Rieltorlik faoliyatining ob'ekti va nazariy asoslari
Download 13.6 Kb.
|
13- mavzu Rieltorlik faoliyatining ob\'ekti va nazariy asoslari-fayllar.org
Rieltorlik faoliyati rieltorlik faoliyati soxasidagi vakolatli davlat organi tomonidan beriladigan rieltorlik faoliyatini amalga oshirish xuquqini beruvchi litsenziya asosida amalga oshiriladi.
Rieltorlik faoliyatini litsenziyalash tartibi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi tomonidan belgilanadi. Rieltorlik tashkiloti litsenziyaga ega bo'lgan tijorat tashkilotidir.Rieltorlik tashkiloti litsenziyaga ega bo'lgan tijorat tashkilotidir. Rieltorlik tashkiloti qonun xujjatlarida nazarda tutilgan xar qanday tashkiliy-xuquqiy shaklda tashkil etilishi va o'z faoliyatini amalga oshirishi mumkin. Rieltorlik tashkiloti shtatida rieltorning malaka sertifikatiga (bundan buyon matnda malaka sertifikati deb yuritiladi) ega bo'lgan kamida ikki nafar xodim, shu jumladan rieltorlik tashkilotining raxbari bo'lishi kerak. Rieltorlik tashkilotiga uning raxbari arizasiga ko'ra bir yoki bir necha turdagi rieltorlik xizmatlari ko'rsatish uchun litsenziya berilishi mumkin. Rieltorlik tashkiloti rieltorlik faoliyatidan tashqari boshqa faoliyat turlarini amalga oshirish xuquqiga ega emas. Rieltorlik tashkiloti davlat xokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan tashkil etilishi mumkin emas. Rieltorlik tashkiloti o'z faoliyatini o'z fuqarolik javobgarligini sug'urta qilish polisi mavjud bo'lgan taqdirda amalga oshiradi. Rieltor malaka sertifikatiga va litsenziyaga ega bo'lgan, yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi jismoniy shaxsdir. Rieltorga litsenziya ko'chmas mulk bozorida faqat axborot va maslaxat xizmatlari ko'rsatish uchun beriladi. Rieltor o'z fuqarolik javobgarligini sug'urta qilish polisiga ega bo'lishi kerak.Rieltor malaka sertifikatiga va litsenziyaga ega bo'lgan, yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi jismoniy shaxsdir. Rieltorga litsenziya ko'chmas mulk bozorida faqat axborot va maslaxat xizmatlari ko'rsatish uchun beriladi. Rieltor o'z fuqarolik javobgarligini sug'urta qilish polisiga ega bo'lishi kerak. Download 13.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling