Risk va minimallashtirish texnologiyalari


Download 0.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/15
Sana23.12.2022
Hajmi0.98 Mb.
#1048631
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Nosug‘urtaviy risklar – bu risklar obyektiv mavjud bo‘ladi, ammo sug‘urtalovchi 
mas’uliyati hajmiga qo‘shib, ya’ni sug‘urtaga qabul qilib bo‘lmaydi. 
Xavf-xatar manbalaridan kelib chiqib risklarni quyidagilarga bo‘lish mumkin: tabiiy 
ofatlar (er qimirlashi, sel, do‘l va b.) bilan bog‘liq bo‘lgan va insonning ongli xatti-
harakati (o‘g‘irlik, talonchilik va boshqa g‘ayri huquqiy xatti-harakatlari bilan 
bog‘liq bo‘lgan, shuningdek yuqorida sanab o‘tilganlarning aralash risklari (misol 
uchun, mutaxassis-epidemiologning maqsadli harakati bilan yuzaga keluvchi 
epidemiyalar). 
Sug‘urtalovchining mas’uliyati hajmi bo‘yicha risklar yakka tartibdagi (masalan, 
tasviriy san’at asarlarini tashish va ko‘rgazmasi) va universal (masalan, muntazam 
uchrovchi mulkiy risk –o‘g‘irlik) turlarga bo‘linadi. 
Risklar natijasidagi yo‘qotishlar turlariga quyidagilar kiradi: moddiy, moliyaviy
mehnat,vaqtli, obro‘li (ishonch), ekologik yoki sog‘likka ziyon etkazilishi. 
Risklarni boshqarish o‘zining mohiyati bo‘yicha har qanday iqtisodiy tizim 
(jarayon)ning zaruriy tarkibiy qismi hisoblanadi. Risk hajmi olinadigan daromad 
bilan bevosita proporsionaldir.Bundan ko‘rinib turibdiki, har qanday xo‘jalik 
yurituvchi subyektning, tizimning faoliyatini samaradorligi to‘laligicha risklarni 
boshqarish jarayonini qanchalik samarali tashkil qilinganligiga 
bog‘liq. 
Riskni boshqarish (risk-menejment) – ko‘p bosqichli jarayon bo‘lib, uning maqsadi 
noqulay holatlar yuzaga kelganda obyektning ko‘rishi mumkin bo‘lgan zararlarini 
kamaytirish yoki kompensatsiyalash hisoblanadi. 
Riskni boshqarishning quyidagi asosiy bosqichlari mavjud : 
> risk obyektining tahlili
> riskni aniqlash; 
> riskni baholash
> riskka ta’sir etish usullarini aniqlash; 
> qaror qabul qilish


35 
> riskka bevosita ta’sir o‘tkazish; 
> boshqarish jarayoni natijalarini nazorat va tahrir qilish. 
Risk tahlili – boshlang‘ich bosqich bo‘lib, uning maqsadi obyektning hozirgi 
vaqtdagi tarkibi, xususiyatlari haqida, kelajakda uning holatini o‘zgarishi haqida 
zarur axborotlarni olish hisoblanadi.Riskni aniqlash bosqichi obyektning mavjud 
risklarini tavsifini, ya’ni ularning sifat jihatlari va ta’rifini nazarda tutadi. 

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling