Risk va minimallashtirish texnologiyalari
Sug’urta- riskni minimallashtirishda eng optimal yechim
Download 0.98 Mb. Pdf ko'rish
|
3. Sug’urta- riskni minimallashtirishda eng optimal yechim.
Risk darajasini kamaytirishning eng muhim va keng tarqalgan usuli riskni sug‘urta qilish hisoblanadi. Sug‘urtalanuvchi (yoki sug‘urtalangan) – sug‘urtalanayotgan shaxs. Sug‘urtalovchi – sug‘urta qilayotgan shaxs. Sug‘urta summasi – sug‘urtalanuvchining mol-mulki, hayoti, sog‘lig‘i sug‘urta qilingan pul mablag‘i miqdoridir. Sug‘urta hodisasi yuz berganda sug‘urtalovchi tomonidan sug‘urtalanuvchiga ushbu summa to‘lab beriladi. Sug‘urta summasini to‘lash sug‘urta qoplamasi deb ataladi. Sug‘urta to‘lovi sug‘urtalangan shaxs tomonidan sug‘urtalovchiga to‘lanadi. Umumiy holatda sug‘urta – bu shunday bitimki, unga muvofiq sug‘urtalovchi (masalan, qandaydir sug‘urta kompaniyasi) muayyan kelishilgan mukofot evaziga (sug‘urta mukofoti) sug‘urtalanuvchi yoki u tomonidan sug‘urtalangan mol-mulk duchor bo‘lgan sug‘urta shartnomasida nazarda tutilgan xavf-risk va (yoki) hodisalar (sug‘urta hodisasi) oqibatida yuzaga kelgan zarar yoki uning bir qismini (sug‘urta summasi) to‘lash majburiyatini o‘z zimmasiga oladi. Shunday qilib, sug‘urta pul badallari hisobidan maqsadli sug‘urta fondini shakllantirish va undan zararni qoplash hamda sug‘urta summasini to‘lash uchun foydalanish bo‘yicha uning qatnashchilari o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlar majmuini o‘zida aks ettiradi. Sug‘urta zararni bartaraf etish maqsadida sug‘urta mukofoti yoki sug‘urta badali to‘lashni (sug‘urta uchun siz to‘laydigan narx) nazarda tutadi. Sug‘urta polisini sotib olar ekansiz, siz sug‘urta yo‘qligi tufayli ancha katta zarar ko‘rish ehtimoli o‘rniga kafolatlangan xarajat qilishga (polis uchun to‘lanadigan sug‘urta badali) rozilik bildirasiz. Masalan, agar siz mashina sotib olgan bo‘lsangiz, baxtsiz hodisalar, o‘g‘irlab ketish, siz yoki atrofdagi boshqalarga yetkazilishi mumkin bo‘lgan tan jarohatlaridan sug‘urtalash kabi sug‘urta turlaridan biriga muqarrar ravishda murojaat etasiz. Bugun sug‘urta badali 1000 sh.b.ga teng bo‘lishi mumkin. Uni to‘lagach, kutilmagan holatlarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan zararni qoplash uchun bir yil muddatga sug‘urtalanasiz. 1000 sh.b. summaga teng kafolatlangan 31 xarajat yuz minglab sh.b. ga yetishi mumkin bo‘lgan juda katta xarajatlar ehtimoli o‘rnini bosadi. Sug‘urta polisidan tashqari, odatda, sug‘urta toifasiga mansub bo‘lmagan, lekin xuddi shunday iqtisodiy vazifasini bajaradigan, ya’ni, zararlar kompensatsiyasini ta’minlaydigan shartnomalar va qimmatli qog‘ozlarning boshqa turlari ham bor. Eng keng tarqalgan misol – kredit kafolati yoki kredit kafilligi bo‘lib, u kreditorlarni to‘lovga layoqatsiz qarz oluvchilar oqibatida yuzaga keladigan zararlardan sug‘urtalaydi. Zararlardan sug‘urtalashning boshqa yana bir usuli – bu optsionlarning har xil turlaridir. Sug‘urtalovchi professional risk tashuvchi hisoblanadi. Shartnoma shartlaridan faqat biri hisoblanuvchi riskni o‘tkazish haqida uchinchi tomon bilan kelishuvdan farqli o‘laroq, bu yerda riskni o‘tkazish shartnomaning asosiy mazmuni sanaladi. Sug‘urta – bu sug‘urta hodisasi yuzaga kelgan vaqtda risk uchun moliyaviy javobgarlikni o‘tkazish bo‘lib, odatda, shartnoma shartlarida ayrim hollarda sug‘urtalovchi to‘g‘ridan to‘g‘ri to‘lash majburiyatini emas, balki sug‘urta hodisasi oqibatlarini huquqiy tartibga solish majburiyatini olishi kelishib olinishi lozim bo‘lsa-da, zararni to‘lash bo‘yicha sug‘urtalovchining majburiyatini o‘zida aks ettiradi. Sug‘urta riskni shartnoma asosida o‘tkazish bo‘lgani uchun, sug‘urtalovchi hodisa uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oladigan hodisalar va shart-sharoitlarning turlari batafsil kelishib olinishi va moliyaviy qoplama chegarasi belgilangan bo‘lishi kerak. Bu qoplashning turli yo‘llari mumkin bo‘lganda yoki sug‘urta polisi chet el sug‘urta bozorida zararni qoplayotganda muhim, chunki qoplab berish shartlari, qoplash chegarasi va oqibatlarini aniqlash turli mamlakatlarda turlicha bo‘lishi mumkin. Voqea turi va sug‘urta polisi shartlari kelishib olingan bo‘lsa, sug‘urta mukofotini to‘lash sug‘urta hodisasida pul mablag‘lar manbaini ta’minlaydi. Shunday qilib, sug‘urtalovchi saqlab qo‘yilgan risklarning noaniq xarajatlarini sug‘urta mukofotining muayyan qiymati bilan almashtiradi. Bu qiymat sug‘urta shartnomasi muddati davomida sof yo‘qotishlarni baholashga asoslanadi va 32 sug‘urtalanuvchi uchun fiksirlangan hisoblanadi. Ehtimoliy zararning bunday stabillashuvi korxonalar daromadliligi riskni saqlab qolgan holatdan ko‘ra sof yo‘qotishlar oqibatlariga kamroq ta’sirchan ekanligini anglatadi. Biroq sug‘urta sug‘urtalanuvchiga yetkazilgan zararni har doim ham to‘liq kompensatsiyalamaydi. Bu sug‘urtalovchi o‘z zimmasiga olgan cheklangan javobgarlik, yo‘qotishlarning barcha ehtimoliy kanallarini nazarda tutmay yomon tuzilgan sug‘urta shartnomasi yoki sug‘urta qilinmagan zararlar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Sug‘urta sug‘urtalanuvchiga muayyan shartlar asosida yo‘qotish riskini sug‘urtachiga o‘tkazish imkonini bergan holda uni yo‘qotishlardan moliyaviy himoya qiladi. Sug‘urta shartnomasining asosiy xususiyatlari quyidagilar hisoblanadi: - zarar yetishiga olib keladigan hodisalar sodir bo‘lmasidan avval xulosa qilish, sug‘urta polisida barcha shartlar kelishib olinadi; - hodisaning oqibatlarini o‘tkazish (ya’ni, sug‘urta qoplamasini to‘lash) – sug‘urta hodisasidan keyin darhol amalga oshiriladi; - yo‘qotishning faqat moliyaviy oqibatlarini o‘tkazish. Sug‘urtalangan shaxs moliyaviy kompensatsiya olingunga qadar binolar yoki ishlab chiqarish jarayonlarining shikastlanishi yoxud buzilishi yoki boshqa kapital yo‘qotish oqibatida zarar ko‘radi. Sug‘urta tuzilgan shartnomaga muvofiq riskni o‘tkazish ekanligi sababli, bunday shartnomada sug‘urta sifatida ko‘rib chiqiladigan aniq hodisalar va sug‘urta qoplamasining shakli hamda miqdori aniq ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. Standart sug‘urta shartnomasida sug‘urta summasini to‘lash faqat barcha talablar taqdim etilganidan va tegishli tarzda ro‘yxatdan o‘tkazilganidan keyin belgilanadi. Boshqacha aytganda, sug‘urtalanuvchi sug‘urtalovchiga pul to‘laydi, keyin sug‘urtalovchi sug‘urta hodisasi yoki qoplab berish uchun kelishib olingan hodisa yuz bergan taqdirda, olingan summaning bir qismini, hammasini yoki undan ham ko‘p qismini to‘lab beradi. Sug‘urta mukofotini to‘lash (sug‘urta badali) va da’vo arizasini berish o‘rtasida har doim muayyan vaqt o‘tadi, ya’ni, sug‘urtalanuvchi shartnoma davri boshida sug‘urtalovchiga bo‘nak taqdim etadi. Ayrim yillarda 33 zararni qoplash summasi sug‘urtalovchi tomonidan olingan summadan kamroq bo‘lsa, boshqa yillarda buning teskarisi kuzatiladi. Odatda, barcha mablag‘lar bir vaqtning o‘zida to‘lanmaydi. Ko‘pincha, oldin sug‘urtalanuvchi pulni to‘laydi, keyin esa sug‘urta qoplamasini sug‘urtalovchidan kechikish bilan oladi. Mohiyatan, sug‘urta riskni o‘tkazishning qisqa muddatli mexanizmi hisoblanadi. Zararlarni qoplash xarajatlari yakunda sug‘urtalovchi emas, sug‘urtalanuvchi tomonidan qoplanadi. Sug‘urta tashkilotni o‘z yo‘qotishlarini uzoq muddatli ko‘lamda to‘lashga majbur qiluvchi va qisqa muddat uchun o‘rta hamda katta yo‘qotishlarda moliyaviy inqirozdan himoyani ta’minlovchi “yo‘qotishlarni tekislovchi” mexanizm sanaladi. Sug‘urta kompaniyalari sug‘urta shartnomasi doirasida o‘z zimmasiga olishi mumkin bo‘lgan risklarga qat’iy talablarni qo‘yadi. Bu boshqa istalgan tijorat korxonasi singari sug‘urta kompaniyasi ham o‘zini zararlardan himoya qilish va foyda olishga intilishi bilan bog‘liq. Shuning uchun u muayyan korxonaning faoliyatiga xos qismini tanlab oladi: - hodisalarning tasodifiy va oldindan aytib bo‘lmaydigan tabiati; - riskning o‘lchanuvchanligi; - yo‘qotishlarning cheklanganligi; - sug‘urta hodisasi sodir bo‘lishining nisbatan kichik ehtimolligi. Sug‘urta riskining asosiy mezonlari: • risk tasodifiy xarakter kasb etishi kerak, bunda sug‘urta shartnomasida ishtirok etayotgan barcha tomonlarga sug‘urta hodisasining ro‘y berish aniq vaqti va ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararning hajmi oldindan ma’lum emas; • mazkur riskning namoyon bo‘lish tasodifiyligini bir turdagi obyektlar jamlamasi bilan solishtirish mumkin, ya’ni statistik kuzatuvlar olib borish kerak; • riskni amalga oshishida aks etuvchi sug‘urta hodisasining ro‘y berishi sug‘urtalanuvchi yoki boshqa manfaatdor shaxsning xohish-irodasi bilan bog‘liq bo‘lmasligi kerak; • sug‘urta hodisasining ro‘y berishi davr va makonda ma’lum emas; 34 • riskni amalga oshish oqibatlarini pul ifodasida obyektiv o‘lchash va baholash imkoni mavjud. Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling