Resurslarning cheklanganligi va


Download 321.69 Kb.
bet6/33
Sana19.06.2023
Hajmi321.69 Kb.
#1625573
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
Bog'liq
Variant

Pul multiplikatori Bank tizimi mamlakatdagi pul massasini o‘zgartirish layoqatiga ega bo‘ladi. Davlat bankining emission faoliyatidan qat’iy nazar pul massasi hajmi tijorat banklari kreditlari hisobiga ko‘payadi. Banklar ssuda berganda pul massasi ko‘payadi, aksincha mijozlar olgan qarzni kamaytirganda pul massasi kamayadi.
Majburiy zahira me’yori-- bu banklarning Markaziy bankda ochilgan maxsus hisobvaraqlarida saqlanadigan mablag`lari va (yoki) vakillik hisobvaraqlarida yuritiladigan, o`rtachalash koeffitsienti hajmidan kelib chiqib hisoblanadigan, majburiy zaxiralarning o`rtacha miqdori hisoblanadi.
4.Jahon iqtisodiyotining vujudga kelishi va rivojlanish bosqichlari. Tayanch iboralar: Jahon xo’jaligi, xalqaro iqtisodiy munosabatlar, milliy iqtisodiyot.
Xalqaro iqtisodiym unosabatlar asta-sekin jahon xo‘jaligining tarkibiy elem entiga aylana bordi. Hozirgi vaqtda xalqaro iqtisodiym unosabatlari jahon xo‘jaligining rivojlanishi natijasida shakllangan mustaqil iqtisodiy tizim sifatida baholash mumkin. Bu kabi tasdiqlar jahon xo'jaligining rivojlanish jarayoni va uning bosqichlarida ham o ‘z aksini topgan Jahon xo‘jaligining rivojlanish amaliyoti XX asr oxiri va XXI asr boshlarida amal qiluvchi quyidagi zamonaviy jahon iqtisodiyotiga xos rivojlanish tamoyillari va qonuniyatlarini ajratib ko‘rsatish im konini beradi.
1. D unyo mamlakatlari xo‘jalik hayotining baynalmilallashishjarayonining chuqurlashuvi.
2. Tashqi iqtisodiy aloqalaming erkinlashuvi. 3. H ududiy iqtisodiy integratsiyaning kuchayishi. 4. Ishlab chiqarish va kapitalning transmilliylashishi. 5. Jahon xo‘jalik aloqalarini davlatlararo tartibga solish tizim ining barpo etilishi va iqtisodiy qoidalarning birxillashuvi. 6. Jahon xo‘jaligining globallashuvi.
5.Innovatsion faoliyatda Patentning ahamiyati. Tayanch iboralar: huquqiy vosita, muallif, kashfiyot, sanoat.

Sanoat mulki huquqlarini muhofazalash uchun, xususan sanoat ob’ektiga muhofaza hujjati – patent, guvohnoma va boshqalarni olish uchun eng avvalo muhofaza hujjati berilishi uchun tegishli talabnomani to‘g‘ri rasmiylashtirish va uni patent berilishi so‘ralayotgan ob’ektning belgilangan mezonlarga muvofiqligini ekspertizadan o‘tkazadigan (patentga layoqatliligini tekshiradigan) va ekspertiza natijalari bo‘yicha ob’ektni rasmiy ro‘yxatga oladigan, ob’ektning patentga layoqatliligini e’lon qiladigan va unga patent beradigan vakolatli davlat organiga topshirish zarur. Tabiiyki, bunday ekspertizadan o‘tmagan (patentga layoqatsiz) ob’ektlarga muhofaza hujjati berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi. Sanoat mulki huquqlari bo‘yicha bunday davlat organlari intellektual mulk huquqlarini muhofaza qilish qabul qilingan barcha mamlakatlarda mavjud bo‘lib, patent idoralari deb ataladi.

Patent - bu ixtiro, foydali model yoki sanoat namunasining mutlaq huquqi, muallifligi va ustuvorligini tasdiqlovchi himoya hujjati. Patentning amal qilish muddati patentlangan mamlakatga, patentlash predmetiga bog'liq va 5 yildan 25 yilgacha
Yuqorida qayd etib o‘tilganidek, sanoat mulki huquqlarini muhofazalash ob’ekt yaratilgandan so‘ng emas, balki unga muhofaza hujjati olingandan so‘ng kuchga kiradi. Odatda, bunday hujjatning amal qilish muddati muayyan sanadan – sanoat mulki ob’ektining ustuvorlik sanasidan boshlab hisoblanadi
Har bir patent uning egasi yoki unga xususiy egalik qiluvchi muayyan (jismoniy yoki yuridik) shaxsga beriladi. Patent egasi – patentning xususiy egasi va ushbu patentdan kelib chiqadigan mutlaq huquqlarning egasidir.
Patent o‘z egasiga sanoat mulki ob’ektlariga quyidagi alohida huquqlarni – ob’ektga egalik qilish, boshqarish va foydalanish bo‘yicha mutlaq huquqni beradi. Alohida huquqlar muhofazalangan ixtiro, sanoat namunasi va hokazolardan hech kim ruxsatsiz foydalana olmasligini (tayyorlash, sotish va hokazo) bildiradi. Shuni tushunib olish zarurki, patent turli ifoda shakllariga ega bo‘lgan texnik mohiyatni muhofaza qiladi, sanoat mulki ob’ektiga alohida huquqlar esa patent egasining muayyan tovar, buyumga egalik huquqi bor–yo‘qligidan qat’i nazar amal qiladi.


Download 321.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling