Rimda siyosiy kurashning keskinlashuvi
Download 14.84 Kb.
|
rimda keskinlashuv
Rimda siyosiy kurashning keskinlashuviEr. avv. I asrda Italiyada ittifoqchilar urushi bo’lib o’tdi. Rimning Italiyalik ittifoqchilari rimliklar bilan birga harbiy xizmatning barcha majburiyatlarini o’tab bundan hech qanday yengillik foyda olmadilar. Italiya aholisining turli toifalari Rim fuqaroligiga ega bo’lishga harakat qildilar. Dehqonlar yerga egalik qilish kafolatlariga muhtoj edilar. Yersiz dehqonlar va qo’shinda harbiy xizmat muddatini o’tagan veteranlar yer ulushi olish, shahar plepesi esa turli xayr-ehson, oziq-ovqat mahulotlarini tekin olish ilinjida edilar. Rim davlati respublikaning I asrlarida ittifoqchilarning ancha qismiga Rimga ko’chib o’tib, uni fuqarolari bo’lish huquqini berdi. Vaqt o’tishi bilan bunday imkoniyatlar cheklandi. Rimni o’rtayerdengizi davlatiga aylanishi bilan Italiya federatsiyasi kamroq rol o’ynadi. Rimda Italiya aholisiga past nazar bilan qarash an’anasi kuchaydi. Italiyadagi vaziyat juda keskin edi, yetarlicha siyosiy tajribaga ega bo’lgan nobillarning ba’zi bir vakillari norozilikni faqat o’z vaqtida o’tkarilgan islohotlar norozilikni oldini olish mumkin edi. Bu islohotlarni o’tkazish tashabbusi bilan er. avv. 91yilda tribun qilib saylangan optimat Kichik Liviy Duruz chiqdi. U Rim fuqarolari va italiyaliklarni keng qatlamlariga suyangan holda senat obro’ini mustahkamlash, shu bilan bir vaqtda kuchayib ketayotgan suvoriylarni zaiflashtirish maqsadini ko’zladi. U quyidagi qonun loyihalarini taklif qildi: 1. Barcha italiyaliklarga fuqarolik huquqini berish; 2. Kampaniya va Sitsiliyadagi hali taqsimlanmagan jamoa yerlariga Rim fuqarolari koloniyalarini tashkil qilish; 3. Senatorlarning sud komissiyasiga provinsiya noiblari su’istemollari to’g’risidagi ishlarni berish, shu bilan birga senatni 300 suvoriy bilan to’ldirish; 4. Eng kambag’al fuqarolarga arzon non sotishni ko’paytirish. Birinchi punkt eng ko’p qarshilikka uchradi. Ittifoqchilar to’g’risidagi masala muhokama qilinadigan xalq kengashidan bir kun oldin Liviy Druz o’ldirildi. Liviy Druzni o’ldirilganligi, uni qonun loyihasi rad etilganligi haqidagi xabar Rimga qarshi ittifoqchilarni urushini keltirib chiqardi (er. avv. 91-88-yilllar). Rim bu urushga bor kuchini to’pladi, eng yaxshi lashkarboshilar Gay Mariy, Lutsiy Korneliy Sulla, Litsiniy Krass va hatto ozod qo’yilgan qullar ham safarbar qilindi. Urush davomida rimliklar yon berishga majbur bo’lib, Rim fuqaroligini barcha Italiyaliklarga va Rimga sodiq qolgan etrusk va umbrlarga berish to’g’risidagi qonun qabul qilindi, keyin esa ikki oy davomida qurolini topshiradigan qozg’olonchi ittifoqchilarga ham fuqarolik va’da qilindi. Faqat shundan keyingina qo’zg’olonchilar o’rtasida ajralish boshlandi. Urushni oxirigacha davom ettirmoqchi bo’lgan mars va boshqa qabilalarning shahar va qishloqlari kultepaga aylantirildi. Urush quyidagi asosiy natijalar bilan tugadi: -Rim rasmiy jihatdan ham jamoa davlat sifatida yashashni to’xtatdi; -Ittifoqchi jamoalar mahalliy o’z-o’zini boshqaruvini saqlab qolgan yagona davlat tarkibiga kirgan shahar-munisipiylarga aylandi; -Munisipiylar ichki qurilishda Rim tartiblarini o’zlashtira oldilar. O’z-o’zini boshqaruvning bosh organi xalq yig’ini saylagan sobiq magistrantlar, 100 dekurionlardan saylangan senat (kuriya) edi. Senat a’zolari odatda boy shaharliklar, o’rta yer egalariquldorlar edi; -Italiyani Rim fuqaroligi bilan yagona davlatga birlashuvidan birinchi navbatda boy italiyaliklar foyda ko’rdilar, jumladan dekurionlar toifasi shu vaqtdan boshlab hukmron sinfning iqtisodiy va siyosiy jihatdan kuchli guruhi sifatida o’rin egallay boshladi; -Italiya iqtisodiyotida quldorlik munosabatlari jamoalar aro doiradan chiqib yanada ntensive rivojlana boshladi; -Asosan yersizlikdan azob chekkan Italiya dehqonlari veteranlar sifatida provinsiya yerlarini egallash imkoniga ega bo’ldilar. Provinsiyalarda italiyalik savdogarlar, sudxo’rlar, ijarachilar hamda hunarmandlar keng faoliyat ko’rsata boshladilar. Eng kambag’al italiyaliklar, legionerlar va davlat yordamini oladigan Rim yo’qsillari safini to’ldirdilar; Rim fuqarolari sonini 400 mingdan 200 mln.gacha o’sishi ijtimoiy-toifaviy ziddiyatlarni tugatmadi, balki yanada kuchaytirdi. Ittifoqchilar urushida rimliklarning g’alabasi juda qimmatga tushdi. Italiya shahar va qishloqlari vayron qilindi, juda ko’p qurbonliklar berildi. Iqtisodiy tushkunlik boshlanib, pul qadrsizlandi. Iqtisodiyotdagi tushkunlik rim jamiyatida ijtimoiy ziddiyatlarni keskinlashuvi bilan birgs bordi. Tashqi siyosatda bu vaqtda jiddiy muammolar tug’ildi. Rim respublikasini og’ir vaziyatidan foydalangan Pont podshosi Mitridat VI Yevpator rimning Osiyodagi provinsiyalariga bostirib kirdi. Er. avv. 88-yilda Rim chuqur ichki yo’qotishlar va qonli tashqi urushlar bag’riga kirdi. Download 14.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling