Risklar iqtisodiy mohiyati va tasniflanishi Risklarni boshqarish metodlari va prinsiplari


Download 129.91 Kb.
bet1/7
Sana02.05.2023
Hajmi129.91 Kb.
#1421057
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Moliyaviy risklarni boshqarish metodlari


Moliyaviy risklarni boshqarish metodlari
Reja:
  1. Risklar iqtisodiy mohiyati va tasniflanishi

  2. Risklarni boshqarish metodlari va prinsiplari

  3. Moliyaviy risklarni neytrallashtirishning ichki mexanizmlari

  4. Moliyaviy risklarni sifat jihatdan baholash va boshqarish amaliyoti




1.Risklar iqtisodiy mohiyati va tasniflanishi


Har bir insoniy faoliyat xavf-xatarlardan xoli emas, xususan iqtisodiy faoliyat ham. Iqtisodiy faoliyatdan koʻzlangan maqsadlarga yerishishga turli xil risklar bevosita oʻzining salbiy ta’sirini koʻrsatadi. Korxonalarning moliyaviy-xoʻjalik faoliyati koʻp sonli moliyaviy risklardan holi emas.
Korxonalarda moliyaviy risklar belgilangan maqsadlarni amalga oshirishning noaniqligi sharoitida moliyaviy faoliyatdan koʻzlangan maqsad natijalariga yoʻnaltirilgan mulkdorlar yoki moliyaviy menejerlar tomonidan qabul qilingan muqobil moliyaviy qarorlarni tanlashning iqtisodiy zarar (moliyaviy yoʻqotish)lar keltirish ehtimolini oʻzida aks ettiradi.
Bir vaqtning oʻzida risklarning aniq turi tavsifi ularning doimiy harakati haqidagi tasavvurni beradi va risklarning paydo boʻlish darajasini hamda ular boʻyicha mumkin boʻlgan moliyaviy yoʻqotishlar darajasini baholash imkonini beradi. Moliyaviy risklarning turlari boʻyicha xilma-xilligi ularni tasniflash tizimida keng diapazonda aks etadi. Shuni qayd etish kerakki, yangi moliyaviy texnologiyalarning yuzaga kelishi, yangi moliyaviy instrumentlardan va boshqa innovatsion omillardan foydalanish mos ravishda moliyaviy risklarning yangi koʻrinishlari yuzaga kelishiga sabab boʻladi.
Korxonalar moliyaviy-xoʻjalik faoliyati yuzaga kelishi mumkin boʻlgan moliyaviy risklarning asosiy turlari quyidagilar (1-rasm).



1-rasm.Moliyaviy risklar asosiy turlari




Korxona moliyaviy barqarorligi pasayish riski (moliyaviy rivojlanish muvozanati buzilish riski). Bu risk kapital tarkibi mukammal emasligi (foydalaniladigan qarz mablagʻlari ulushi haddan tashqari oshib ketishi), pul oqimlari kirimi va chiqib ketishining miqdor jihatdan oʻzaro balanslashmaganligi natijasida yuzaga keladi. Bu riskning tabiati va yuzaga kelish shakllari moliyaviy leverij amal qilish mexanizmida koʻrib chiqiladi. Moliyaviy risklar tarkibida xavflilik darajasi (korxona bankrotligini tezlashtirishi) boʻyicha bu risk turi yetakchi rol oʻynaydi.
Korxona toʻlovga layoqatsizlik riski (yoki balanslashmagan likvidlik prinsipi. Bu risk korxonada pul oqimlari sinxronligi buzilishi natijasida aylanma aktivlar likvidlilik darajasi pasayishi oqibatida yuzaga keladi. Oʻz moliyaviy oqibati boʻyicha bu risk turi eng xavfli risklar qatoriga kiradi.
Investitsion risk. U korxonaning investitsion faoliyatni amalga oshirishi jarayonida moliyaviy yoʻqotishlar paydo boʻlishi mumkinligini izohlaydi. Bu faoliyat turi bilan mos ravishda investitsion risklar real investitsiyalash risklariga va moliyaviy investitsiyalash risklariga ajratiladi. Barcha koʻrib chiqilayotgan moliyaviy risklar turlari investitsion faoliyatni amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlib “murakkab risklar” deb nomlanuvchi oʻz navbatida kichik turlarga ajraluvchi risklar qatoriga kiradi. Misol uchun, real investitsiyalash risklari tarkibiga investitsion loyihalarning oʻz vaqtida tayyor boʻlmasligi riski, loyiha-konstruktorlik ishlarining oʻz vaqtida tugallanmasligi riski, qurilish-montaj ishlarining oʻz vaqtida tugallanmasligi riski, investitsion loyiha boʻyicha moliyalashtirishning oʻz vaqtida ochilmasligi riski, loyiha samaradorligi pasayishi bilan bogʻliq loyiha investitsion jalb qiluvchanligi yoʻqolishi riski va shu kabilar kiritilishi mumkin. Investitsion risklar tarkibiga kiruvchi barcha moliyaviy risklar kichik turlari korxona kapitali boʻyicha mumkin boʻlgan yoʻqotishlar bilan bogʻlangan. Ular ham eng xavfli moliyaviy risklar guruhiga kiritiladi.
Inflyatsion risk. Inflyatsion iqtisodiyot sharoitida bunday risk turi moliyaviy risklarning mustaqil turi sifatida qaraladi. Inflyatsion risk kapitalning real qiymati, shuningdek inflyatsiya sharoitida moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishdan kutilgan daromadlar qadrsizlanishi mumkinligi bilan tavsiflanadi. Shunday ekan, risklarning bu turi hozirgi sharoitda doimiy e’tiborni talab qiladi va korxonaning barcha moliyaviy operatsiyalariga yoʻldosh boʻladi va korporativ moliyani boshqarishda doimiy diqqat e’tibor qaratilishini talab etadi.

Download 129.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling