Rezina, shisha materiallaridan foydalanib turli XIL formadagi buyumlar modelarini tayyorlashni o`rganish reja


Download 0.56 Mb.
bet2/5
Sana24.12.2022
Hajmi0.56 Mb.
#1054990
1   2   3   4   5
Bog'liq
, shisha materiallaridan foydalanib turli xil formadagi buyumlar

Rezina buyumlar — rezina ishlatib tayyorlanadigan mahsulotlar. Mashina detallari va agregatlari tayyorlashda, xalq xoʻjalik isteʼmolida ishlatiladi. Rezina buyumlar texnik buyumlar va poyabzallarga boʻlinadi.
Rezina texnik buyumlar (RTB)ga qolipga quyib olinadigan buyumlar, qolipga quymasdan olinadigan buyumlar, transportyor lentalari, tasmalar, rezina quvurlar va boshqa kiradi. Qolipga quyib olinadigan RTB ga qistirmalar, zichlagichlar (salniklar, halqalar, chang , suv, moy oʻtkazmaydigan qopqoqchalar, rezinametall amortizatorlar va boshqalar) kiradi. Bular pressqolipta rezina aralashmasini quyib, soʻngra vulkanizatsiya qilib yoki bosim ostida quyib olinadi. Qolipga quymasdan olinadigan RTBga, asosan, avtomobil, samolyot, t.y. vagonlarining oynalarini zichlashda, bino panellari orasini zichlashda ishlatiladigan buyumlar kiradi. Ular turli uzunlik va koʻndalang kesimli qilib tayyorlanadi. Transportyor lentalari turli ishlarga moʻljallangan konveyerlarning elementi hisoblanadi. Lentalar, asosan, matolar qoʻshib tayyorlanadi. Juda mustahkam lentalar latunli poʻlat tros bilan armaturalanadi. Tasmalar avtomobil dvigatellarida, qishloq xoʻjaligi mashinalari, turli sanoat qurilmalaridagi tasmali uzatmanpng egiluvchan elementi boʻlib, yassi va ponasimon xillarga boʻlinadi. Yassi tasma transportyor lentalarga oʻxshash rezinagazlama plastinkadan koʻp qatlamli kilib tayyorlanadi. Ponasimon tasmalar trapetsiodal kesimga ega boʻlib, rezina qatlam tasmaning yetakchi qatlami va trapetsiyaning kichik asoslari orasida boʻladi, tasmaning tashqi qismi mato bilan qoplanadi.
Gaz, suyuklik, sochiluvchan materiallar va boshqalarni ortiqcha bosim yoki vakuum bilan uzatishda egiluvchan rezina quvurlar ishlatiladi. Bunday quvurlar rezinadan orasiga mato armatura qoʻyib tayyorlanadi.
Rezina buyumlar jumlasiga rezina poyabzallar ham kiradi. Ular yelimlab, shtamplab, qolipga quyib tayyorlanishi mumkin. Rezina poyabzallar oyoqlarni namdan, zararli muhitlardan, past tradan, shikastlanishdan asraydi. Ular, asosan, ish poyabzali hisoblanadi (yana q. Poyabzal)

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling