Риштон тумани хтмфмттэб тасарруфидаги 36 – умумий ўрта таълим мактаби бошланғич синф ўқитувчиси
Download 45 Kb.
|
Zulfiyaxonim-izdoshlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-boshlovchi.
- 2-boshlovchi.
2-boshlovchi.Bugun mamlakatimiz ahli har bahorni shoira Zulfiya tavallud topgan kunni nishonlash bilan kutib olishni an’anaga aylantirdi.Shoira kitoblarini yurtimizdagi ko’plab oilaviy kutubxonalar javonida ko’rish mumkin.Prezidentimizning 1999-yil 10-iyundagi qaroridan so’ng har yili yurtimizdagi iste’dodli qizlardan bir guruhi Zulfiya nomidagi davlat mukofoti bilan taqdirlanmoqda. 1-boshlovchi.Bizning maktabimizda ham o’zining a’lo o’qishlari,ijodkorligi,iste’dod va qobiliyatlari bilan Zulfiyaxonim qizlaridan qolishmaydigan o’quvchi qizlarimiz ta’lim oladilar.Zulfiya,tavalludining 104 yilligiga bag’ishlab mana shu qizlarimiz o’rtasida belllashuv tashkil etganmiz. 2-boshlovchi.Bellashuvimiz shartlari bilan tanishtirib o’tamiz.Birinchi shart—tanishtiruv sharti bo’lib,bu shartda qizlarimiz o’z jamoalarini tanishtiradilar. 1-boshlovchi.Ikkinchi shart—savol-javob sharti bo’lib,bunda qizlarimizning Zulfiya hayoti va ijodini qanchalik o’zlashtirganliklarini билиб оламиз. 2-boshlovchi.Uchinchi shartda Zulfiyaxonim she’rlari asosida qizlarimizning badiiy o’qish mahoratlarini sinab ko’ramiz. 1-boshlovchi.To’rtinchi shartimiz ``Arzanda bo’lmang, pazanda bo’ling`` deb nomlanib, qizlarning vitaminlarga boy salatlar tayyorlash sirlarini qanchalik egalliklarining guvohi бўламиз. 2-boshlovchi.Beshinchi shartimiz erkin mavzu bo’lib, bu shartda guruhlarning bo’sh vaqtlarini qanday mazmunli tashkil etishlari haqida ma’lumotga ega bo’lamiz. 1-boshlovchi.Gul bo’lib,gul-gul yonib Gulshan aro Gulchehralar, Gul bo’lib, o’ynar qo’yib Qo’lga hino Gulchehralar 2-boshlovchi.Marhabo:ey,aziz qalbim xumori, Ulug’ mujdalaringmana,qo’limda. Kuchga to’l!Guvilla,yurtim bahori! Chechaklar porlasin yurgan yo’lingda. 1-boshlovchi.Bahor-olam va odam yangilanadigan faslning boshlanish arafasida tavallud topgan Zulfiya Isroilova hayoti va ijodi haqidagi qizlarimiz bilimlarini sinab ko’ramiz. Guruhlar navbatma-navbat tezkor savollarga javob beradilar Download 45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling