Reylining gravitasion modeli P. Krugmanning yangi iqtisodiy geografiyasi
Download 23.76 Kb.
|
4-mvzu ma]ruza matni.New Документ Microsoft Word
4-mavzu. SHAHARLAR IQTISODIYOTI RIVOJLANISHIDAGI QONUNIYATLAR Reja: 4.1 Zipfning “daraja-o‘lcham qoidasi” qonuni. O‘zbekiston shaharlarini Zipf qonuni bo‘yicha tadqiq etish 4.2 Reylining gravitasion modeli 4.3 P.Krugmanning yangi iqtisodiy geografiyasi 4.1 Zipfning “daraja-o‘lcham qoidasi” qonuni. O‘zbekiston shaharlarini Zipf qonuni bo‘yicha tadqiq etish Hozirgi paytda mamlakatimizdagi urbanizasiya jarayonlariga bevosita qo‘llash mumkin bo‘lgan nazariy ta'limotlarni o‘rganish muhim ilmiy va amaliy ahamiyat kasb etadi. Bizning fikrimizcha, bunday nazariy qarashlar jumlasiga "daraja-o‘lcham qoidasi" deb ataluvchi Zipf qonunini, Reylining gravitasion modelini hamda P.Krugmanning yangi iqtisodiy geografiyasini kiritish mumkin. Alohida mamlakatlar yoki mamlakat ichidagi alohida mintaqalar uchun turli miqyosdagi shaharlarning nisbati odatda Zipf qonuni (olim J. Zipf nomiga atalgan) yoki "daraja-o‘lcham qoidasi" deb ataladigan qonuniyatga asoslanadi. Unga ko‘ra, muayyan shahar aholisining soni mamlakatdagi eng yirik shahar aholisi sonining n qismini tashkil etadi. Bunda eng yirik shahar aholisi mamlakat aholisi soni va uning urbanizasiya darajasiga bog‘liq. Faraz qilamiz, mamlakatdagi eng yirik shahar aholisi 1 million kishi bo‘lsa, ikkinchi o‘rinni egallagan shahar 500 ming, uchinchi shahar – 333 ming, to‘rtinchisi – 250 ming kishi va h.k. bo‘lishi kerak. Tabiiyki, ayrim hollarda Zipf qonuni kuzatilmaydi va bu hol mamlakatda yaxlit shaharlar to‘ri shakllanmaganini anglatadi. Jumladan, ko‘pgina rivojlanayotgan mamlakatlarda eng yirik shahar odatda boshqa shaharlardan keskin ajralib turadi. Ammo shaharlar joylashuv tizimi rivojlangan sari, bunday tafovut qisqarib boradi. O‘zbekiston shaharlarini Zipf qonuni bo‘yicha tadqiq etish natijalari so‘nggi yillarda bu sohada ijobiy o‘zgarishlar yuz berganini ko‘rsatmoqda. Jumladan, 2000 yilda birinchi (Toshkent) va ikkinchi (Namangan) shaharlar orasida aholi soni bo‘yicha farq 5,5 martani, birinchi (Toshkent) va uchinchi (Samarqand) shaharlar orasida – 5,6 martani tashkil etgan bo‘lsa, 2020 y.da bunday farqlar mos ravishda 4,1 va 4,9 marta kamaydi. Yaqin-yaqingacha Toshkent O‘zbekistonning yagona aglomeratsiya markazi edi. So‘nggi yillarda Samarqand, Namangan shaharlari 500 ming kishilik chegaradan o‘tdilar va tasdiqlangan bosh rejalari bo‘yicha ular “millioner-shahar” mavqeiga da'vogar bo‘lib turibdilar. Andijon shahri ham tez orada shu darajaga yetadi. Bu esa yirik shaharlar “davri” kirib kelayotganidan dalolat beradi va bu jarayon asosan atrofdagi hududlarning shaharlarga qo‘shilib ketishi tufayli sodir bo‘ladi. 2005-2020 yillarda shaharlar soni bo‘yicha jiddiy o‘zgarishlar ro‘y bermagan bo‘lsada (faqatgina Jizzax viloyatidagi Marjonbuloq 2008 yilda o‘z shaharlik mavqeini yo‘qotdi), biroq O‘zbekiston shaharlar tarmog‘ida muayyan tarkibiy o‘zgarishlar ro‘y berdi. Kichik (2005 yildagi 87 tadan 2019 yilda 81 taga) va katta (mos ravishda 13 tadan 10 taga) shaharlar soni kamayib, o‘rta (2005 yildagi 16 tadan 2020 yilda 20 taga) va yirik (mos ravishda 3 dan 7 gacha) shaharlar sonining ortishi kuzatildi. Bu holat J.Zipfning urbanizasiya tabaqalashuvi nazariyasida bayon etilgan urbanizasion bosqichlarga mos keladi. Bu nazariya joylashuvning yirik shahar boshchiligidagi monosentrik tizimidan polisentrik tizimga o‘tishini, turli kattalikdagi shaharlar o‘rtasida aholining muntazam harakatini anglatadi va uch bosqichni o‘z ichiga oladi. Eng uzoq davom etadigan birinchi bosqichda yuqori aglomeratsiya salohiyatiga ega bo‘lgan, firmalar va iste'molchilarni o‘z chegarasi doirasida to‘play oladigan yirik shahar hukmronligiga asos solinadi. Yirik shahar o‘zining yuqori cho‘qqisiga yetadi; uning ta'sirida suburbanizasion jarayonlar boshlanib, shahar atrofi makoni yuzaga keladi. Natijada, ko‘plab markaziy shaharga intiluvchi va o‘zaro bog‘liq aholi punktlari hamda umumiy joylashuv tizimida iqtisodiy va hududiy jihatdan yaqqol ustun bo‘lgan yirik shahar boshchiligida monosentrik tizim shakllanadi. I bosqich oxiriga kelib, ushbu tizim migrantlar oqimiga bardosh bera olmay qoladi. Natijada, ikkinchi bosqichda o‘rta shaharlar ham migrasion o‘sishda o‘z ulushlarini ola boshlaydi, katta shahar esa hali ham o‘sishda davom etadi. Bu esa joylashuvning birmuncha murakkabroq tizimi – yagona yirik shahardan tashqari ko‘lami undan kichikroq, atrofdagi aholi punktlarini tortish kuchiga ega bo‘lgan bir nechta markazlardan iborat polisentrik tizimning shakllanishiga olib keladi. Uchinchi bosqichda, yirik va o‘rta shaharlarda aholining yuqori darajada jamlanishi yerning bahosi va yashash qiymatining o‘sishiga olib keladi. Bu esa mazkur hududlardan kichik shaharlarga migratsiya oqimini rag‘batlantiradi. Uchinchi bosqich oxiri urbanizasiya jarayonining birinchi siklini yakunlaydi, natijada hudud bo‘ylab tarqoq joylashgan turli darajadagi aholi punktlaridan iborat, barqaror polisentrik shahar tizimi shakllanadi. Istiqbol davrida yirik shaharlar salmog‘i bo‘yicha jiddiy o‘zgarishlar kutilmaydi. Bu holat aholi tabiiy o‘sish darajasining pastligi va katta shaharlar orasida yirik shahar darajasiga o‘tish imkoniyatining cheklangani bilan bog‘liq. Download 23.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling