Риштон тумани хтмфмттэб тасарруфидаги 36 – умумий ўрта таълим мактаби бошланғич синф ўқитувчиси


Download 45 Kb.
bet1/3
Sana13.04.2023
Hajmi45 Kb.
#1352485
  1   2   3
Bog'liq
Zulfiyaxonim-izdoshlari

``Zulfiyaxonim izdoshlari``

1-boshlovchi.


Assalomu alaykum,ey nuri ziyolarim,
Alpomish, Barchinoy-u, Rustam-u dostonlarim.
Yurtimning kelajagi, ey bag’ri osmonlarim.
Davralarda o’zbekcha so’zligingiz muborak,
O’zbekona lutfingiz, o’zligingiz muborak.

2-boshlovchi.


Shukrona aytamiz, qutlug’ kunlarga,
Ma’no-yu mazmunga to’liq kunlarga.
Farovon, nurafshon ulug’ kunlarga
Ey ozod diyorim, O’zbekistonim!
Ey obod diyorim, O’zbekistonim!

1-boshlovchi.


Assalomu alaykum,aziz ustozlar!Hurmatli tengdoshlar,maktabdoshlar

2-boshlovchi.


Assalomu alaykum, tadbirimizni tomosha qilgani tashrif buyurgan mehmonlar!

1-boshlovchi.


Ayolini asragan,ulug’lagan xalq—buyuk xalq. Ayollari baxtli elning farzandlari esa barkamol, kelajagi nurafshondir.

2-boshlovchi.


O’zingiz umrning avvali-boshi
Farzandlar qalbining porloq quyoshi
Jannat chamanining mohir naqqoshi
Yolg’iz siz o’zingiz, aziz ayollar!

1-boshlovchi.


Bahor asli sizning ko’nglingizdadur,
Sadoqat va vafo yo’lingizdadur.
Dunyoning beshigi qo’lingizdadur,
O’zingiz azizsiz, aziz ayollar.

2-boshlovchi.


Biz bejizga so’zimizni ayollar ta’rifidan boshlamadik.``Nafa-qat o’z she’rlari, balki butun hayoti bilan o’zbek ayolining ma’naviy qiyofasini namoyon etgan atoqli shoiramiz Zulfiyaxonimni ham men ana shunday fidoyi insonlar qatoriga qo’shgan bo’lardim. Uning jahon minbarlaridan yangragan she’rlari Sharq ayolining aql-u zakosi, fazl-u kamolining yorqin ifodasi sifatida millionlab she’riyat muxlislariga odamiylik, muhabbat va sadoqatdan saboq bergan, desak, mubolag’a bo’lmaydi ``degan edi hurmatli Prezidentimiz Islom Abdug’aniyevich Karimov

1-boshlovchi.


Prezidentimiz Islom Karimovning 2014-yil 31-oktabrdagi ``O’zbekiston xalq shoiri Zulfiya tavalludining 100 yilligini
nishonlash to’g’risida`` gi qarorini xalqimiz, keng jamoatchilik ayol zotiga, adabiyotimiz hamda ajdodlarimizga yuksak ehtirom namunasi sifatida kutib oldi.

Download 45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling