Rezina, shisha materiallaridan foydalanib turli XIL formadagi buyumlar modelarini tayyorlashni o`rganish reja


Download 0.56 Mb.
bet5/5
Sana24.12.2022
Hajmi0.56 Mb.
#1054990
1   2   3   4   5
Bog'liq
, shisha materiallaridan foydalanib turli xil formadagi buyumlar

Deraza oynasi ishlab chiqarish.
«Xo‘sh shisha hozir qanday usullar bilan ishlab chiqariladi?»-degan savol tug‘ilishi muqarrar. Bu savolga quyida keltirilgan oyna taxta sxemasi qisman bo‘lsa ham javob beradi.



qum, kvars

Ohaktosh, bo‘r, marmar

Soda, potash







Maydalash

Maydalash










Boyitish va quritish

quritish

Quritish







Unlash

unlash

Unlash







Elash

Elash

Elash







Bunker

Bunker

Bunker










Tortish va aralashtirish















Shixta eritish















Eritmani sovitish















Shishani cho‘zib qoliplash















Otjig qilish















Mexanik, kimyoviy va badiiy ishlash















Tayyor mahsulot




Kvar va oxaktosh singari qattiq xom ashyolar jag‘li maydalagichlarda bo‘lakchalarga ajratilib, temir oksidi kabi rang beruvchi birikmalardan tozalanadi. So‘ngra ular aylanma pech yoki kamerali quritgichlarda quritiladi, konusli bolg‘achali tegirmonda un holatiga keltiriladi. Elangan qumtuproq, ohaktosh va soda tortilib maxsus mashinalarda aralashtiriladi.


Manzarali rangli shisha ishlab chiqarishda esa bo‘yoq sifatida mis, xrom, temir, kobalt va boshqa metallarning oksidlaridan foydalaniladi. Shisha zavodidagi maxsus pechlarda 1500oS temperaturagacha pishiriladi. Pishirish jarayonini protokli vanna pechlarda amalga oshiriladi. Hozirgi vaqtda deraza oynalari vertikal yo‘nalishda cho‘ziladigan mashinalarda tayyorlanadi.




Bu mashinalarda uzliksiz shisha lentasi qoliplovchi moslamaning tirqishi orqali cho‘ziladi. Shishaning bunday usulda olingan shisha sifatliroq, shaffof, chiziqchasiz bo‘ladi. Mashinalarda oliplangan shisha eritmasi lentasi maxsus rejimda sovitiladi. Bu vaqtda shishaning ichki kuchlanishi sekinlik bilan yuqola boradi. Lenta sovib mashinadan chiqa borishi bilan tegishli o‘lchamlarda list qilib qirqiladi. Qirqim qalinligi 2-6 mm atrofida bo‘lib, o‘lchami 250x250 dan 1600x2200 mm gacha bo‘ladi.


Polirovkalangan vitrina shishasi va ko‘zgu olishda kuchlanishdan holi qilingan shisha sayqallash va yaltiratish stanoklariga yo‘naltiriladi. Dekorativ buyumlarga esa mexanik ishlovdan tashqarii, kimyoviy va badiiy ishlov ham beriladi. Natijada mahsulot yarqirab, jilva berib turadigan bo‘ladi.


Texnika shishasi ishlab chiqarish texnologiyasi.

Texnik shisha turlari juda ko‘p. Uning asosiy mahsulotlari quydagilar.



  1. kvars shishasi.

  2. optika shishasi

  3. nur texnikasi

  4. toblangan list shishasi

  5. tripleks list shishasi

  6. pollirovkalangan (egilgan) shisha

  7. kimyoviy laboratoriya shishasi

  8. termometrik shisha

  9. tibbiy shishalar

  10. elektrod shishalar

  11. elektr tokini o‘ta o‘tkazuvchan shishalar

  12. lyuminissent texnikasida qo‘llanadigan shishalar

  13. lazer texnikasi shishalari

  14. yo‘l belgilari yasashda ishlatiladigan shishalar-shisha mikrobo‘laklari

  15. atom texnikasi shishalari va boshqalar

kvars shishasi olish texnologik sxemasi quydagicha



Kvars qumi



Chayqalovchi stol ustida ishlov berish



Mexanik klassifikatorda yuvish



Vakuumda suvsizlantirish



Elektr pechida blok holida eritish



quvir holida cho‘zish

qoliplarga puflab joylash

Gidravlik pressda blokni presslash

Blokni, puflash presslash









kesish

kesish

kesish

Kesish,teshish shlifovkalash









shlifovkalash



shlifovkalash



shlifovkalash



Payvandlash









Diometri 20-50 mm li quvurlar

Diometri 60-500 mm li quvurlar, quvurlarning murakkab detallari, chashka,tigel, silindr va izolyator

Shisha brustlar, plastinkalar, yuzali izolyatorlar

Otjig, kuchlanishni yuqotish,kimyoviy apparatlar

Texnika shishasi barcha tarmoqlarda keng qo‘llanadigan universal materialdir. Birgina kvars shishalarining qo‘llanishini olib ko‘raylik, sovitgich, isitgich, vanna, idish, reaktor nasos, tigel, kolba, kovak, filtr, issiqlik texnikasi va metallurgiya termoparasi, g‘ilofi gaz va elektropech quvurlari, gaz gorekasi, nur texnikasida qo‘llanadigan yuqori voltli izolyator, katod va generator lampalarining detali, optik-kimyoviy sanoati tasviriy shishasi va h.zo. Shisha yaqindan boshlab, atom va raketa texnikasi va kvant elektrotexnikasida qo‘llanilmoqda. U atom texnikasida nur sochilishidan saqlanish, nur tarqalishini dozirovka qilish, radioktiv nurdan saqlanish kabi muhim vazifalarni ham bajaradi.
Kvant elektrotexnikasida esa aktiv modda (neodim,erbiy, itterbiy, seriy va samariy oksidlari) dan tayyorlangan shisha asrimizning 60-70 yillaridan boshlab lazer sifatida ishlatilmoqda. Lazer olmos, yoqut, volfram, korund kabi moddalarni sariyog‘dek kesishi, teshishi va payvandlashi ularning metallurgiya, mashinasozlik, kimyo, qog‘oz va to‘qimachilik sanoati korxonalarida katta ahamiyatga ega ekanligidan dalolot beradi.
Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling