Reylining gravitasion modeli P. Krugmanning yangi iqtisodiy geografiyasi


Download 23.76 Kb.
bet2/3
Sana08.05.2023
Hajmi23.76 Kb.
#1441847
1   2   3
Bog'liq
4-mvzu ma]ruza matni.New Документ Microsoft Word

4.2 Reylining gravitasion modeli
Reylining gravitasion modeli (Reylining chakana tortish qonuni yoki Reyli-Konvers modeli) – katta shaharlarda joylashgan yirik savdo markazlari ko‘p sonli xaridorlarni o‘ziga tortadi, bunda tortish kuchi o‘sha shahardagi aholi soni yoki savdo muassasasining savdo aylanmasi hajmiga teng. Bu model' I.N'yutonning butun olam tortishish qonuniga asoslangan bo‘lib, u 1931 yilda Texas universiteti professori Uil'yam Djon Reyli tomonidan empirik tadqiqotlar asosida ishlab chiqilgan hamda 1949 yilda Paul D. Konvers ishlarida to‘ldirilgan.
Reyli birinchi bo‘lib, chakana savdodagi raqobatni tahlil qilishdachakana tortish qonunini qo‘lladi va shahar (yoki savdo markazi) ning tortish kuchini aniqladi.
Keyinchalik aholi soni savdo aylanmasi yoki hudud ko‘lami (savdo maydoni) ko‘rsatkichi bilan, masofa kvadrati v daraja bilan, masofa ko‘rsatkichining o‘zi esa harakatlanish xarajatlarini ifodalovchi boshqa (manzilgacha yetib borishga sarflanadigan vaqt, yo‘lkira qiymati kabi) ko‘rsatkichlar bilan almashtirildi.
Quyidagi shart-sharoitlar mavjud bo‘lgan holatda ushbu qonun amal qilishi mumkin bo‘ladi:
- hudud bir xil: daryolar, yo‘llar va tog‘lar mavjud emas;
- iste'mol afzalligini, ya'ni tovar xarid qilish uchun qaerga borish zarurligini aniqlash mumkin, aks holda iste'molchilar shaharlar tanloviga befarq bo‘lib qoladilar;
- raqobatbardosh savdo markazlari mavjud.
Reyli-Konvers modeli ikki savdo markazi orasida xaridor ulardan har biriga teng ehtimollik bilan ketishi mumkin bo‘lgan loqaydlik nuqtasini topish imkonini beradi. Bunda loqaydlik nuqtasi savdo markazi va uning savdo maydonlarigacha bo‘lgan masofaga qarab aniqlanadi.
Reyli-Konvers modeliga ko‘ra, shaharlarda aholi soni qancha ko‘p bo‘lsa, ularning jozibadorligi shuncha yuqori bo‘ladi.
Reylining gravitasion modeli orqali ikki shaharning o‘zaro iqtisodiy aloqadorlik darajasini – ya'ni, mokkisimon mehnat migratsiyasi jarayonida ro‘y beradigan harakatlanishlar miqdorini aniqlash mumkin.
Shu bilan birga, Reylining gravitasion modelini qo‘llash imkoniyati cheklangan bo‘lib, undan shaharning o‘zida ishlab chiqarilgan mahsulotlardan qancha qismi bevosita iste'molga sarflanganini aniqlash ilojsiz. Vaholanki, ushbu omil marketing tadqiqotlarida muhim ahamiyat kasb etadi. Model' tadqiqotning dastlabki bosqichida savdo aylanmasi va yo‘lovchi aylanmasi ko‘rsatkichlarini tahlil qilishda taxminiy hisob-kitoblar orqali yoki tovar va xizmatlar yetkazib beruvchilarning ta'sir doirasini aniqlashda yoxud shahar tizimini nazariy jihatdan tavsiflashda qo‘llanilishi mumkin.



Download 23.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling