Risk tushunchasi va noaniqlik tizimi. Moliyaviy risk va uning tasniflanishi. Moliyaviy risklarni boshqarish


Download 141.09 Kb.
Sana03.11.2023
Hajmi141.09 Kb.
#1743655
Bog'liq
Finansliq riskler

  • Risk tushunchasi va noaniqlik tizimi.
  • Moliyaviy risk va uning tasniflanishi.
  • Moliyaviy risklarni boshqarish.

Reja:
14-mavzu: Moliya va risklar
  • Risk tushunchasi va noaniqlik tizimi

Risk nima?
Risk - ko’plab ustma-ust tushmaydigan, ba’zan esa qarama-qarshi real asoslarga ega bo’lgan murakkab hodisa.
Risk – faoliyat jarayonida turli xil omillarning o’zgarishi natijasida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan xatar yoki xatarlar majmuasi.
Risk – tadbirkorlik faoliyatiga ta`sir etuvchi eng asosiy elementlaridan biri.
Risk bo’yicha nazariy qarashlar

Mualliflar

Riskga oid nazariy qarashlar

O.O.Olimjonov,
T.S.Malikov

Zararlarni vujudga kelishi yoki daromadlarning ko‘zda tutilgan darajadan kamroq olinishi ehtimoliga risk deyiladi

V.V.Kovalyov

Risk bu moliyaviy yo‘qotish darajasini belgilaydi:
  • qo‘yilgan maqsadga yetib bormaslik;
  • noaniqlik holatda natijani belgilash;
  • subyektiv holatda belgilangan natijani baholashni o’zida aks ettiradi.

P.Samuelson

Noaniqlilik qarama-qarshiliklar natijasida kelib chiqadi, ya`ni insonlar nimalarni kutmoqdalar-u, nimalar sodir bo`lmoqda, buning natijasi esa foyda yoki zararda namoyon bo`ladi

V.T.Sevruk

Risk - bu zarar ko`rish yoki manfaatni qo`ldan chiqarish bilan bog`liq ehtimollar o`lchamidir

G.Panova

Risk kutilmagan hodisalar yuzaga kelganida yo`qotish xavfi yoki imkoniyatidir

Risk funksiyalari
Rag`batlantiruvchi
Himoyalovchi
Foydaning riskka bog‘liqligi
Moliyaviy risklar deganda korxonalarning boshqa moliyaviy tashkilotlar bilan o`zaro moliyaviy munosabatlarini amalga oshirish jarayonida yuzaga keladigan risklarni tushunish mumkin. Bularga misol qilib, korxonalarni tijorat banklari, sug`urta kompaniyalari, investitsion kompaniyalar, fond birjalari va boshqa moliyaviy muassasalar bilan moliyaviy munosabatlarni amalga oshirish jarayonida vujudga keladigan moliyaviy risklarni kiritishimiz mumkin. Korxonalarda moliyaviy risklarni yuzaga kelishiga misol uchun, inflyatsion omillar, banklarda kreditlarni foiz stavkalari ortib ketishligi, qimmatli qog`ozlarning narxining tushib ketishligi kabi omillar ta'sir qiladi.
2. Moliyaviy risklar va ularning tasniflanishi
Moliyaviy risklarni korxonalar foydasiga ta'sirini baholash va kamaytirish maqsadida risklarning turli belgilari bo`yicha tasniflash muhim ahamiyat kasb etadi. Korxonalar joriy va uzoq muddatli vazifalarni amalga oshirishlarida qator risklarga duch keladilar. Shuning uchun risklarning tabiati va turlarini yoritish uchun ularni tasniflash maqsadga muvofiqdir.
Moliyaviy risk turlarining deyarli barchasi korxonalari moliyaviy ko`rsatkichlariga ta'sir etadi, lekin korxona qaysi iqtisodiyot tarmog`ida o`z faoliyatini yuritishiga qarab, risklar ta'siri darajasi ham o`zgarishi mumkin.
Moliyaviy risklar:
Bozor riski
Valyuta riski
Kredit riski
Inflatsiya riski
Investitsion riski
Foiz riski
Moliyaviy risklar ta’sirini kamaytirishdan olinadigan foyda va buning uchun zaruriy sarf-xarajatlar o‘rtasida muvozanatga erishish uchun yo‘naltirilgan murosani ishlab chiqish jarayoni, shuningdek, buning uchun qanday choralar ko‘rilishi lozimligi (jumladan, qandaydir harakatni rad qilish) bo‘yicha qaror qabul qilish moliyaviy risklarni boshqarish deb ataladi.
Moliyaviy risklarni boshqarish – risklarni tasniflash, identifikatsiyalash, tahlil qilish va baholash, riskdan himoyalanish usullarini ishlab chiqishga yo‘naltirilgan boshqaruv faoliyatidir.
3. Moliyaviy risklarni boshqarish
Moliyaviy risklarni boshqarish jarayonining umumiy sxemasi
Moliyaviy risklarni kamaytirish usullari
Moliyaviy risklarni diversifikatsiyalash
Moliyaviy risklarni diversifikatsiyalash deganda risk darajasini va daromaddan yo‘qotishlarni kamaytirish maqsadida bir-biriga bevosita bog‘liq bo‘lmagan turli kapital qo‘yilmalar obyektlari o‘rtasida investitsiya mablag‘larini taqsimlash
Moliyaviy risklarni sug‘urtalash
Sug‘urtalovchi muayyan kelishilgan mablag’ evaziga sug‘urtalanuvchi tomonidan sug‘urta shartnomasida nazarda tutilgan xavf oqibatida yuzaga kelgan zarar yoki uning bir qismini to‘lash majburiyatini o‘z zimmasiga olishi
Moliyaviy risklarni hejirlash
Moliyaviy risklarni hejirlash valyuta kurslari, tovarlar narxi, foiz stavkalari va boshqalarning kelgusida salbiy o‘zgarishlari natijasida moliyaviy operatsiyalar riskini cheklash yoki istisno etishga imkon beradigan chora-tadbirlar tizimi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati:
1. Bodi Z., Merton R.S., Cleeton D.L. Textbook. Financial economics. New Jersey: “Pearson Education”, 2016. – 500 p.
2. Malikov T. Moliya. O‘quv qo‘llanma. –T.: “Iqtisod-moliya”, 2018. -267 b.
3. Fozilchayev Sh., Xidirov N. Moliyaviy risklar nazariyasi. O‘quv-uslubiy qo‘llanma. T.: “Iqtisod-moliya”, 2019. 239 b.
4. Шапкин А.С., Шапкин В.А. Экономические и финансовые риски. Оценка, управление, портфель инвестиций. Учебник. — М.: “Дашков и Ко”, 2016.
Download 141.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling