Risk tushunchasi


Download 1.96 Mb.
bet2/3
Sana01.04.2023
Hajmi1.96 Mb.
#1316140
1   2   3
Bog'liq
IQTISODIY FAOLIYATDA TADBIRKORLIK RISKINI SUG’URTALASH

moliyaviy riskni vujudga keltiradi. Moliyaviy risk moliya-kredit, fond birjasi sohalarida, qimmatli qog‘ozlar operatsiyasini amalga oshirishda yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan yo‘qotishlarni ifodalaydi.
  • Moliyaviy risklarga, shuningdek, kredit riski, foiz riski, valuta riski, moliyaviy natijani boy berish riski kabilarni kiritish mumkin.
    • Investitsion risk korxonaning investitsion faoliyati jarayonida ko‘zda tutilmagan moliyaviy yo‘qotishlarning paydo bo‘lishini anglatadi. Ya’ni, korxona qimmatli qog‘ozlarining sotilmay qolishi yoki ular keltiradigan daromadning pasayib ketishi, investitsiya loyihalarining amalga oshmasligi shular jumlasidandir.
    • Tadbirkorlik faoliyatida riskning salbiy ta’sirini kamaytirish maqsadida u baholab boriladi.
    • Tadbirkorlik riskini baholashning bir qator usullari mavjud. Jumladan: statistik, analitik, analogiya va ekspert baholash usuli.
    • EHTIMOLIY RISKNI HISOBLASH
    • Risk yoki tavakkalchilikni o‘lchashning asosi ehtimol tushunchasi bilan bog‘liq. Amerikalik olim F. Nayt (1885 – 1972) ehtimolni ikki turga bo‘ladi: matematik, ya’ni oldindan aniqlash mumkin bo‘lgan ehtimol va statistik ehtimol.
    • Birinchi turdagi ehtimolni obyektiv ehtimol desak, u iqtisodiyotda kamroq uchraydi, ikkinchi turdagi ehtimol subyektiv ehtimol bo‘lib, biznesga xosdir. Ham obyektiv, ham subyektiv ehtimollar tavakkalchilik darajasini ifodalashda va tanlashda foydalaniladi. Obyektiv ehtimol o‘rtacha qiymatni aniqlashga yordam bersa, subyektiv ehtimol olinishi mumkin bo‘lgan natijalarning o‘zgaruvchanlik mezonini aniqlashga yordam beradi.
    • Tavakkalchilikni miqdoriy aniqlash uchun biror voqea yoki hodisaning olib kelishi mumkin bo‘lgan oqibatlarini va bu oqibatlarning ehtimolini bilish kerak bo‘ladi. Kutiladigan miqdor – bu mumkin bo‘lgan barcha natijalarning o‘rtacha o‘lchangan qiymatlari. Bu yerda har bir natijaning ehtimoli ushbu mos qiymatlarning takrorlanish chastotasi yoki o‘lchovidir.
    • Bu yerda xi – mumkin bo‘lgan natija;
    • Pi (Probability) – ushbu natijaning paydo bo‘lish ehtimoli:
    • Masalan, tadbirkor yangi mahsulot ishlab chiqarmoqchi. Agar tadbirkorning yangi mahsuloti bozorda muvaffaqiyatga erishsa, har bir mahsulot birligiga 10000 so‘m foyda olish mumkin, agar muvaffaqiyatga erishmasa, bir birlik mahsulot uchun 1 000 so‘m olinadi.
    • Korxona mahsulotining bozorda muvaffaqiyatga erishish ehtimoli 0,6 ga teng bo‘lsa, bir birlik mahsulotdan kutiladigan foyda miqdori quyidagicha aniqlanadi:
    • Insonlar riskka, ya’ni tavakkalchilikka borishga tayyorligi bilan birbiridan farq qiladi. Insonlar riskka borishga tayyorligi bo‘yicha uch turga bo‘linadi:
    • – riskka, ya’ni tavakkalchilikka borishga moyil insonlar;
    • – riskka borishga qarshi, ya’ni moyil emas insonlar;
    • – riskka befarq qaraydigan insonlar.
    • Tavakkalchilikka qarshi bo‘lgan inson deganda shunday inson tushuniladiki, kutiladigan daromad berilganda, u tavakkalchilik bilan bog‘liq natijalarga nisbatan, kafolatlangan natijani ustun ko‘radi. Shuning uchun ham tavakkalchilikka borishga moyillikning yo‘qligi ko‘pchilik insonlar ga xosdir.
    • Tavakkalchilik ular uchun og‘ir sinovdek hisoblanadi va ular ma’lum kompensatsiya bo‘lgandagina tavakkalchilikka borishi mumkin. Tavakkalchilikka befarq qaraydigan inson shunday inson hisoblanadiki, kutiladigan daromad berilganda, u kafolatlangan natijani ma’qul ko‘rib, tavakkalchilik bilan bog‘liq natijalarga befarq qaraydi.
    • Tavakkalchilikka neytral qaraydigan inson uchun o‘rtacha foyda muhim hisoblanadi.
    • Tavakkalchilikka moyil bo‘lgan inson shunday inson hisoblanadiki, kutiladigan daromad berilganda u kafolatlangan natijaga nisbatan tavakkalchilik bilan bog‘liq natijani ustun ko‘radi. Tavakkalchilikka qiziqadigan inson undan bahra oladi. Bunday turdagi insonlarga o‘z taqdirini sinab ko‘rish uchun barqaror daromaddan voz kecha oladigan insonlar kiradi. Riskni pasaytirishning quyidagi turlari mavjud: diversifikatsiya, sug‘urtalash, tavakkalchilikni taqsimlash, axborot izlash.
    • Diversifikatsiya usulida risk bir necha tovarlarga taqsimlanadi, ya’ni biror tovarni sotish (sotib olish) yuqori risk bilan bog‘liq bo‘lishi boshqa bir tovarni sotishdan (sotib olishdan) bo‘ladigan riskni kamaytirishga olib keladi.
    • Masalan, biror firma ikki xil mahsulot ishlab chiqaradi. Ma’lumki, bir vaqtning o‘zida ikkala mahsulot turiga bo‘lgan talabning kamayib ketish ehtimoli, ulardan bittasiga bo‘lgan talabni kamayib ketish ehtimolidan yuqori.
    • Ko‘p hollarda bir turdagi mahsulotga bo‘lgan talab kamayganda ikkinchi turdagi mahsulotga bo‘lgan talab oshadi. Quyidagi jadvalda ikki turdagi mahsulotdan olinadigan daromadlar keltirilgan.
    1   2   3




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling