnikaviy loyihalarni moliyalashtirish, axborot almashish, sayyohlik sohasida hamkorlik qilish kabi shakllarga ega. Banklar va ularning bozor iqtisodiyotidagi vazifalari. Tayanch iboralar: Moliya bozori, banklar, birjalar, depozitariylar, sug‘urta kompaniyalari, investitsiya fondlari, agentliklar, Monetar siyosat. Moliya bozori — oldi-sotdi obyekti pul yoki pulga tenglashtirilgan qogʻoz bilan bogʻliq boʻlgan bozor. Bu bozorda moliya mablagʻlarini vaqtincha haq toʻlab ishlatish yoki ularni sotib olish yuzasidan munosabatlar olib boriladi, shuningdek, pul mablagʻlarini jamgʻarganlardan qarzga oluvchilarga oʻtishi taʼminlanadi. Ortiqcha mablagʻlarga ega boʻlgan xoʻjalik subyektlari oʻz moliyaviy resurslarini mablagʻlarga muhtoj subyektlarga taklif qiladi. Moliya bozori banklarda, fond birjasida va auksionlarda oʻtkaziladi Bank (italyancha: banco — stol) — kredit-moliya muassasasi; asosan, vaqtincha boʻsh pul mablagʻlarini toʻplash, korxonalarga va umuman pulga muhtojlarga kredit, ssuda berish, naqd pulsiz hisob-kitoblarini amalga oshirish, pul va turli qimmatbaho qogʻozlar chiqarish, oltin va chet el valutalari bilan bogʻliq operatsiyalarni bajarish va boshqa faoliyatlar bilan shugʻullanadi. Birja soʻzi lotincha va olmoncha soʻzdan kelib chiqqan boʻlib „xamyon“ni bildiradi. Qadimda birja soʻzi quyidagi 3 xil voqelikni ifodalash uchun qoʻllanilar edi: 'Birja(gollandcha beurs, nem. Burse — hamyon) — bozorni uyushtirishning tashkiliy shakli; tovarlar (tovar birjasi), qimmatbaho qogʻozlar (fond birjasi), valyuta (valyuta birjasi) ulgurji savdosi, tovar boʻlgan ish kuchi oldi-sotdisi (mehnat birjasi) bozori. Aksariyat hollarda yopiq yoki ochiq aksiyadorlik jamiyati shaklida tashkil etiladi. B.ga birja qoʻmitasi rahbarlik qiladi. Uning huzurida kotirovka komissiyasi ish olib boradi. B.da brokerlar, dilerlar, trey^ derlar faoliyat koʻrsatadi. B. va uning shakllari bozor mexanizmining zaruriy infratuzilmasi hisoblanadi. Depozitariy - 1) depozitlar ishonib topshirilgan jismoniy yoki yuridik shaxs. D. fond bozoridagi kimmatli qogʻozlar (aksiya, veksel, sertifikat va b.)ni joylashtirish, saklash va hisobga olish, muomala harakatlarini qayd etish bilan bogʻliq ishlarni amalga oshiriladi (aksiyadorlik ja-miyatlariga, brokerlik idoralariga, investitsiya fondlari va b.ga xizmat koʻrsatadi) Download 321.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling